Get Mystery Box with random crypto!

XPRESS

Telegram kanalining logotibi xpressuz — XPRESS X
Telegram kanalining logotibi xpressuz — XPRESS
Kanal manzili: @xpressuz
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 22
Kanalning ta’rifi

Yangiliklar va eksklyuziv kontent
📩👉 @xpressmurojaatbot
Facebook: facebook.com/xpressuzofficial
Instagram: instagram.com/xpressuzofficial
TikTok: tiktok.com/@xpressuzofficial
Reklama:
998 78 113 10 10

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 126

2021-06-04 15:33:11
2 000 va 20 000 so‘mlik yangi kupyuralar 14-iyundan muomalaga chiqariladi

Bu haqda Xpress.uz manbasi xabar berdi.

Markaziy bank tez orada yangi banknotlar namunasini e’lon qiladi. Banknotlar dizaynini bugun, 4-iyun kuni Oliy Majlis Senati kengashi tasdiqlagan.

Xpress.uz – Siz kutgan format
66.2K viewsedited  12:33
Ochish/sharhlash
2021-06-04 15:30:00
Shu yilning birinchi 4 oyida 12 mingdan ortiq oila buzilgan — Mahalla vazirligi

Yil boshida ajrashishlar keskin oshgan, bunga pandemiya sababli arizalar to‘planib qolishi ham sabab bo‘lgan. 30 yoshgacha bo‘lganlar o‘rtasida oilaviy ajrashishlar soni – 3,6 mingta.

Ajrashishlarning asosiy sabablari:
er-xotin kelishmovchiligi – 48 foiz;
3-shaxs: qaynona-qaynota yoki boshqalar sabab – 17 foiz;
oila qurishga tayyor emaslik – 11 foiz.

Xpress.uz – Siz kutgan format
58.3K views12:30
Ochish/sharhlash
2021-06-04 12:30:00
Xotin-qizlarga ajratilgan qo'shimcha grant uchun tavsiyanomalarga ariza berish boshlandi

Talabgor xotin-qizlar Mahalla vazirligining tuman, shahar bo‘limlariga 30-maydan 8-iyungacha elektron murojaat qiladi va tavsiyanoma berish-bermaslik haqida xabar murojaatchining telefon raqamiga yoki elektron manziliga yuboriladi.

Bu yilgi tavsiyanoma oluvchi xotin-qizlar oilasining ehtiyojmandlik darajasi "Ayollar daftari", "Temir daftar" va "Yoshlar daftari"ga kirganiga qarab aniqlanadi. Ma’lumotnomalar kerakli platformalardan olinadi.

Bu yil 2 ming nafar xotin-qiz tavsiyanoma asosida OTMlarga qo‘shimcha grantga qabul qilinadi.

Xpress.uz – Siz kutgan format
65.6K viewsedited  09:30
Ochish/sharhlash
2021-06-04 11:00:02
Dam olish kunlari harorat 46 darajagacha chiqadi — O‘zgidromet

Bunga Erondan issiq oqim kirib kelishi kuchayishi sabab bo‘ladi. Kunduzi 41–43 daraja issiq, janub va cho‘l zonalarda 46 darajagacha issiq bo‘ladi. Changli bo‘ronlar bo‘lishi mumkin.

Xpress.uz – Siz kutgan format
64.8K viewsedited  08:00
Ochish/sharhlash
2021-06-04 10:31:33
OTM talabalariga akademik ta’til berish tartibi belgilandi

Yangi nizomga ko‘ra, akademik ta’til:

– harbiy xizmatni o‘tash uchun;
– salomatligini tiklash uchun;
– homiladorlik va tug‘ish uchun;
– bolalarni parvarish qilish uchun;
– oilasining betob a’zosini (otasi, onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar, turmush o‘rtog‘i, farzandi) parvarish qilish uchun beriladi.

Akademik ta’til uchun arizani rektor 1 haftada ko‘rib chiqishi kerak. Ta’til OTMdan chetlatish hisoblanmaydi va talaba o‘qishga qaytgach oldin o‘qigan fanini qayta o‘qishga majburmas.

Xpress.uz – Siz kutgan format
64.0K views07:31
Ochish/sharhlash
2021-06-04 09:01:27
Piyodalar yo‘l qoidalariga amal qilishi lozim, sababi bila turib hayotini xatarga qo‘ygan odam gunohkor bo‘ladi — Musulmonlar idorasi

Piyodalar yo‘l harakatida o‘z hayotlarini xatarga qo‘ymasliklari lozim.

Piyodalar trotuardan yoki piyodalar yo‘lkasidan, faqat ular bo‘lmagandagina ehtiyotlik bilan yo‘l yoqasidan yurishlari, yo‘lning qatnov qismini piyodalar o‘tish joylaridan, yer osti va yer usti o‘tish joylaridan, ular bo‘lmaganda esa chorrahalarda trotuar chiziqlari yoki yo‘l yoqasi bo‘ylab kesib o‘tishlari kerak.

Xpress.uz – Siz kutgan format
66.1K viewsedited  06:01
Ochish/sharhlash
2021-05-28 21:29:00
“Korrupsiya Samarqandda tizimga aylanib ketganmi?!” — prezident

Shavkat Mirziyoyev bugungi selektorda korrupsiyaga qarshi kurash kuchaytirilishini aytdi.

“Nimaga korrupsiya bo‘lyapti, nimaga yer sotyapti? Qayerga qarayapti bu noinsoflar? 1-iyuldan boshlab, kim mana shunday qilsa, tuman, shahar hokimi... qonun bor unga!” – dedi davlat rahbari.

Xpress.uz – Siz kutgan format
25.6K views18:29
Ochish/sharhlash
2021-05-28 20:04:07
Ko‘p qavatli uylarni ta’mirlash tezlashtiriladi

2021-yilda 2400 ta, kelgusi ikki yilda 4 100 ta ko‘p kvartirali uylar ta’mirlanadi. Bugungi prezident selektorida shunday topshiriq berildi.

Ta’mirlash xarajatlarining 30 foizi uy egalari, qolgan 70 foizi davlat tomonidan qoplanadi. Ishlar sifatini Uy-joy inspeksiyasi nazorat qiladi.

Xpress.uz – Siz kutgan format
40.4K views17:04
Ochish/sharhlash
2021-05-28 19:41:26
Shavkat Mirziyoyev bankdan “balandparvoz gaplar bilan olingan pullar”ni qaytarishga topshiriq berdi

“[Uy-joy kommunal] shirkatlarining muddati o‘tgan kreditorlik qarzi 1,4 trillion so‘mdan ortib, 950 tasining moliyaviy holati o‘ta og‘ir ahvolda.

Bankdan balandparvoz gaplar bilan pul olishni o‘rgandik, endi qaytarishni ham o‘rganaylik. Har bir hokim bu masala uchun boshi bilan javob beradi. 1,4 trln ham qaytsa, o‘sha hududning o‘zida qoldiramiz, Toshkentga olib kelmaymiz”, – dedi prezident ijtimoiy obyektlar mavzusidagi bugungi selektorda.

Xpress.uz – Siz kutgan format
43.5K viewsedited  16:41
Ochish/sharhlash
2021-05-28 18:31:30
Dunyodagi eng kichik park – Mill endsga xush kelibsiz!

Ginnes rekordlar kitobiga kiritilgan, hududi atigi 1 metr ham chiqmaydigan (0,292 metr) Mill ends parki AQSHning Oregon shtatida joylashgan. Uni 2-jahon urushidan qaytgan Dik Fagan qurgan.

#Hayrat
Xpress.uz – Siz kutgan format
49.5K viewsedited  15:31
Ochish/sharhlash