Get Mystery Box with random crypto!

Yoshlar ishlari agentligi

Telegram kanalining logotibi yoshlaragentligi — Yoshlar ishlari agentligi Y
Kanaldagi mavzular:
Yoshlarovozi
Taqdirlashmarosimi
Telegram kanalining logotibi yoshlaragentligi — Yoshlar ishlari agentligi
Kanaldagi mavzular:
Yoshlarovozi
Taqdirlashmarosimi
Kanal manzili: @yoshlaragentligi
Toifalar: Siyosat , Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 70.73K
Kanalning ta’rifi

Yoshlar ishlari agentligining rasmiy Telegram sahifasi
• 📥 @yoshlarmurojaati_bot
• info@yoshlar.gov.uz
• ☎️ 1093
• Alisher Navoiy ko‘chasi, 11A uy
• gov.uz/yoshlar/
Ijtimoiy tarmoqlarda biz:
http://myurls.co/yoshlarishlariagentligi

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 13

2023-12-31 21:57:18 Prezident Shavkat Mirziyoyev 2024-yilni “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” deb e’lon qildi.

#happynewyear2024

Bizning sahifalarimiz:
@yoshlaragentligi Instagram Facebook YouTube
17.4K views18:57
Ochish/sharhlash
2023-12-30 18:31:07
Toshkent shahridagi "Yoshlar ijod saroyi"da mahallada yoshlar bilan ishlash masalalari muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika komissiyasi raisi Qahramon Quranboyev vazirlik, idora va tashkilotlar rahbarlarining yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchilari bilan muloqot o‘tkazdi

Muloqot davomida vazirlik, idora va tashkilotlar rahbarlarining yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchilari faoliyat yuzasidan o‘z taklif va tashabbuslarini bildirdilar.

Muloqot so‘ngida barcha yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchilarga Ishonch yorlig‘i va esdalik sovg‘alar topshirildi.

#muloqot

Bizning sahifalarimiz:
@yoshlaragentligi Instagram Facebook YouTube
12.7K views15:31
Ochish/sharhlash
2023-12-29 12:37:09
Pirotexnika vositalaridan noqonuniy foydalanish orqali yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavflardan ogoh bo‘ling!

Batafsil infografikada

Unutmang, Pirotexnika vositalaridan foydalanish taqiqlanadi!

#xavfsiz_yangiyil

Bizning sahifalarimiz:
@yoshlaragentligi Instagram Facebook YouTube
14.8K views09:37
Ochish/sharhlash
2023-12-28 14:38:05
Pirotexnika vositalaridan foydalanishda muhim eslatma va taqiqlar!

Batafsil infografikada

Unutmang, Fuqarolar va maxsus ruxsati bo‘lmagan tashkilotlarning pirotexnika vositalaridan o‘zboshimchalik bilan foydalanishi qonunga zid!

#xavfsizyangiyil

Bizning sahifalarimiz:
@yoshlaragentligi Instagram Facebook YouTube
23.2K viewsedited  11:38
Ochish/sharhlash
2023-12-27 13:22:10
Yoshlar forumi-2023” sarhisobi bilan tanishing!

21-22-23-dekabr kunlari
poytaxtimizdagi “Yoshlar ijod saroyi”da bir qator vazirlik, idora va tashkilotlar rahbarlarining yoshlar bilan ochiq muloqoti bo’lib o’tdi.

Jumladan, butun respublikamiz bo‘ylab 18-23 dekabr kunlari 200 dan ortiq oliy ta’lim muassasalari rektorlari, viloyat hamda tuman (shahar) hokimlari yoshlar bilan shaxsan uchrashib, yoshlar tomonidan ko‘tarilgan bir qator talab va takliflarni o’z ish rejasiga kiritdilar.

Hukumat vakillari va boshqa rahbarlarning yoshlar bilan uchrashuvlari qanday o‘tgani haqida batafsil ushbu video orqali bilib olish mumkin.

#YoshlarForumi2023

Bizning sahifalarimiz:
@yoshlaragentligi Instagram Facebook YouTube
17.4K views10:22
Ochish/sharhlash
2023-12-27 09:30:51
Yoshlar Ishlari agentligi oʻquvchilar uchun ajoyib sovgʻa tayyorladi!

Nobel mukofoti laureati Karl Viyeman tashabbusi bilan yaratiligan dunyoga mashhur Kolorado Universiteting PhET platformasi agentligimiz tashabbusi bilan endi toʻliq oʻzbek tilida!

Endilikda uydan chiqmasdan, hech qanday zarur laboratoriya jihozlarisiz 100 dan ortiq interaktiv simulyatsiyalar orqali Matematika, Fizika, Biologiya, Kimyo hamda Tabiat haqidagi fanlarga oid mavzularni yanada mukammal oʻrgana olasiz! Eng muhimi platformaning oflayn nusxalari orqali undan internetsiz foydalanish imkoni ham mavjud.

Oʻqituvchilar esa oʻzlarining simulyatsiya mavzulariga oid boʻlgan topshiriq, test va dars ishlanmalarini platforma orqali hamkasblari hamda oʻquvchilar bilan ulasha oladilar. Bunday hamkorlikda oʻqish va oʻqitish orqali yoshlarimiz yanada fanlarni mukammal oʻzlashtirishadi.

Umid qilamizki, taqdim etilgan ushbu imkoniyaidan barcha unumli foydalanadi.

Oʻylanib oʻtirmang, PhET orqali oʻrganing!

Bizning sahifalarimiz:
@yoshlaragentligi Instagram Facebook YouTube
24.6K views06:30
Ochish/sharhlash
2023-12-16 14:37:15
"IBRAT Farzandlari” loyihasi rahbari “Ma’naviyat fidoyisi” ko’krak nishoni bilan bilan taqdirlandi

IBRAT Farzandlari loyihasi rahbari — Rustam Qoriyev respublikada yuksak ijtimoiy-ma’naviy muhitni shakllantirish borasida fidokorona mehnat qilgani va samarali natijalarga erishgani uchun “Ma’naviyat fidoyisi” ko’krak nishoni bilan taqdirlandi.

Yoshlar ishlari agentligi jamoasi Rustam Qoriyevni ushbu ko‘krak nishon munosabati bilan tabriklaydi!

#etirof

Bizning sahifalarimiz:
@yoshlaragentligi Instagram Facebook YouTube
13.4K views11:37
Ochish/sharhlash
2023-12-15 19:08:58
Prezident Shavkat Mirziyoyev yoshlar siyosatida amalga oshirilgan ishlar va kelgusi yildagi ustuvor vazifalar bo‘yicha hisobot bilan tanishdi.

#Mirziyoyev #yigilish #yoshlar #vazifalar

Bizning sahifalarimiz:
@yoshlaragentligi Instagram Facebook YouTube
38.8K views16:08
Ochish/sharhlash
2023-12-14 10:38:23
Besh tashabbus olimpiadasi doirasidagi “Milliy va zamonaviy cholg’u ijrochiligi” tanlovining respublika bosqichi g'oliblari aniqlandi

Joriy yilning, 11-13 dekabr kunlari Jizzax viloyati Yoshlar innovatsion markazida Besh tashabbus olimpiadasining ikkinchi mavsumi doirasidagi “Milliy va zamonaviy cholg’u ijrochiligi” tanlovining respublika bosqichi o'tkazildi. Tanlov uch yosh toifasida (10-15 yosh; 16-22 yosh; 23-30) 2 ta yo'nalishda (Milliy cholgʻular ; Zamonaviy cholgʻular) o'tkazildi.

G'oliblar bilan batafsil tanishing!

#Beshtashabbusolimpiadasi

Bizning sahifalarimiz:
@yoshlaragentligi Instagram Facebook YouTube
20.5K viewsedited  07:38
Ochish/sharhlash
2023-12-13 09:01:25
Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot banki (ETTB) markaziy Osiyodagi 18 yoshdan 34 yoshgacha bo'lgan yosh tadbirkorlarni qo'llab-quvvatlash va ularning loyihalarini moliyalashtirish maqsadida umumiy jamg'armasi 200 million yevroni tashkil etgan “Biznesda yoshlar” dasturi loyihasini ishga tushirdi.

Batafsil

#yoshlaruchun

Bizning sahifalarimiz:
@yoshlaragentligi Instagram Facebook YouTube
13.7K views06:01
Ochish/sharhlash