Kanal manzili:
Toifalar:
Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar:
69.22K
Kanalning ta’rifi
Ambassador of @profiuniversity
xalqtaliminfo.uz sayti rasmiy kanali.
Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: http://myurls.co/xalqtaliminfo
Murojaat uchun: @savollar_murojaat_bot
Ratings & Reviews
Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.
5 stars
2
4 stars
0
3 stars
1
2 stars
0
1 stars
0
Oxirgi xabar 5
2024-04-25 10:17:57
Telefon ishlatishdan voz kechgan maktabga 300 million so‘m pul mukofoti berildi
Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev “Telefonsiz maktab” tizimiga o‘tgan maktabga 300 million so‘m pul mukofoti berilishini aytgandi. Hokim va'dasini bajarish uchun Angren shahridagi 17-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktoriga mukofotni topshirdi.
Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/619
Telegram I Facebook I YouTube
33.3K viewsedited 07:17
2024-04-25 06:32:18
#Bilasizmi
Chet tili fani uchun ajratilgan haftalik oʻquv soatlari qanday taqsimlanadi?2024-2025-oʻquv yilidan boshlab bosqichma-bosqich chet tili fani 5-9-sinflarda intensivlikni oshirish orqali o'quvchilarda bazaviy bilim va nutqiy ko'nikmalar shakllantirish hamda 10-11-sinflarda akademik yozuv va so'zlashish ko'nikmalarini rivojlantirishga qaratiladi.
Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/618
Telegram I Facebook I YouTube
20.6K views03:32
2024-04-24 15:38:15
Attestatsiyadagi testdan norozi bo'lgan pedagoglar o'sha zahoti e'tiroz yuborishi mumkinMaktabgacha va maktab ta'limi vazirligi attestatsiya test materiallaridan norozi bo'lgan pedagoglar dasturdan chiqmagan holda e'tiroz yuborishi mumkinligini eslatdi.
Telegram I Facebook I YouTube
34.5K views12:38
2024-04-24 14:49:08
Dunyoning 1-raqamli oliygohi – Massachusetts texnologiya instituti tomonidan o‘tkaziladigan mahorat darslariga taklif qilamiz!
Massachusetts texnologiya instituti tajribasi asosida oliy ta'lim muassasasini rivojlantirish istagida bo'lgan barcha
OTM rahbarlari va
professor-o‘qituvchilarini mahorat darslariga taklif qilamiz.
Mahorat darslari joriy yilning
29-aprel – 2-may kunlari “Yangi O‘zbekiston” universitetida o‘tkaziladi.
Unda siz
ta’lim boshqaruvi, zamonaviy pedagogik
o‘qitish metodikalari,
mustaqil ta’limni rivojlantirish va
samarali tadqiqot olib borish kabi qator yo‘nalishlarida o'z tajribangizni oshirishingiz mumkin.
Yana bir quvonarli tomoni mahorat darsida ishtirok etganlarga
MIT tomonidan sertifikat taqdim etiladi.
Mahorat darslarida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘ting.
Joylar soni chegaralanganligi sababli,
talabgorlarning elektron pochta manziliga ro'yxatdan o'tish tasdiqlangan haqida xabar yuboriladi.
English
#MIT #mahorat_darslari
Biz Ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
20.0K views11:49
2024-04-24 12:56:21
Taʼlimni rivojlantirishga o'z hissangizni qo'shing
"O'zbekistonda o'qituvchilarning uzluksiz kasbiy rivojlanishi" mavzusidagi so'rovnomada ishtirok eting hamda maktab taʼlimini rivojlantirishga o'z hissangizni qo'shing.
Biz taʼlim jarayonining yanada samarali bo'lishini maqsad qilgan holda tizimdagi muammolarni o'rganishga intilmoqdamiz.
Iltimos, bizning mazkur so'rovnomamizda ishtirok etib, savollarga faqat xolis javob bering. Javoblar anonim shaklda yig'iladi.
So'rovnoma: https://forms.gle/Svpb5EuwUXhpRPac8
Telegram I Facebook I YouTube
22.2K viewsedited 09:56
2024-04-24 08:09:58
1-, 5- va 7-sinf o‘quvchilari avtohalokat tufayli halok bo'ldiJizzax va Qashqadaryo viloyatlarida sodir bo'lgan YTH oqibatida 3 nafar maktab o'quvchilari halok bo'lgan. Haydovchilarga esa jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/617
Telegram I Facebook I YouTube
26.6K views05:09
2024-04-23 18:05:24
Andijonlik o‘qituvchi attestatsiyada 100 balni qo‘lga kiritdiMuhammad Yusuf ijod maktabida ona-tili va adabiyoti fanidan dars berayotgan oʻqituvchi, Dilfuzaxon Urmonova attestatsiya jarayonlarida
100 ballni qo'lga kiritdi.
Telegram I Facebook I YouTube
19.1K viewsedited 15:05
2024-04-23 13:06:59
O‘quvchilarga stul ko‘targizib qo‘ygan o‘qituvchi ishi bo'yicha tergovga qadar tekshiruv boshlandiIjtimoiy tarmoqlarda Jizzax viloyatidagi maktabda tahsil olayotgan 1-sinf o‘quvchilari stul ko‘tarib turganliklari aks etgan video tarqaldi. Shundan so‘ng Bolalar ombudsmani mazkur holatni o‘z kuzatuviga olganini ma’lum qildi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari boshlangani aytildi.
Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/616
Telegram I Facebook I YouTube
25.7K viewsedited 10:06
2024-04-23 11:01:16
Endilikda 2-sinfda “Informatika”, 5-sinfda esa “Science” fani o‘qitiladi2-sinflarda haftasiga 1 soatdan “Informatika va axborot texnologiyalari” fani o‘qitiladi. O‘tgan yili mazkur fan 1-sinf o‘quvchilari uchun joriy qilingandi.
1-2-sinflarda “Informatika va axborot texnologiyalari” fani oʻquvchilarning mantiqiy fikrlashini rivojlantirishga asoslanganligi sababli mazkur fan boshlangʻich sinf oʻqituvchilari tomonidan oʻqitiladi.
Eslatib o'tamiz, avvalroq bosh vazir Abdulla Oripov imzolagan hujjat bilan umumtaʼlim muassasalarida “Tabiiy fan (science)“, “Tarbiya” va “Informatika va axborot texnologiyalari” fanlarini qaysi toifadagi o‘qituvchilar o‘qitishi mumkinligi haqida ko‘rsatma berilgandi.
Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/615
Telegram I Facebook I YouTube
24.7K viewsedited 08:01
2024-04-23 07:44:00
Onlayn malaka oshirish kurslari qachondan boshlanadi?O‘qituvchiman, onlinedu.uz platformasida onlayn shaklda malaka oshirishim belgilangan. Lekin onlayn malaka oshirish kurslari hali boshlanmabdi. Offlayn tarzda malaka oshirishga ruxsat yo‘q ekan.
O‘z vaqtida malaka oshirmasam, bu ustama balimga taʼsir qiladimi? Onlayn malaka oshirish kurslari qachondan boshlanadi?
Javob — https://xalqtaliminfo.uz/post/566
Telegram I Facebook I YouTube
25.5K views04:44