Get Mystery Box with random crypto!

Nima uchun attestatsiyada bir testni ikki nafar o‘qituvchi ish | Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

Nima uchun attestatsiyada bir testni ikki nafar o‘qituvchi ishlamoqda?

Ba'zi pedagoglarimiz ayrim hududlardagi attestatsiya jarayonlarida bir testni ikki nafar o‘qituvchi ishlashiga nega ruxsat berilganiga izoh so‘ramoqda.

Bu holat aks etgan rasmlar ijtimoiy tarmoqlarda ham tarqalgan. Lekin bu biz o‘ylayotgan narsa emas, albatta.

Ma’lumki, hozirgi kunda maktablarda ko‘zi ojiz o‘qituvchilar ham ham faoliyat yuritib kelmoqda. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan esa ko‘zi ojiz o‘qituvchilarga tarjimon-kotiba bilan birgalikda test ishlashiga ruxsat berilgan.

Tarjimon-kotibalar esa ko‘zi ojiz o‘qituvchilarga testlarni o‘qib berishga yordam berish uchun jalb qilingan. Bu haqda vazirlikning bugungi rasmiy bayonotida ham alohida eslatib o‘tilgan.

Telegram I Facebook I YouTube