Get Mystery Box with random crypto!

Bugun Toshkentda MDHga a’zo davlatlar bojxona xizmatlari rahba | UzA | Tezkor xabarlar

Bugun Toshkentda MDHga a’zo davlatlar bojxona xizmatlari rahbarlari Kengashining 78-majlisi bo‘lib o‘tdi.

Unda tomonlar tovar kelib chiqishiga doir sertifikatlarni raqamli shaklda almashishni yoʻlga qoʻyish, tovarlarning erkin harakatlanishidagi toʻsiqlar va cheklovlarni kamaytirish, yuk tranziti harakatini tezlashtirish, tovarlarni dastlabki deklaratsiyalashda zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish masalalarini muhokama qildi.

Shuningdek, kontrafakt tovarlarning transchegaraviy olib oʻtilishiga qarshi kurashishda hamda moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishda tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari tomonidan huquqbuzarliklarning oldini olish, aniqlash va ularga chek qoʻyishda oʻzaro axborot almashish amaliyotini kengaytirish ilgari surildi.

Majlis yakunida tegishli qaror imzolandi.

Kanalga ulanish:
@uzauz