Get Mystery Box with random crypto!

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

Telegram kanalining logotibi xalqtaliminfo — Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov X
Telegram kanalining logotibi xalqtaliminfo — Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov
Kanal manzili: @xalqtaliminfo
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 69.22K
Kanalning ta’rifi

Ambassador of @profiuniversity
xalqtaliminfo.uz sayti rasmiy kanali.
Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: http://myurls.co/xalqtaliminfo
Murojaat uchun: @savollar_murojaat_bot

Ratings & Reviews

4.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2024-05-05 08:58:18
O‘quvchilar hech qanday qiyinchiliksiz sinfdan-sinfga o‘tishi to‘g‘rimi?

Siz nima deb o'ylaysiz? Fikrlaringizni video ostidagi izohlarda yozib qoldiring.

To'liq video

42.7K viewsedited  05:58
Ochish/sharhlash
2024-05-04 12:17:21
#Sõragan_edingiz

O‘z vaqtida pasport olmagan maktab o‘quvchisiga chora ko‘rsa bo‘ladimi?

11-sinf rahbariman, 16 yoshga to‘lgan maktab bitiruvchilarimning barchasi pasport olishi kerakligi aytildi.

Lekin, 2 nafar o‘quvchim bir necha bor ogohlantirishimga qaramay pasport olishni istamayapti. Ularga qonuniy chora ko’rsa bo’ladimi?

Javob — https://xalqtaliminfo.uz/post/543

Telegram I Facebook I YouTube
15.4K views09:17
Ochish/sharhlash
2024-05-03 15:08:58
O‘qituvchilar uchun "Stressiz ta’lim" loyihasi amalga oshiriladi

So‘nggi vaqtlarda o‘quvchilarni kaltaklayotgan pedagog xodimlar haqidagi videolar tez-tez ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

Biz bu kabi holatlarning asl kelib chiqish sabablarini o‘rganib, pedagoglarni jazolash emas, aksincha ularga bepul ijtimoiy-psixologik xizmat ko‘rsatish lozim deb o'yladik va o'qituvchilarga manfaatli bo'lgan loyihaga qo'l urdik.

Shu sababli kecha, 2-may kuni Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Farxod Boqiyev, Xalq ta’limi Info tahririyati direktori, Profi University pedagogik masalalar bo‘yicha rektor maslahatchisi Ulug‘bek Po‘latov, shuningdek Respublika tashxis markazi hamda vazirlik mas’ul xodimlari ishtirokida "Stressiz ta’lim" loyihasi doirasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Profi University professor-o‘qituvchisi Akobr Abdullayev tomonidan loyiha taqdimoti o‘tkazildi. Mazkur loyiha doirasida pedagoglarga ijtimoiy-psixologik xizmat ko‘rsatish, o‘qituvchilarga stresslarni yengish bo‘yicha amaliy ko‘mak berib borish maqsad qilingan.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligida bo‘lib o‘tgan uchrashuv tafsilotlari haqida muxbirimiz Sevinch Xoliqova tayyorlagan qisqa reportaj orqali batafsil bilib olishingiz mumkin.

Batafsil reportaj



Telegram I Facebook I YouTube
23.2K views12:08
Ochish/sharhlash
2024-05-03 13:37:45
STEM fanlari bilimdonlari uchun "IQtidorli" yoshlar oromgohi

Ilk bora Yoshlar ishlari agentligi tomonidan "Ibrat farzandlari" va "Ustoz AI" loyihalari bosh hamkorligida "IQtidorli" yoshlar oromgohi loyihasiga start berilmoqda.

STEM fanlariga qiziqadigan va tahsil olayotgan yoshlar oromgohda qatnashishlari mumkin. Shuningdek, ushbu yoʻnalishda hamkorlik qilmoqchi boʻlganlarni loyihaga taklif qilamiz.

Loyiha haqida batafsil ma’lumot va oromgoh uchun ariza topshirish

Hoziroq roʻyxatdan oʻting va loyihada oʻz iqtidoringizni namoyon qiling. Sizni oromgohimizda koʻrishdan mamnunmiz.

Batafsil: @iqtidorly
15.9K views10:37
Ochish/sharhlash
2024-05-03 10:58:30
Kasbiy sertifikat nima? Kimlar bunga jalb qilinadi?

Bundan buyon o‘qituvchilikka qabul qilish ham tanlov asosida amalga oshiriladi. Endilikda ilk bor ishga qabul qilingan nomzodlar yil yakuni bilan kasbiy sertifikat olishi lozim bo‘ladi.

2024/2025-oʻquv yilidan boshlab esa bosqichma-bosqich umumiy o'rta taʼlim tashkilotlarining tegishli toifaga ega bo'lmagan pedagog kadrlariga ham kasbiy sertifikat olish talabi qo'yiladi.

Kasbiy sertifikat nima?

Qaysi toifadagi pedagoglar kasbiy sertifikatlashga jalb etiladi?

Kasbiy sertifikatlash sinovlari qay tartibda o‘tkaziladi?

Talabgor kasbiy sertifikat ololmasa nima bo‘ladi?

Kasbiy sertifikatlashdan o‘tish pullikmi?

Yuqoridagi savollarning barchasiga quyidagi maqolada batafsil javob topishingiz mumkin.

Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/631

Telegram I Facebook I YouTube
36.9K views07:58
Ochish/sharhlash
2024-05-02 15:32:01
O'quvchilar o'rtasida o'tkazilgan noodatiy tadqiqot haqida eshitganmisiz?

1960-yilda maktab direktori Lenore Jeykobson va psixolog Robert Rozenta tomonidan o'quvchilar o'rtasida ajoyib bir tadqiqot o'tkaziladi.

Uning natijasi esa barchani hayratda qoldiradi. Bu qanday tadqiqot ekanligini bilmoqchimisiz? Keling, buning javobini video orqali bilib olamiz.

Bizni instagramda ham kuzatib boring!

https://www.instagram.com/xalqtaliminfo

Telegram I Facebook I YouTube
13.1K views12:32
Ochish/sharhlash
2024-05-02 13:25:01
"O'zbekistonda pedagog kadrlar tayyorlashning muammo va yechimlari" mavzusidagi ilmiy konferensiya qanday o'tdi?

"Profi University"da "O'zbekistonda pedagog kadrlar tayyorlashning muammo va yechimlari" mavzusida ilmiy konferensiya o'tkazildi.

Unda respublikamizning turli xil hududlaridan tashrif buyurgan pedagoglar hamda professor-o'qituvchilar o'z ilmiy maqolalari bilan ishtirok etishdi.

"Profi University" tomonidan tashkil etilgan respublika konferensiyaning video tasvirlarini siz bilan ham bo'lishmoqchimiz.

Agar bu mavzu siz uchun qiziq bo'lsa, universitet YouTube sahifasiga joylangan anjuman videosini ko'rishingiz mumkin.

To'liq video



Profi University — to'g'ri tanlov!

Telegram | Instagram | YouTube
14.4K views10:25
Ochish/sharhlash
2024-05-02 10:18:15 Pedagog kadrlarni umumtaʼlim fanlari bo‘yicha kasbiy sertifikatlash uchun sinov topshiriqlari spetsifikatsiyasi tasdiqlandi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining tegishli buyrug‘iga asosan, vazirlik tizimidagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi tomonidan pedagog kadrlarni umumtaʼlim fanlari bo‘yicha kasbiy sertifikatlash uchun sinov topshiriqlari spetsifikatsiyasi ishlab chiqildi.

Quyida siz fan yo'nalishlari bo'yicha sinov topshiriqlari spetsifikatsiyasi bilan tanishishingiz mumkin:

Bilologiya
Chizmachilik
CHQBT
Davlat va huquq asoslari
Fizika
Geografiya
Informatika
Ingliz tili
Iqtisod
Jismoniy tarbiya
Kimyo
Matematika
Musiqa
Ona tili va adabiyoti
O'zbek tili
Tarbiya
Tarix
Texnologiya
Texnologiya va dizayn

Telegram I Facebook I YouTube
37.9K views07:18
Ochish/sharhlash
2024-05-02 09:16:31
#Sõragan_edingiz

O‘quvchilarning tanlovlardagi ishtiroki fan o‘qituvchisiga ustama berishga asos bo‘ladimi?


Men o‘zbek tili (davlat tili) fanidan ta’lim rus tilida olib boriladigan sinflarga dars o‘taman. Diplom bo‘yicha mutaxassisligim o‘zbek tili. Oliy toifali o‘qituvchiman. O‘quvchilarim maktabda o‘tkazilgan olimpiada (4-sinflar o‘rtasida)da faxrli o‘rinlarni egallaganlar. Shular ustama belgilashda inobatga olinadimi?

Javob — https://xalqtaliminfo.uz/post/630

Telegram I Facebook I YouTube
18.4K views06:16
Ochish/sharhlash
2024-05-01 18:44:50
Endilikda pedagog va xodimlarning jamoaviy mehnat nizolari yanada oson hal etiladi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining 2024-yil 26-apreldagi tegishli qo‘shma qaroriga muvofiq ular o‘rtasida mehnat arbitraji tuzildi.

Bu xodimlar (ularning vakillari) va ish beruvchilar (ularning vakillari) o‘rtasida yuzaga keladigan jamoaviy mehnat nizosini hal etish uchun xizmat qiladi.

Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/629

Telegram I Facebook I YouTube
24.1K views15:44
Ochish/sharhlash