Get Mystery Box with random crypto!

15-aprel kuni kuzatilgan nosozliklar nega gapirilmadi? Vazirl | Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

15-aprel kuni kuzatilgan nosozliklar nega gapirilmadi?

Vazirlik bergan rasmiy bayonotida faqat 16-aprel kuni test topshiriqlarini to'liq bajarishga ulgurmagan pedagoglar haqida so'z boradi.

Vaholanki, 15-aprel kuni ham nosozlik kuzatilgan va shu kuni ham ko'plab pedagoglar tashkiliy-texnik jihatdan kamchiliklar mavjudligi sababli yetarlicha ball to'play olmaganini aytmoqda.

Shuning uchun 15-aprel kuni ham test topshiriqlarini to'liq bajarishga ulgurmagan pedagoglar 2024-yilning 22-may kuni o'tkaziladigan qayta attestatsiya jarayonlarida ishtirok etishga haqli deb hisoblaymiz.

Shu o'rinda texnik nosozlik sabab attestatsiyadan o'tolmagan informatika va axborot texnologiyalari fani o'qituvchilari tegishli tartibda apellyatsiya komissiyasiga yozma ravishda ariza (shikoyat) berishlari lozimligini eslatib o'tmoqchimiz.

Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/607

Telegram I Facebook I YouTube