Get Mystery Box with random crypto!

23-may kungi yomg‘irda Toshkentda suv toshishiga chiqindilar a | XPRESS

23-may kungi yomg‘irda Toshkentda suv toshishiga chiqindilar asosiy sabab bo‘lgani aytildi

Obodonlashtirish boshqarmasi xodimi Xayrulla Tursunovga ko'ra, 1 kun oldin tozalangan ariqlar polietilen paketlar, baklajkalar va qog‘oz stakanlar bilan to‘lib qolgan. Ular – shaharga suv toshishining asosiy sababchisi.

"Ariqlarning zovurlarga quyiladigan qismida temir panjaralar o‘rnatilgan, o‘sha yerni tozalab tashlasak muammo hal. Biroq unga qadar vaqt kerak va yo‘llarga suv toshadi", deb Xayrullo Tursunovning so‘zlarini keltirgan shahar hokimligi.

Poytaxt hokimi o‘rinbosari Shohrux Rahimjonov esa suv toshgan asosiy ko‘chalarda urnalar "yetarli" ekanini, biroq "kimlarningdir erinchoqligi yoki shunchaki odati bois" suv to‘planib qolganini bildirgan.

Xpress.uz – Siz kutgan format