Get Mystery Box with random crypto!

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

Telegram kanalining logotibi xalqtaliminfo — Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov X
Telegram kanalining logotibi xalqtaliminfo — Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov
Kanal manzili: @xalqtaliminfo
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 69.22K
Kanalning ta’rifi

Ambassador of @profiuniversity
xalqtaliminfo.uz sayti rasmiy kanali.
Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: http://myurls.co/xalqtaliminfo
Murojaat uchun: @savollar_murojaat_bot

Ratings & Reviews

4.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 7

2024-04-17 18:07:45
Aksariyat o‘quvchilar maktabni xabardor qilmay xorijga chiqib ketmoqdami?

Maktab o‘quvchilarining xorijga vaqtincha chiqish tartibi o‘zgarmoqda. Bu bo'yicha Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi muhokamalar portaliga hujjat loyihasini joylagan.

Xo‘sh, ota-ona ariza bilan murojaat qilinganda, direktor uni rad etishi mumkinmi?

Maktab direktori o‘quvchining xorijga chiqib ketishiga to‘sqinlik qilishga vakolati bo‘lmasa, unda ariza yozishdan nima naf?

Xorijga maktabni xabardor qilmay chiqib ketadigan bolalarni o‘quvchilar safidan chiqarishdan qanday maqsad ko‘zlangan?

Ushbu savollarning barchasiga quyidagi maqola orqali batafsil javob topishingiz mumkin.

Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/609

Telegram I Facebook I YouTube
27.1K views15:07
Ochish/sharhlash
2024-04-17 16:17:56 Қайси йўналишга ўқиш керак?

Сунъий интеллект ривожланиб боргани сайин инсоннинг бўш вақти кўпаяди, бўш вақти бўлган инсон эса ўзи учун, оиласи учун вақт ажрата олади, дам олади, саёҳат қилади, демак келажакда туризмга бўлган талаб кучайиб боради деган таҳминлар тобора ортиб бормоқда.

Туризм йўналишида эса билимлар асосан назария эмас, тажриба ҳисобига эгалланади. Шуларни ҳисобга олиб биз ҳам жамоамиз билан туризм йўналишида талабалар учун ажойиб янгилик қилдик.

Туризм йўналиши талабалари тўрт йилни қандай ўтказишади?

1. Биринчи курсни Ўзбекистонда @profiuniversity олийгоҳида назария билан биргаликда япон тилини ўзлаштиришади.

2. Иккинчи курсда Японияда ҳам ўқиб, ҳам туризм соҳасида ишлашади. Еб-ичиш, яшаш харажатларининг барчаси иш берувчи компания томонидан қопланади. Бундан ташқари ойлик маош 1000 доллардан бошланади. Ўз-ўзидан Ўзбекистонда бошланган япон тили билимлари Японияда бир йил давомида мустаҳкамланади.

3. Учинчи курсни яна Ўзбекистонга қайтиб келади ва энди яна назарий билимлар билан бирга француз тилини ўрганишни бошлайди.

4. Тўртинчи курс эса Францияда “South Shampagne Business School”нинг Туризм факультетида малака оширишади ва ишлашади. Францияда университет иш билан таъминламайди, талаба ўзи хоҳласа, ишлаши мумкин бўлади.

Битирувчи талаба иккита дипломга Ўзбекистон томонидан “Profi University” дипломига ва Франциянинг “South Shampagne Business School” халқаро дипломига эга бўлади.

Туризм йўналишига меҳрим бошқача, чунки ўз фаолиятимни ҳам айнан шу йўналишда бошлаганман. Турли меҳмонхоналарда ишладим, бир пайтлар Ўзбекистон Мусулмонлар идорасининг туризм бўлимида ҳам фаолият юритганман, шунинг учун туризмга уникал таклиф тайёрлашда шахсан ўзим қатнашдим.

Тўлиқроқ мана бу видеода томоша қилишингиз мумкин.

@bektoshkhatamov
21.0K views13:17
Ochish/sharhlash
2024-04-17 13:21:52
"15-aprel kuni test sinovlari vaqtida nosozlik bo‘lmagan" – VAZIRLIK

Xalq ta'limi Info tahririyati Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mas’ul xodimlari bilan muzokara olib bordi. Unda 15-aprel kuni attestatsiya vaqtida nosozlik bo‘lmagani, bunday holat aynan 16-aprel kuni ro‘y berganligini ma’lum qilindi.

Shuningdek, har bir pedagogning masalasi adolatli ravishda ko‘rib chiqilishi aytildi. Xo‘sh, bu vaziyatda norozi pedagoglar qanday yo‘l tutishi lozim?

Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/608

Telegram I Facebook I YouTube
28.9K viewsedited  10:21
Ochish/sharhlash
2024-04-17 11:09:24 15-aprel kuni kuzatilgan nosozliklar nega gapirilmadi?

Vazirlik bergan rasmiy bayonotida faqat 16-aprel kuni test topshiriqlarini to'liq bajarishga ulgurmagan pedagoglar haqida so'z boradi.

Vaholanki, 15-aprel kuni ham nosozlik kuzatilgan va shu kuni ham ko'plab pedagoglar tashkiliy-texnik jihatdan kamchiliklar mavjudligi sababli yetarlicha ball to'play olmaganini aytmoqda.

Shuning uchun 15-aprel kuni ham test topshiriqlarini to'liq bajarishga ulgurmagan pedagoglar 2024-yilning 22-may kuni o'tkaziladigan qayta attestatsiya jarayonlarida ishtirok etishga haqli deb hisoblaymiz.

Shu o'rinda texnik nosozlik sabab attestatsiyadan o'tolmagan informatika va axborot texnologiyalari fani o'qituvchilari tegishli tartibda apellyatsiya komissiyasiga yozma ravishda ariza (shikoyat) berishlari lozimligini eslatib o'tmoqchimiz.

Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/607

Telegram I Facebook I YouTube
35.0K viewsedited  08:09
Ochish/sharhlash
2024-04-17 10:45:39
22-may kuni informatika va axborot texnologiyalari fanidan qayta attestatsiya o'tkaziladi

15-16-aprel kuni bo‘lib o‘tgan attestatsiya test sinovlari vaqtida pedkadr.uzedu.uz platformasida nosozliklar yuzaga kelib, ishlamay qolganligi haqida xabar bergandik. Bugun Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi mazkur holat bo'yicha rasmiy bayonot berdi.

Unga ko'ra 16-aprel kuni test topshiriqlarini to'liq bajarishga ulgurmagan pedagoglar roziligi bilan 2024-yilning 22-may kuni informatika va axborot texnologiyalari fanidan qayta attestatsiya o'tkazish belgilandi.

Telegram I Facebook I YouTube
59.5K viewsedited  07:45
Ochish/sharhlash
2024-04-17 08:11:48
Attestatsiya test sinovlari qaytadan o‘tkazilishi kerak

Ko‘pchilik pedagoglar 15-16-aprel kuni bo‘lib o‘tgan attestatsiya test sinovlari vaqtida kuzatilgan texnik nosozlikdan norozi bo'lib, attestatsiya test sinovlarini qayta tashkil etilishini talab qilmoqda.

Xo'sh, bunga pedagoglarning qonuniy haqqi bormi? Vazirlik bu vaziyatda qanday yo'l tutishi kerak?

Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/607

Telegram I Facebook I YouTube
29.7K viewsedited  05:11
Ochish/sharhlash
2024-04-16 19:55:55
Attestatsiyadagi texnik nosozlik sabab o‘qituvchilar uzoq vaqt zalda qolib ketgan

Bir guruh o‘qituvchilar attestatsiya test sinovlari vaqtida pedkadr.uzedu.uz platformasida nosozliklar yuzaga kelganligidan shikoyat qilmoqda.

Ayrim o‘qituvchilar kech soat 21:00 da testdan chiqqanligini aytmoqda. Shunindek, pedagoglar platformadagi nosozliklar sabab, ba’zi savollar avtomatik tarzda belgilanib qolganiga ham guvoh bo‘lishgan.

Ma’lum bo‘lishicha, test savolliklari ham tarqalib ketgan, ayrim hududlarda esa elektr o‘chishi holati ham kuzatilgan.

Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/606

Telegram I Facebook I YouTube
25.8K viewsedited  16:55
Ochish/sharhlash
2024-04-16 17:16:04 Toifa testi jarayonlari vaqtida baza ishlamay qoldi (mi?)

Ayrim pedagoglarning xabar berishicha, Informatika va axborot texnologiyalari fanidan bo'lib o'tgan attestatsiya test sinovlari vaqtida baza ishlamay qolgan.

Sizda ham shunday holat kuzatildimi? Izohlarda fikringizni yozib qoldiring...

Telegram I Facebook I YouTube
25.8K viewsedited  14:16
Ochish/sharhlash
2024-04-16 15:42:34
Endilikda attestatsiya testlari bo'yicha eʼtirozlarni test jarayonlari vaqtida dasturdan chiqmagan holda ham yuborish mumkin.

Batafsil bayonot

Telegram I Facebook I YouTube
24.8K views12:42
Ochish/sharhlash
2024-04-16 14:02:09
O'quvchilarni igna sanchib jazolab kelgan o‘qituvchi ishdan bo‘shatildi

Toshkentdagi maktabda o‘qituvchi o‘quvchilar qo‘liga igna va “samorez” sanchib jazolab kelgani ma’lum bo‘ldi. Aniqlanishicha, o‘qituvchi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan.

Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/605

Telegram I Facebook I YouTube
24.3K viewsedited  11:02
Ochish/sharhlash