Get Mystery Box with random crypto!

Dunyoning 1-raqamli oliygohi – Massachusetts texnologiya insti | Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

Dunyoning 1-raqamli oliygohi – Massachusetts texnologiya instituti tomonidan o‘tkaziladigan mahorat darslariga taklif qilamiz!

Massachusetts texnologiya instituti tajribasi asosida oliy ta'lim muassasasini rivojlantirish istagida bo'lgan barcha OTM rahbarlari va professor-o‘qituvchilarini mahorat darslariga taklif qilamiz.

Mahorat darslari joriy yilning 29-aprel – 2-may kunlari “Yangi O‘zbekiston” universitetida o‘tkaziladi.

Unda siz ta’lim boshqaruvi, zamonaviy pedagogik o‘qitish metodikalari, mustaqil ta’limni rivojlantirish va samarali tadqiqot olib borish kabi qator yo‘nalishlarida o'z tajribangizni oshirishingiz mumkin.

Yana bir quvonarli tomoni mahorat darsida ishtirok etganlarga MIT tomonidan sertifikat taqdim etiladi.

Mahorat darslarida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘ting.

Joylar soni chegaralanganligi sababli, talabgorlarning elektron pochta manziliga ro'yxatdan o'tish tasdiqlangan haqida xabar yuboriladi.

English

#MIT #mahorat_darslari

Biz Ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook