Get Mystery Box with random crypto!

22-may kuni informatika va axborot texnologiyalari fanidan qay | Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

22-may kuni informatika va axborot texnologiyalari fanidan qayta attestatsiya o'tkaziladi

15-16-aprel kuni bo‘lib o‘tgan attestatsiya test sinovlari vaqtida pedkadr.uzedu.uz platformasida nosozliklar yuzaga kelib, ishlamay qolganligi haqida xabar bergandik. Bugun Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi mazkur holat bo'yicha rasmiy bayonot berdi.

Unga ko'ra 16-aprel kuni test topshiriqlarini to'liq bajarishga ulgurmagan pedagoglar roziligi bilan 2024-yilning 22-may kuni informatika va axborot texnologiyalari fanidan qayta attestatsiya o'tkazish belgilandi.

Telegram I Facebook I YouTube