Get Mystery Box with random crypto!

Yoʻl boʻyida joylashgan maktablar oldida foto va video qayd et | Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

Yoʻl boʻyida joylashgan maktablar oldida foto va video qayd etish uskunalari oʻrnatiladi

Vazirlar Mahkamasining “Yoʻl harakati qoidalari buzilganligini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari orqali qayd etish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

Unga koʻra:

2024-yil 1-iyuldan boshlab yoʻl boʻyida joylashgan maktablar oldida hamda boshqa belgilangan joylarda maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari bosqichma-bosqich oʻrnatiladi.

Ichki ishlar vazirligi 2024-2026-yillar davomida yoʻl boʻyida joylashgan maktablar oldida ushbu foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalarini manzilli roʻyxat asosida oʻrnatadi hamda “Xavfsiz shahar” tizimlariga integratsiya qiladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram Facebook
Youtube Instagram
Veb-sayt Linkedin