Get Mystery Box with random crypto!

Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida yakuniy davlat attestatsiya | Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida yakuniy davlat attestatsiyasi oʻtkazish tartibi tasdiqlandi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2024-yil 20-martdagi tegishli buyrugʻi bilan:

umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida yakuniy davlat attestatsiyasi oʻtkaziladigan fanlar roʻyxati va imtihon oʻtkazish shakllari;
xorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxati
tasdiqlandi.

Unga koʻra, 9-sinf oʻquvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi:

Ona tili va adabiyoti fanidan — yozma;
Davlat tili (taʼlim tili oʻzbek tili boʻlmagan sinflar uchun)dan — yozma;
Matematika fanidan — yozma;
Oʻzbekiston tarixi fanidan — yozma/ogʻzaki;
Jismoniy tarbiya fanidan — amaliy shaklda oʻtkaziladi.

11-sinf oʻquvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi:

Ona tili va adabiyoti fanidan — yozma (insho);
Matematika fanidan — yozma;
Davlat tili (taʼlim oʻzbek tilida olib borilmaydigan umumiy oʻrta taʼlim muassasalari uchun, taʼlim muassasasi tanlovi asosida)dan — yozma va ogʻzaki;
Chet tili fanidan — yozma/ogʻzaki;
Oʻzbekiston tarixi fanidan — yozma/ogʻzaki;
(Oʻquvchining tanlovi boʻyicha) Kimyo, Fizika, Davlat huquq asoslari, Geografiya fanlaridan — yozma shaklda oʻtkaziladi.

Batafsil: https://uzedu.uz/uz/news/1535
__________
Ma’lumot uchun,
2025-yilidan boshlab ta'lim o‘zbek tilida olib borilmaydigan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 11-sinf bitiruvchilari uchun Davlat tilidan yakuniy nazorat imtihonlarini topshirish majburiy bo‘lishi belgilanmoqda.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram Facebook
Youtube Instagram
Veb-sayt Linkedin