Get Mystery Box with random crypto!

'Milliy sport turlari va xalq o’yinlari' musobaqasining respub | Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

"Milliy sport turlari va xalq o’yinlari" musobaqasining respublika bosqichi o‘tkazildi

Namangan viloyatida Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi, ''Yoshlik'' JTSJ Markaziy kengashi, viloyat MMTB va Jamiyatning mintaqaviy bo‘limi hamkorligida o‘quvchilar o‘rtasida ''Milliy sport turlari va xalq o‘yinlari'' respublika bosqichi hamda jismoniy imkoniyati cheklangan o‘quvchilar o‘rtasida sportning shashka turidan o‘rtoqlik musobaqasi o‘tkazildi.

Unda jami 200 dan ortiq o‘quvchilar ishtirok etishdi.

Musobaqa milliy xalq o‘yinlarini ommalashtirish va tajriba almashish  maqsadida tashkil etildi.

Yakuniy natijalar:
-o‘rin Namangan v.;
-o‘rin Samarqand v.;
-o‘rin Qoraqalpog‘iston R.  va  Xorazm viloyati jamoasi.


Taqdirlash marosimida  Markaziy kengash raisining birinchi o’rinbosari B.Xidoyatov hamda viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari X.Abdurahmonovlar ishtirokchilarga zafarlar tilab, musobaqa g‘oliblariga medal, diplom va esdalik sovg’alarni topshirdilar.