Get Mystery Box with random crypto!

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

Telegram kanalining logotibi xalqtaliminfo — Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov X
Telegram kanalining logotibi xalqtaliminfo — Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov
Kanal manzili: @xalqtaliminfo
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 69.22K
Kanalning ta’rifi

Ambassador of @profiuniversity
xalqtaliminfo.uz sayti rasmiy kanali.
Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: http://myurls.co/xalqtaliminfo
Murojaat uchun: @savollar_murojaat_bot

Ratings & Reviews

4.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 6

2024-04-23 07:01:43
3 OYGA 50MING SO'M RUS TILI DARSLARI

SHOSHILING

RUS TILI

Darslar har kuni yopiq guruhda bo'lib o'tadi.

Darslar yozib olinib guruhga tashlab beriladi. (Ma'lumot uchun darslar tayyor video dars shaklida guruhga yuboriladi)

Lug'at darslari esa quiz test ishlanadi.

Narxi 50.000 so'm 3oy uchun 1martta to'lov

Agar hohlasangiz probnik dars tashlab beriladi. To'lov oldindan 3oy uchun 50.000 so'm to'lanadi.

Dushanba chorshanba juma kunlari 21.00da dars dars

Seshanba payshanba shanba kunlari 21.00da lug'at


MUROJAAT UCHUN
@Diamond_education_admin
18.6K views04:01
Ochish/sharhlash
2024-04-22 09:26:19
“Tarbiya”, “Science “ va “Informatika” fanini qaysi o‘qituvchilarga o‘qitishga ruxsat berildi?

Bosh vazir Abdulla Oripov imzolagan hujjat bilan umumtaʼlim muassasalarida “Tabiiy fan (science)“, “Tarbiya” va “Informatika va axborot texnologiyalari” fanlarini ayrim toifadagi o‘qituvchilar o‘qitishiga ruxsat berildi. Aslida bu qoida avval ham mavjud edi.

Lekin pedagoglarni hali ham bir qancha muammoli savollar qiynab kelmoqda. Shu sababli biz bu mavzuni batafsil sharhlab berishga harakat qildik.

Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/614

Telegram I Facebook I YouTube
28.4K views06:26
Ochish/sharhlash
2024-04-21 14:59:32
Endilikda milliy sertifikatga ustama olish uchun pedagoglar necha ball yig‘ishi kerak?

Milliy sertifikat olgan pedagoglarga ustama to'lab berishda muammolar yuzaga kelmoqda. Chunki, Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan milliy sertifikat berish tartibi o'zgargan.

Xo'sh bu muammoga qanday yechim bor? Qachondan pedagoglarga ustama to'lash boshlanadi?

Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/613

Telegram I Facebook I YouTube
19.4K views11:59
Ochish/sharhlash
2024-04-21 06:05:16
23-27-aprel kunlari vazir ustamasiga da’vogar pedagoglar uchun suhbat bo‘lib o‘tadi

Suhbatdan muvaffaqiyatli o‘tgan pedagoglarga 9 oy mobaynida 5 mln 775 ming so‘mlik qo‘shimcha ustamalar to‘lanadi.

Suhbat jarayoni qanday o'tadi? Talabgorlarning kasbiy mahorati qanday mezonlar asosida baholanadi?

Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/612

Telegram I Facebook I YouTube
21.8K views03:05
Ochish/sharhlash
2024-04-20 09:35:11
#Eslatma

O'quvchilar uchun yakuniy nazorat imtihonlari oʻtkaziladigan fanlar roʻyxati va imtihon oʻtkazish shakllari bilan tanishing


9-sinflar uchun Jismoniy tarbiya fanidan 1-6-may, Ona tili va adabiyot fanidan – 27-may, Matematika fanidan – 30-may kunlari bitiruv imtihonlari o‘tkaziladi.

11-sinflar uchun Ona tili va adabiyot fanidan — 29-may, Matematika fanidan – 1-iyun kunlari bitiruv imtihonlari o‘tkaziladi.

Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/578

Telegram I Facebook I YouTube
42.6K views06:35
Ochish/sharhlash
2024-04-19 14:28:46
Nima uchun attestatsiyada bir testni ikki nafar o‘qituvchi ishlamoqda?

Ba'zi pedagoglarimiz ayrim hududlardagi attestatsiya jarayonlarida bir testni ikki nafar o‘qituvchi ishlashiga nega ruxsat berilganiga izoh so‘ramoqda.

Bu holat aks etgan rasmlar ijtimoiy tarmoqlarda ham tarqalgan. Lekin bu biz o‘ylayotgan narsa emas, albatta.

Ma’lumki, hozirgi kunda maktablarda ko‘zi ojiz o‘qituvchilar ham ham faoliyat yuritib kelmoqda. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan esa ko‘zi ojiz o‘qituvchilarga tarjimon-kotiba bilan birgalikda test ishlashiga ruxsat berilgan.

Tarjimon-kotibalar esa ko‘zi ojiz o‘qituvchilarga testlarni o‘qib berishga yordam berish uchun jalb qilingan. Bu haqda vazirlikning bugungi rasmiy bayonotida ham alohida eslatib o‘tilgan.

Telegram I Facebook I YouTube
23.5K viewsedited  11:28
Ochish/sharhlash
2024-04-19 13:17:52
Pedagog xodimlarga beriladigan qanday ustama turlari bor?

Ma’lumki, umumiy o‘rta ta’lim maktabi pedagog xodimlarining erishgan natijasiga qarab, ularga turli xil ustamalar belgilanadi.

Ustama turlari haqida batafsil ma'lumotlarni bilib olish esa foydadan holi bo'lmaydi. Biz ana shu ustamalarning ayrim turlari haqida ma’lumot berib o‘tmoqchimiz.

Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/510

Telegram I Facebook I YouTube
22.8K views10:17
Ochish/sharhlash
2024-04-19 10:15:37
"O'zbekistonda pedagog kadrlar tayyorlashning muammo va yechimlari" mavzusida ilmiy konferensiya o'tkaziladi

"Profi University"da "O'zbekistonda pedagog kadrlar tayyorlashning muammo va yechimlari" mavzusida ilmiy konferensiya o'tkazilishi rejalashtirilmoqda.

Unda umumiy o'rta ta'lim muassasalarida faoliyat yuritib kelayotgan pedagoglar ham o'z ilmiy maqolalari bilan ishtirok etishlari mumkin.

Konferensiya O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 24-martdagi " 2024-yilda qo'shimcha o'tkaziladigan xalqaro va Respublika miqyosidagi ilmiy va ilmiy-texnik tadbirlar to'g'risida"gi 76-sonli buyrug'i ijrosini ta'minlash maqsadida o'tkazilmoqda.

Konferensiya o'tkaziladigan manzil: Hotel Inspira - S Tashkent mehmonxonasi

Lokatsiya

Vaqti: 26-aprel soat 9:00da

Batafsil ma'lumot uchun: @profi_ilmiy_bulim

Axborot xati

Telegram I Facebook I YouTube
21.5K views07:15
Ochish/sharhlash
2024-04-19 08:14:25
Har bir maktabga mingta kitob berilmoqda

Surxondaryo viloyati hokimligi tomonidan har bir maktabga, 1000 donadan, jami 100 ming dona kitob jamlanmasi ajratildi.

Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/611

Telegram I Facebook I YouTube
15.2K viewsedited  05:14
Ochish/sharhlash
2024-04-18 18:50:05
545 ta maktabda ta’lim sifati pastligi ma’lum bo‘ldi

Ta’lim sifati past bo'gan maktablar ro'yxati tasdiqlandi. Mazkur maktabga borib ishlaydigan pedagoglarga esa qo‘shimcha ustamalar to‘lab beriladi. O‘tgan yili shunday maktablar ro‘yxati 642 ta edi. Bu yil ta’lim sifati past bo‘lgan maktablar soni 97 taga qisqargan.

Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/610

Telegram I Facebook I YouTube
21.5K views15:50
Ochish/sharhlash