Get Mystery Box with random crypto!

RABBİM Ol jonimni yaratgan rabbim Ko'zlarimga tor bo'ldi olam | Xasan shoir she'rlari

RABBİM
Ol jonimni yaratgan rabbim
Ko'zlarimga tor bo'ldi olam
O'zi sodda munis hokisor
Nega buncha yig'laydi onam
========
Rabbim senga iltijo qilib
Chaman etgin ko'ngil bog'ini
Berkitadi goh tunda onam
Osmondagi oyning dog'ini
==========
Mushfiq onam mushtipar onam
Jannatlarga ifor taratgan
Robbim sening nozik qalbingni
Mehr bilan birga yaratgan
=========
So'raydi yaratgan rabbidan
Baht bilan ko'kargan bog'larni
Duvoga qo'l ochib munisim
O'tkazar eng go'zal chog'larni
========
Erkala rabbim sen onamni
Quvonsin quvonchdan ko'zlari
Yarim tun sajdaga bosh egib
Yosh bilan to'kilar so'zlari
========
Rabbim sen har nega qodirsan
O'zingasan yo'qni bor qilguvchi
Yahshing ham yomoning mendirman
Sen faqat sabrni berguvchi
=======
Ol jonimni yaratgan rabbim
Ko'zlarimga tor bo'ldi olam
O'zi sodda munis hokisor
Nega buncha yig'laydi onam