Get Mystery Box with random crypto!

Oliygoh hamda kollej va texnikumlarga qabul qilish imtihonlari | UzA | Tezkor xabarlar

Oliygoh hamda kollej va texnikumlarga qabul qilish imtihonlari “avval test, so‘ng tanlov” tamoyili asosida o‘tkaziladi.

Bunda:
— abiturientlar testni 1 marotaba topshiradi va to‘plagan bali bilan dastlab oliygohga, bali oliygohga yetmagan taqdirda, professional ta’lim tashkilotiga kirish uchun tanlovda ishtirok etadi;

oliygohlarga qabul jarayoni 2 bosqichda:
1-bosqich ro‘yxatdan o‘tish va test fanlarini tanlash;
2-bosqich oliygoh – test natijasi e’lon qilingandan so‘ng ta’lim yo‘nalishi va shaklini tanlash orqali amalga oshiriladi.

Amalda abituriyent ro‘yxatdan o‘tishda mos 5 tagacha oliygohni (yo‘nalishni) tanlaydi va ushbu oliygohlar (yo‘nalishlar) bo‘yicha tanlovda ishtirok etadi.

Kanalga ulanish:
@uzauz