Get Mystery Box with random crypto!

EY O'ZBEGİM Ey o'zbegim sen turonsan ko'hna diyor Osmonlarga | Xasan shoir she'rlari

EY O'ZBEGİM
Ey o'zbegim sen turonsan ko'hna diyor
Osmonlarga qanot yozgan humo qushing
Ey o'zbegim senda sabr sadoqat bor
O'ngdan kelar tunda ko'rgan har bir tushing
=========
Sen Temursan to'mirda bor uning qoni
Sahrolarni chaman qilgan ey o'zbegim
Büyük elning daholari ko'pdir biroq
Daholari daho qilgan ey o'zbegim
========
Tog'larningda o'ngan giyoh shifo tanga
Boshim egik she'r bitmasam hür vatanga
Rabbim bizni yetkazdilar nurli tonga
Ey o'zbegim senga jonim fido qilgum
=========
Mehri daryo bir go'shasan qalbing iliq
Ko'ngling seni oppoq qordek bo'lgay tiniq
Bag'ringda yoq' topolmadim mehri siniq
Ey o'zbegim sen bizlarga najot bo'lding
=========
Sen alpomish yurti bo'lding azim surhon
Bobur asli andijoning mard o'glani
Qurilmasdi Bobursiz bu tojmahalar
Eyo'zbegim sen alplarning iftihori
========
Usmon o'tdi cho'lpon ketdi yurt ori deb
Bitdi qancha o'z elning fig'onini
Armonlar ham orzu bo'ldi ona halqim
Dunyo tinglar madhiyangning sadosini
=========
Büyük shoir ey novoiy bir bor so'zla
Öz elinga bitgan satr asarlardan
Nonin yedim ichdim zilol suvlarini
Kulbam go'zal o'zga yurtda qasirlardan
========
Ey o'zbegim quyosh kulib boqar senga
Tunda oy ham kunduzdayin charqlaydi
O'zga yurtning insonlari havas bilan
Tarix bitgan kitobingni varaqlaydi
==========
Olsa qo'lga ado bo'lmas yuz yilda ham
O'qiyverar qayta qayta tarixlarni
Olti emas ilm oldi ÕZBEKİSTON
Buloq qildi sahrodagi ariqlarni
========
Ey o'zbegim dunyo seni olqishladi
Bu olqishlar peshonangning tomgan teri
Barchamizga muqadasdir ulug' vatan
Ey o'zbegim ajdodlarning ko'hna eli