Get Mystery Box with random crypto!

G'animat bildim Bugun bor ertani bilmaydi hech kim Bu yorug' | Xasan shoir she'rlari

G'animat bildim
Bugun bor ertani bilmaydi hech kim
Bu yorug' olamda qolmaydi hech kim
Nega siz turibsiz sõzlaganda kim
Dõstga do'st g'animat ekaning bildim

Shamollar silaydi oqargan sochim
Yomg'irdek tõkildi kõzlarda yoshim
Qaylarga otayin bu nafrat toshim
Kunduzning tunini g'animat bildim

Ey hudo yoriqlikka qalbladni bezat
Goh singan qalblarni sen õzing tuzat
Uydagi mehmonni chiroyli kuzat
Mehmoni mezmonga g'animat bildim

Tog'larning toshidan talqon eladim
Dushmanni dõst bilib baxtlar tiladim
Mudragan boshlarni ko'p bor siladim
Bu boshni dunyoda g'animat bildim

Etak bilan yopib bõlmaydi oyni
Ming ummon tõldirmas bir hõvich soyni
Ummonni soy uchun g'animat bildim

Dunyoni kõrsatgan nozik bir hilqat
Bag'ridan ochilgan biz uchun jannat
Bergan oq sutin qilmaydi minnat
Onani farzandga g'animat bildim

Tabiatning qõynida sayraydi bülbül
Tog'larda ochilar boychechak sumbul
Menga ato etgan yaratgan bir gul
Men yorni õzimga g'animat bildim

Men ojiz bandaman yozmoqdaman sher
Vujudim qaynaydi oqaverar ter
Bir kun õz bag'riga olsa meni yer
Shoirning sherini g'animat bildim.