Get Mystery Box with random crypto!

Janubiy Koreyadagi vatandoshlarni ishga kirishi va startup g’o | WAYU.KOREA

Janubiy Koreyadagi vatandoshlarni ishga kirishi va startup g’oyalariga investitsiya topishi uchun ajoyib imkoniyatni taqdim etamiz.

Ma’lumki, Janubiy Koreya OTMlarini tamomlagandan so'ng Koreyada ishlash imkoniyatini qo’lga kiritish odatda og'riqli jarayon hisoblanadi. Aynan ushbu jarayonning murakkabligi sababli ko’plab chet-ellik va O’zbekistonlik iste’dodli yoshlar o’z yurtiga qaytib ketishmoqda.

O’zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi, Ispaniyaning Mondragon Team Academy, Koreyaning D-camp va Front 1 NNTlari hamda Sungkyunkwan University (SKKU) bilan hamkorlikda ish topish jarayonni yengillashtirish maqsadida “Global Futurizer” loyihasini yo’lga qo’ydi. Ushbu loyiha davomida Koreyada joylashgan bir necha tashkilotlarni Koreyada taxsil olayotgan xalqaro talabalar bilan bog’lab ular bilan birgalikda hozirgi kundagi do’lzarb muammolar ustida ish olib borish ko’zda tutilgan. Loyiha ingliz tilida bo’lib o’tadi.

Ishtirokchilarga tashkilotlar tomonidan topshiriqlar beriladi va tashkilotlar belgilangan muammoning yechimini topish uchun yoshlarimizga bir oy muddat beradi. Muammoga tez va samarali yechim topgan jamoa albatta rag’batlantiriladi. Rag’bat qanday bo’ladi deysizmi? O'z g'oyangizga sarmoya kiritishdan, sizni ushbu tashkilotlar biriga ishga olishga qadar bo’lishi ham mumkin. Bundan tashqari, dastur tomonidan g'oliblarga beriladigan turli xil mukofotlar va ishtirok etganligingiz to’g’risida sertifikatlar ham taqdim etiladi.

Ushbu loyihaga O’zbekistonlik talabalar uchun nafaqat alohida kvota ajratilgan, balki bizning tashkilot orqali 70% (KRW 130,000 -> KRW 40,000) chegirma ham taqdim etiladi. Tadbirda ishtirok etish uchun asosan bakalavr darajasidagi 3-4 bosqich hamda magistratura darajasida ta’lim olayotgan talaba bo’lsangiz bo’ldi. Ro’yxatdan o’tayotganingizda “How did you know about Global futurizer? ” degan savoliga WAYU tashkilotini tanlasangiz 70% chegirma taqdim etiladi.

Ro’yxatdan o’tish uchun oxirgi kun:
Aprel 27

Ro’yxatdan o’tish uchun: https://www.saecompany.org/global-futurizer/

Loyiha haqida seminar 22-aprel kuni soat 14:45da quyidagi havola orqali bo’lib o’tadi:
https://calendly.com/saecompany/q-a-global-futurizer

Loyiha muddati: Aprel 29 - May 27

Loyiha joyi (onlayn/oflayn):