Get Mystery Box with random crypto!

O‘qituvchilar uchun 'Stressiz ta’lim' loyihasi amalga oshirila | Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

O‘qituvchilar uchun "Stressiz ta’lim" loyihasi amalga oshiriladi

So‘nggi vaqtlarda o‘quvchilarni kaltaklayotgan pedagog xodimlar haqidagi videolar tez-tez ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

Biz bu kabi holatlarning asl kelib chiqish sabablarini o‘rganib, pedagoglarni jazolash emas, aksincha ularga bepul ijtimoiy-psixologik xizmat ko‘rsatish lozim deb o'yladik va o'qituvchilarga manfaatli bo'lgan loyihaga qo'l urdik.

Shu sababli kecha, 2-may kuni Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Farxod Boqiyev, Xalq ta’limi Info tahririyati direktori, Profi University pedagogik masalalar bo‘yicha rektor maslahatchisi Ulug‘bek Po‘latov, shuningdek Respublika tashxis markazi hamda vazirlik mas’ul xodimlari ishtirokida "Stressiz ta’lim" loyihasi doirasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Profi University professor-o‘qituvchisi Akobr Abdullayev tomonidan loyiha taqdimoti o‘tkazildi. Mazkur loyiha doirasida pedagoglarga ijtimoiy-psixologik xizmat ko‘rsatish, o‘qituvchilarga stresslarni yengish bo‘yicha amaliy ko‘mak berib borish maqsad qilingan.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligida bo‘lib o‘tgan uchrashuv tafsilotlari haqida muxbirimiz Sevinch Xoliqova tayyorlagan qisqa reportaj orqali batafsil bilib olishingiz mumkin.

Batafsil reportaj



Telegram I Facebook I YouTube