Get Mystery Box with random crypto!

XPRESS

Telegram kanalining logotibi xpressuz — XPRESS X
Telegram kanalining logotibi xpressuz — XPRESS
Kanal manzili: @xpressuz
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 22
Kanalning ta’rifi

Yangiliklar va eksklyuziv kontent
📩👉 @xpressmurojaatbot
Facebook: facebook.com/xpressuzofficial
Instagram: instagram.com/xpressuzofficial
TikTok: tiktok.com/@xpressuzofficial
Reklama:
998 78 113 10 10

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 127

2021-05-28 16:32:10
O‘zbekistonda Pirogov nomidagi Rossiya milliy ilmiy-tekshirish tibbiyot universitetining filiali ochiladi

Bu universitet dastlab ordinatura, keyin aspirantura bosqichlarida malakali kadrlar tayyorlashga ixtisoslashadi. Universitet joylashuvi uchun Chilonzor tibbiyot kolleji tanlab olingan.

Xpress.uz – Siz kutgan format
55.4K viewsedited  13:32
Ochish/sharhlash
2021-05-28 15:00:02
Germaniya 20-asr boshida Namibiyada sodir qilgan genotsidni tan oldi va $1,34 mlrd tovon puli to‘laydigan bo‘ldi

20-asr boshlarida Germaniya kolonistlari Namibiyada herero va nama urug‘ining 80 foiziga yaqinini qirib yuborgan.

Namibiyadagi genotsid 1904-yilgi hududiy qo‘zg‘olondan so‘ng boshlangan: mahalliy aholi cho‘l hududiga chiqarib ishlatilgan, lagerlarga tashlangan, ularning ustida tibbiy tajribalar o‘tkazilgan.

Ikki davlat o‘rtasida bu harakatlar uchun tovon to‘lash bo‘yicha muzokaralar 2015-yilda boshlangan edi. Va nihoyat, $1,34 mlrd tovon puli to‘lanadigan bo‘ldi. Bu pul mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlariga sarflanadi.

"Germaniyaning tarixiy va ma’naviy javobgarligini bo‘ynimizga olib, Namibiya qurbonlaridan uzr so‘raymiz", – degan Germaniya tashqi ishlar vaziri Heyko Mass.

#Tarix
Xpress.uz – Siz kutgan format
59.7K viewsedited  12:00
Ochish/sharhlash
2021-05-28 13:02:13
Jo Bayden va Vladimir Putin keyingi oyga uchrashuv belgiladi

AQSH va Rossiya prezidentlarining uchrashuvi 16-iyun kuni Jenevada bo‘lishiga kelishilgan.

Oq uyga ko‘ra, tomonlar barqaror taraqqiyot, o‘zaro munosabatlar, Ukraina va Belarusdagi voqealarni muhokama qiladi.

Kreml esa davlatlararo munosabatlar, xalqaro muammolar, barqaror taraqqiyot va pandemiya masalalari muhokama qilinishini bildirgan.

Jenevadagi uchrashuv Bayden prezidentlikka kirishgandan keyingi 1-asosiy xalqaro tashrif bo‘ladi, lekin bu uning Putin bilan 1-uchrashuvi emas. Ular Bayden vitse-prezidentligida, 2011-yilda uchrashgan.

Hamkasblarning o‘zaro munosabati uncha yaxshi emas. Bunga sabab – Ukraina voqealari, AQSH saylovlariga aralashishga urinish gumonlari. Bayden o‘z intervyularidan birida Putinni "qotil" deb atagan. Putin esa javoban, Baydenga kinoya bilan salomatlik tilagan edi.

Xpress.uz – Siz kutgan format
60.9K viewsedited  10:02
Ochish/sharhlash
2021-05-28 11:32:04
Ibrat

Onasini aylantirishga olib chiqqan o‘g‘il suratini ijtimoiy tarmoqlarda ko‘pchilik ulashyapti. Foydalanuvchilarga ko‘ra, surat Namanganda o‘tayotgan gullar festivalida olingan.

Xpress.uz – Siz kutgan format
63.8K viewsedited  08:32
Ochish/sharhlash
2021-05-28 11:02:31
Qashqadaryo yaylovlarini Marokash zararli chigirtkalari bosdi

Qo‘shni respublika hududidan kelgan zararli chigirtkalar 2ta tuman: Gʻuzor va Dehqonobodning yaylovlarida aniqlangan.

Hokimlik xabariga ko'ra, chigirtkalarni yo‘q qilish va ular zarar yetkazmasligi uchun boshqa tumanlarda ham jami 140 ming gektar yerga kimyoviy ishlov berish reja qilingan. Hozir uning 88,5 ming gektari tugatilgan.

Xpress.uz – Siz kutgan format
64.1K viewsedited  08:02
Ochish/sharhlash
2021-05-28 09:01:31
Xpress.uz dayjesti. O‘zbekistonda qanday yangi OTMlar ochilyapti?

Toshkentda Yaponiya raqamli universiteti tashkil etildi. Qabul – shu yildan.

Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti ochiladi. Qabul – shu yildan.

Jizzax ijtimoiy-iqtisodiy universiteti tashkil etiladi. Qabul – shu yildan.

Andijonda tekstil instituti ochiladi. Qabul – shu yildan.

Davlat soliq qo‘mitasi huzurida Fiskal institut tashkil etildi. Qabul – shu yildan.

Samarqand davlat universitetining Kattaqo‘rg‘on filiali ochildi. Qabul – shu yildan.

TATUning Nurafshon filiali tashkil etildi. Qabul – shu yildan.

Toshkent amaliy fanlar universiteti tashkil etiladi.

Farmatsevtika texnik universiteti tashkil etiladi.

O‘zbekiston davlat psixologiya universiteti tashkil etiladi.

Qibrayda International School of Finance and Technology (ISFT) universiteti ochiladi.

Prezident maktabi bitiruvchilari uchun Yangi O‘zbekiston universiteti ochiladi.

#XpressInfo
Xpress.uz – Siz kutgan
73.0K viewsedited  06:01
Ochish/sharhlash
2021-05-28 07:30:10
"Ashxobod" sayilgohi iste’molchilar moddiy zarar ko‘rishiga sabab bo‘lgan, bu mablag‘lar qaytarilishi lozim

Sayilgoh o‘tgan yili 25–27-dekabr kunlari o‘tkazilishi reja qilingan tadbirlar haqida reklama bergan, biroq ular o‘tkazilmagan. Buning bilan iste’molchilar huquqlari buzilgan.

Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligiga ko‘ra, "Ashxobod" boshqaruvchisi “J-United Group" MChJ iste’molchilarga yetkazilgan moddiy zararlarni to‘lashi shart. Bu haqda sud qarori chiqqan.

Xpress.uz – Siz kutgan format
68.3K viewsedited  04:30
Ochish/sharhlash
2021-05-27 18:31:33
Futbolkalarga yozuv tushirish jarayoni

#Hayrat
Xpress.uz – Siz kutgan format
76.5K views15:31
Ochish/sharhlash
2021-05-27 17:32:02
Keyingi 5 yilda global harorat rekord darajada isishi prognoz qilinyapti

Parij kelishuvi bo‘yicha o‘rtacha harorat 1,5 gradusdan ortiq isib ketmasligi kerak. Lekin 2 gradusdan ortiq isishi bu ogohlantiruvchi signal hisoblanadi.

Xalqaro meteorologiya tashkilotining prognoziga ko‘ra, keyingi 5 yilda isish belgilangan chegaraning 90 foizigacha yetishi mumkin.

Bu – muzliklarning ko‘proq erishi, dengiz sathi oshishi va tropik siklonlar faollashishiga sabab bo‘ladi, oziq-ovqat ta’minoti xavf ostida qoladi.

Xpress.uz – Siz kutgan format
79.6K viewsedited  14:32
Ochish/sharhlash
2021-05-27 16:00:16
Qonun himoyachilari qonunni buzganda... yoxud "Surish kerak" trendining sabablari haqida

Nega organ xodimlari qonunlarni oyoqosti qiladi? Kuchishlatar tizimlardagi o‘zboshimchaliklar to‘xtamayotgani sababi nima? Kun.uz tahdidga uchragan bir necha blogerni shu mavzuda suhbatga chorladi.

To‘liq videoni tomosha qiling
74.7K views13:00
Ochish/sharhlash