Get Mystery Box with random crypto!

Kirish imtihonida eng yuqori ball oladigan 200 nafar yosh 2 ml | XPRESS

Kirish imtihonida eng yuqori ball oladigan 200 nafar yosh 2 mlnga yaqin stipendiya oladi

Shu o‘quv yilidan yuqori ball bilan o‘qishga kirganlarga prezident granti beriladi, miqdori prezident stipendiyasiga teng, hozir 2 mln so‘mga yaqin.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xodimi Jaloliddin Qurbonovning Xpress.uz'ga ma’lum qilishicha, agar yuqori ballilar ko‘p bo‘lsa ham, ularning birortasi stipendiyasiz qolmaydi. To‘plagan balli bilan 200-o‘rinda turganlar nechta bo‘lsa, ularning hammasi uchun grant ajratiladi.

Hurmatli abituriyentlar, bu grant har biringizga nasib qilishi mumkin. Olg‘a!

#XpressInfo
Xpress.uz – Siz kutgan format