Get Mystery Box with random crypto!

Navroʻz umumxalq bayrami munosabati bilan Maktabgacha va makta | Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

Navroʻz umumxalq bayrami munosabati bilan Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi taʼlim muassasalarida “Olam nurga toʻlsin sen bilan, Navroʻz!” bosh gʻoyasi asosida madaniy-maʼrifiy tadbirlarga start berildi.

Tadbirlarni milliy qadriyat va anʼanalarimiz, zamonaviy tajribalar asosida hamda yuqori saviyada tashkil etish uchun 4 ta yoʻnalishdagi loyiha va tanlovlar oʻtkaziladi:


Xalq sayllari:

“Kim oladi-yo....”, “Chillak”, “Varrak”, “Eshak mindi”, “Lanka”, “Oq terakmi, koʻk terak”, “Arqon tortish”, “Koʻz bogʻlar” oʻyinlari

Keksalarni eʼzozlash haftaligi:

“Qarisi bor uyning parisi bor”, “Qari bilganini pari bilmas”, “Uch avlod uchrashganda”, “Milliy qadriyat, urf-odat va anʼanalar” kabi mavzularda uchrashuv va davra suhbatlari

Sogʻlom turmush tarafdorimiz aksiyasi:

“Besh tashabbus Navroʻzda”, “Milliy kurash”, “Polvonlar bellashuvi”, “Yelkada kurash” sport musobaqalari

Ekologiya yoʻnalishi:

“Yashil makon” umummilliy loyihasi, “Ekopatrul” loyihasi, “Eng obod taʼlim muasssasasi”, “Obod maktab” ekologik tanlovlari.

Mazkur tadbirlarga respublikadagi mavjud 10 182 ta taʼlim muassasisidagi 4.5 mln. nafar oʻquvchi-yoshlarni qamrab olish rejalashtirilgan.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram Facebook
Youtube Instagram
Veb-sayt Linkedin