Get Mystery Box with random crypto!

UzA | Tezkor xabarlar

Telegram kanalining logotibi uzauz — UzA | Tezkor xabarlar U
Telegram kanalining logotibi uzauz — UzA | Tezkor xabarlar
Kanal manzili: @uzauz
Toifalar: Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 33.98K
Kanalning ta’rifi

Ushbu kanalda O‘zbekiston Milliy axborot agentligining tezkor xabarlari berib boriladi
Asosiy telegram kanal: @uza_uz
Sayt: www.uza.uz
•facebook.com/uzauz
•instagram.com/uza.uz
•twitter.com/uzauz
•lotin yozuvida: @uzauzlot

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 5

2024-02-26 14:18:58 “Dok-1 maks ishi”: ayrim jabrlanuvchilarga 1 milliard soʻmdan maʼnaviy zarar undiriladi

Sudlanuvchilar Singx Ravendra Pratap, N. Mirzaaxmedova, S. Kariyev, A. Azimov, N. Musayev, Sh. Shodmanov va J. Erkiniydan solidar tartibda “Dok-1 Maks” va “Ambronol” dori vositalaridan zaharlanib, vafot etgan 68 nafar marhum va 4 nafar sogʻligʻi oʻta ogʻir ahvoldagi bolaning qonuniy vakillarining har biriga 1 000 000 000 soʻmdan, sogʻligʻining ahvoli qoniqarli boʻlgan 4 nafar bolaning qonuniy vakillarining har biriga 500 000 000 soʻmdan hamda sogʻligʻi yaxshilangan 8 nafar bolaning qonuniy vakillarining har biriga 200 000 000 soʻmdan maʼnaviy zarar undirilishi belgilandi.

Sudlanuvchi Sh. Shodmanovdan olgan pora miqdori qiymati – 881 814 000 soʻmni, sudlanuvchilar A. Azimov va N. Musayevdan solidar tartibda – 93 810 000 soʻmni davlat foydasiga undirish belgilandi.

Kanalga ulanish:
@uzauz
15.0K viewsedited  11:18
Ochish/sharhlash
2024-02-26 14:16:30
“Toshshahartransxizmat” AJning 5 nafar masʼuli ishdan olindi

Avvalroq “7-avtobus saroyi”ga biriktirilgan “Mercedes-Benz” rusumli 33-sonli avtobusda yongʻin sodir boʻlgani toʻgʻrisida xabar berilgan edi.

Mazkur holat va poytaxtda avtobuslar ishtirokidagi YTH koʻpayishi yuzasidan “Toshshahartransxizmat” AJ boshqaruvi raisi oʻrinbosari-bosh muhandis J.Mannopov, Idoralararo tezkor shtab boshligʻi B.Mamenov, DXX xodimlari boshchiligida tezkor yigʻilish tashkil etildi.

Qayd etilishicha, avtobuslarning texnik holatiga masʼul boʻlgan, ularning yoʻnalishga chiqish oldi texnik koʻrigini talab darajasida bajarmay, oʻz xizmat vazifasiga masʼuliyatsizlik bilan yondashgan xodimlarga keskin chora koʻrilib, 5 nafari ishdan boʻshatildi.

Kanalga ulanish:
@uzauz
13.8K views11:16
Ochish/sharhlash
2024-02-26 13:47:09
Farmagentlikning sobiq rahbari Sardor Kariyev 18 yil, uning oʻrinbosarlari boʻlgan Amirxon Azimov va Nodirbek Musayevga 16 yildan ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazolarni umumiy tartibli koloniyalarda oʻtash belgilandi.

Kanalga ulanish:
@uzauz
13.5K viewsedited  10:47
Ochish/sharhlash
2024-02-26 13:25:55 “Dok-1 maks ishi”: hindistonlik shaxs 20 yil ozodlikdan mahrum qilindi

Kanalga ulanish:
@uzauz
14.6K viewsedited  10:25
Ochish/sharhlash
2024-02-26 13:22:28
"Dok-1 maks ishi”: jinoyat ishi bilan bogʻliq yakuniy sud majlisi boshlandi

Toshkent shahar sudida  “Dok-1 maks ishi” bilan bogʻliq yakuniy sud majlisi boshlandi. 

Eslatib oʻtamiz, mazkur ish doirasida farmatsevtika sohasida faoliyat olib borgan 23 nafar shaxs sud oldida javob berdi.

Ular  Hindistonda ishlab chiqarilgan, tarkibida zaharli moddalar boʻlgan “Dok-1 maks” siropi va boshqa dori vositalarini yurtimizga olib kirgan hamda dorilar tarkibini tekshirishga masʼul boʻlgan shaxslardir.

Masʼul shaxslarning masʼuliyatsizligi ortidan mazkur dori vositalarini isteʼmol qilgan 86 nafar bola jabrlandi. Ulardan 68 nafari vafot etgan va 16 nafari ogʻir, 2 nafari yengil tan jarohati olgan.

2022-yilning kuz oylarida yuz bergan mazkur noxush voqea ortidan Davlat xavfsizlik xizmati jinoyat ishi qoʻzgʻatib, tergov harakatlarini olib bordi.

Sud majlisiga raislik qiluvchi Toshkent shahar sudining jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼati sudyasi Muso Yusupov sud qarorini oʻqib eshittirmoqda.

Kanalga ulanish:
@uzauz
14.6K views10:22
Ochish/sharhlash
2024-02-26 13:06:54 DXX: Bekobod tumanida kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish masʼullariga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi Departament bilan hamkorlikda olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida Bekobod tumanida qonunbuzilishi holati aniqlandi.

Xususan, Toshkent viloyati Bekobod tumani Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi boshligʻi N.J. va bosh hisobchisi E.Oʻ.lar tikuvchilikka ixtisoslashgan 3 ta MCHJ rahbarlari bilan oʻzaro til biriktirib, 2023-yilning oktyabr-dekabr oylarida Bekobod tumanida yashovchi 116 nafar fuqaroga goʻyoki kasanachilik faoliyatida zarur boʻladigan asbob-uskunalar yetkazib berilganligi toʻgʻrisida rasmiy hujjatlarga soxta maʼlumotlar kiritish yoʻli bilan 950 mln. 570 ming soʻm pul mablagʻini talon-toroj qilishgan.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Kanalga ulanish:
@uzauz
13.5K viewsedited  10:06
Ochish/sharhlash
2024-02-26 13:04:02
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻanni qutlugʻ 70 yoshga toʻlgani bilan dildan qutladi.

Kanalga ulanish:
@uzauz
13.0K views10:04
Ochish/sharhlash
2024-02-26 10:21:27
#TAYINLOV

Ohangaron shahriga yangi hokim tayinlandi

Rajabboyev Muzaffar Erkaboyevich Xalq deputatlari Ohangaron shahar Kengashining qarori bilan Ohangaron shahar hokimi etib tayinlandi.

M.Rajabboyev tayinlovga qadar, O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligida bo‘lim boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Kanalga ulanish:
@uzauz
14.7K views07:21
Ochish/sharhlash
2024-02-09 18:24:19
Шавкат Мирзиёев ва Александр Лукашенко “Амирсой” тоғ дам олиш масканига ташриф буюрдилар.

Жаҳон даражасидаги ҳар мавсумга мос ушбу мажмуага ташриф давомида давлат раҳбарлари спортчилар ва сайёҳлар учун яратилган шароитлар билан танишдилар, икки мамлакат ўртасидаги туризм алмашинувини кенгайтириш юзасидан фикр алмашдилар.

Президентлар самимий мулоқотни тоғ-чанғи трассасида давом эттириб, биргаликда чанғи учдилар.

Каналга уланиш:
@uzauz
12.7K views15:24
Ochish/sharhlash
2024-02-09 15:38:57
“Qatar Airways” Ўзбекистонга авиапарвозларни йўлга қўяди

“Qatar Airways” авиакомпанияси Доҳа-Тошкент-Доҳа йўналиши бўйича авиарейсларни йўлга қўяди. Илк парвоз 2024 йилнинг 2 июнь санасига режалаштирилган.

Йўловчи авиарейси ҳафтада тўрт марта — душанба, чоршанба, жума ва якшанба кунлари Airbus A320 ҳаво кемаларида амалга оширилади.

Каналга уланиш:
@uzauz
12.7K views12:38
Ochish/sharhlash