Get Mystery Box with random crypto!

Majburiy karantin be'kor qilinmoqda! Vaktsina bilan emlanish | WAYU.KOREA

Majburiy karantin be'kor qilinmoqda!

Vaktsina bilan emlanish jarayonini tezlashtirish maqsadida Janubiy Koreyaning sog'liqni saqlash idoralari to'liq emlanganlarni 5 maydan boshlab majburiy 14 kunlik karantindan ozod qilinishini ma`lum qildi.

Biroq, rasmiylar, bunday emlanganlar hali ham 14 kun davomida nazorat ostida bo'lishlarini va ushbu davrda ikkita COVID-19 testini o'tkazishni talab qilishlari to’g’risida ma’lumot berdi.

Yangi qoidalar so'nggi emlashdan keyin ikki hafta o'tgach to'liq emlanganlarga nisbatan qo'llaniladi.

Hozirda Janubiy Koreya Pfizer va AstraZeneca kompaniyalarida (ikkita doza) ishlab chiqarilgan vaktsinalar bilan emlashmoqda. Johnson & Johnson kompaniyasining vaktsinalari ma’qullangan ammo Moderna va Novavax mahsulotlarini Janubiy Koreyaning Giyohvand moddalar xavfsizligi agentligi tomonidan hali ham tasdiqlanmagan.

Janubiy Koreyada tasdiqlanmagan Rossiyaning Sputnik V va Xitoyning Sinopharm kabi vaktsinalari bilan emlanganlar uchun ushbu qoida amal qilmaydi.

Janubiy Koreya fevral oyining oxiridan shu kunga qadar 2,6 millionga yaqin odamni (52 mln aholisining 5%ni) COVID-19 vaktsinalari bilan bitta dozada emlashga muvaffaq bo’ldi.