Get Mystery Box with random crypto!

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

Telegram kanalining logotibi xalqtaliminfo — Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov X
Telegram kanalining logotibi xalqtaliminfo — Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov
Kanal manzili: @xalqtaliminfo
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 69.22K
Kanalning ta’rifi

Ambassador of @profiuniversity
xalqtaliminfo.uz sayti rasmiy kanali.
Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: http://myurls.co/xalqtaliminfo
Murojaat uchun: @savollar_murojaat_bot

Ratings & Reviews

4.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 8

2024-04-16 07:47:34
#Sõragan_edingiz

O‘qituvchining eski tartib bo‘yicha ommalashtirilgan ishlari bekor qilinganmi?


Bu masalada Respublika ta’lim markazi to'liq tushuntirish berdi. Unga ko'ra ommalashtirish bo'yicha tegishli sertifikatga ega bo'lgan pedagog xodimlarning sertifikati amal qilish muddati tugamaguncha amalda bo'ladi.

Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/604

Telegram I Facebook I YouTube
24.3K viewsedited  04:47
Ochish/sharhlash
2024-04-15 08:55:45
Attestatsiya jarayoni qanday kechmoqda? — Fotogalereya

Respublika bo‘ylab pedagog kadrlar attestatsiyasining malaka (test) sinovlari boshlandi. Attestatsiyada ishtirok etish uchun 243 ming 541 nafar pedagoglar onlayn ariza topshirib, ularning 202 ming nafardan ortig‘i ishtirok etishi kutilmoqda.

Fotogalereya — https://xalqtaliminfo.uz/post/603

Telegram I Facebook I YouTube
27.5K views05:55
Ochish/sharhlash
2024-04-15 07:28:26
Attestatsiya test sinovlari boshlandi

Ayni damda umumiy o’rta, maktabgacha va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagoglarini attestatsiyadan o’tkazish jarayonlari boshlandi.

Bugun Informatika va axborot texnologiyalari fanidan sinovlar bo’lib o’tadi.

Ta’lim nazorati

Telegram I Facebook I YouTube
37.0K views04:28
Ochish/sharhlash
2024-04-14 19:13:06
Jahon standartlariga javob beroladigan ta'lim dargohi talabalarni kutmoqda

Profi University Bektemir kampusi yonida qiymati 20 million dollarlik juda katta bino qurib bitkazildi.

Mazkur bino jahon standartlari asosida, noodatiy shaklda qurib bitkazildi. Yangi o'quv yilidan boshlab, aynan mana shu binoda dars jarayonlari boshlanadi.

Ushbu binoda talabalarning amaliyot o‘tashi uchun zamonaviy laboratoriyalar faoliyati ham yo‘lga qo‘yilmoqda.

Unutmang, xususiy universitet tanlashda uning moddiy-texnika bazasi va binolari mavjud ekanligi muhim ahamiyatga ega.

Profi University yangi binosining ichki dizayni qanday ko'rinishda ekanligi sizga qiziq bo'lsa, mana bu yerda batafsil tanishib chiqishingiz mumkin.

Bino dizayni — https://xalqtaliminfo.uz/post/602

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
24.1K views16:13
Ochish/sharhlash
2024-04-14 17:55:26
Attestatsiyadan qo‘rqmaslik kerak

Balki, test sinovidan biroz pastroq natija qayd etarsiz, ammo bu hammasi tugadi degani emas. Natijangiz yomon chiqdimi, demak yana o‘z ustingizda ko‘proq ishlashingiz kerak bo‘ladi xolos. Lekin nima bo‘lgan taqdirda ham test jarayonlari vaqtida sizga nisbatan hurmatsizlik qilishlariga yo‘l qo‘ymang.

Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/585

Telegram I Facebook I YouTube
14.5K views14:55
Ochish/sharhlash
2024-04-14 10:31:30
Ertadan attestatsiya test sinovlari boshlanadi

15-16-aprel kunlari attestatsiya test sinovlarda Informatika va axborot texnologiyalari fani o‘qituvchilari ishtirok etadilar. Attestatsiyaga oid muhim esalatmalar bilan tanishing.

Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/601

Telegram I Facebook I YouTube
21.6K views07:31
Ochish/sharhlash
2024-04-14 08:16:18
O‘qituvchini kaltaklagan fuqarolar IIB ga olib borilgan

Holat yuzasidan pedagog xodimga tan jarohati yetkazgan fuqarolarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Sud tibbiy ekspertizaning 2-apreldagi xulosasida o‘qituvchida yopiq bosh miya shikasti, bosh miya chayqalishi, chap qosh tashqi burchak sohasi yirtilgan yarasi, bel, chap yelka va tirsak sohalari yumshoq to‘qimalari lat yeyishi aniqlangan.

Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/600

Telegram I Facebook I YouTube
19.5K views05:16
Ochish/sharhlash
2024-04-13 18:31:14
Vazir Xilola Umarovani yaqindan taniysizmi?

Bugun biz Xilola Umarova haqidagi ayrim ma’lumotlarni bir joyga jamlab, kuzatuvchilarimizga ulashishni lozim topdik.

Unda siz asli Germaniyada tug'ilgan Umarovaning yoshligi qanday kechgani, talabalik davri, Prezident maktabiga kirolmagan qizi hamda uning vazir lavozimiga tayinlangunga qadar bosib o'tgan yo'li haqida ayrim qiziq ma'lumotlar bilan ham tanishasiz.

Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/597

Telegram I Facebook I YouTube
31.8K viewsedited  15:31
Ochish/sharhlash
2024-04-13 07:39:36
Pedagog xodimlar tomonidan yuborilgan metodik ishlar bilan tanishing

O‘qituvchilar o'rtasida shunchaki tajriba almashish maqsadida yo'lga qo'yilgan “Media Maorif” loyihasini boshlaganimizdan buyon bizga pedagoglar tomonidan juda ko‘plab materiallar yetib keldi.

Quyida siz o‘zingizga ma’qul bo‘lgan metodik material muallifi ishlari bilan tanishib chiqib, ularni qo‘llab-quvvatlashingiz mumkin.

Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/599

Telegram I Facebook I YouTube
26.4K views04:39
Ochish/sharhlash
2024-04-12 12:46:57


Махсус мактабга қабул бўлмоқда

Миллий гвардия тасарруфидаги Бағдод туманида жойлашган "Мангуберди издошлари" НТМ мактабига қабул давом этмоқда.

Ушбу ҳарбий соҳаларга ихтисослашган махсус мактабга 5-синфдан бошлаб 9 -синфгача бўлган ўқувчилар қабул қилинади.

Мактабда барча замонавий шарт-шароитлар яратилган. Ўқувчилар турар-жой 3 маҳал озиқ-овқат билан таъминланади.

Мактабда давлат таълим стандартлари асосида барча фанлар ўтилади. Шу билан бирга ҳарбийлаштирилган дарслар ҳам олиб борилади.

Ўқ отиш, қўл жанги, таеквондо, камондан отиш машқлари малакали ҳарбийлар томонидан ўргатилади.

Мурожаат учун телефонлар:
5-синфлар учун  капитан  С.Тешабоев +99890 7846005             
6-синфлар учун   майор Ж.Охунов  +998911444288  
7-синфлар учун сержант Б.Ризақулов   +998916872910  
8-синфлар учун  сержант  Ш.Пирматов +99890 2520805
9-синфлар учун  сержант И.Темиров +99890 6809486

Дўстларга юбориб қўйинг
Instagram | Facebook | Telegram
23.2K views09:46
Ochish/sharhlash