Get Mystery Box with random crypto!

Janubiy Koreya va O’zbekiston o’rtasida Erkin savdo shartnomas | WAYU.KOREA

Janubiy Koreya va O’zbekiston o’rtasida Erkin savdo shartnomasi tuzilishi bo’yicha muzokaralar olib borilmoqda.

Joriy yilning 26-aprel kuni Janubiy Koreya va O'zbekiston tomonidan Erkin savdo shartnomasini (ESSH) tuzish bo'yicha onlayn muzokaralar tashkil etildi.

Shuningdek, 28-yanvar kuni videokonferensiya formatida bo'lib o'tgan sammit davomida O’zbekiston va Janubiy Koreya prezidentlari tomonidan ikki tomonlama Erkin savdo shartnomasini (ESSH) tayyorlash ishlari boshlanganligi e'lon qilindi.

Muzokaralarning birinchi qismi 2 kun davom etadi. Ushbu muzokaralar Koreya Respublikasining Savdo, sanoat va energetika vazirligining Erkin savdo shartnomalari boshqarmasi boshlig'i Yan Gi Uk va O’zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazir o’rinbosari B.Abidov boshchiligida amalga oshirilmoqda.

Mazkur tadbir boshlanishidan avval ma'lumotlar almashinuvi bo’lib o’tdi va shartnomaning amalga oshirish tartibi to’g’risida kelishib olindi.

Muzokaralar davomida savdo to'siqlari, mahsulot ishlab chiqarilgan joyning nomlanishi, bojxona jarayonini yengillashtirish, erkin savdo sharoitini yaratish va ushbu jarayonning butun tafsilotlarini o’rganib chiqib muhokama qilish kabi masalalar kiritildi.
Ushbu bitim Janubiy Koreyaning savdoni liberallashtirish uchun “Seulning Yangi Shimoliy siyosati” bo’yicha hamkor-mamlakat bilan birinchi bitimidir.

Manba: KBS