Get Mystery Box with random crypto!

UzA | Tezkor xabarlar

Telegram kanalining logotibi uzauz — UzA | Tezkor xabarlar U
Telegram kanalining logotibi uzauz — UzA | Tezkor xabarlar
Kanal manzili: @uzauz
Toifalar: Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 33.98K
Kanalning ta’rifi

Ushbu kanalda O‘zbekiston Milliy axborot agentligining tezkor xabarlari berib boriladi
Asosiy telegram kanal: @uza_uz
Sayt: www.uza.uz
•facebook.com/uzauz
•instagram.com/uza.uz
•twitter.com/uzauz
•lotin yozuvida: @uzauzlot

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 3

2024-03-21 15:43:56
Prezident Shavkat Mirziyoyev: Yurtimiz tinch, xalqimiz omon boʻlsin! Navroʻzi olam barchamizga muborak boʻlsin!

Kanalga ulanish:
@uzauz
13.3K views12:43
Ochish/sharhlash
2024-03-21 15:17:31
"Raqamli avlod qizlari-2024": butun Respublika bo‘ylab IT sohasiga qiziquvchi qizlar jamlanmoqda!

25-29-mart kunlari “Raqamli avlod qizlari-2024” Respublika tanlovi bo'lib o'tadi.

Ushbu tadbir an'anaviy tarzda offlayn va onlayn shaklda o’tkaziladi:

Offlayn yo'nalishlar:
3D dizayn,
Raqamli dizayn,
Startup loyihalar,
Grafik dizayn.

Onlayn yo'nalishlar:
Python,
Sun'iy intellekt (AI),
Frontend (React.js),
Web dizayn,
Back-end (.Net),
Back-end (Go),
Mobile flutter.

Shoshiling!

Hoziroq ro'yxatdan o'ting va bizning jamoamizga qo‘shiling: https://qizlar.raqamliavlod.uz

Offlayn darslar uchun joylar cheklangan.

Darvoqe, “Raqamli avlod qizlari-2024” ning eng faol ishtirokchilari chet elga ta’lim sayohatini qo’lga kiritishlari mumkin.

Zamonamizning eng talabgir sohasini eng tajribali mentorlar ishtirokida biz bilan birgalikda o‘rganing!

Kanalga ulanish:
@uzauz
14.4K views12:17
Ochish/sharhlash
2024-03-21 11:13:18
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Navroʻz umumxalq bayramiga bagʻishlangan tantanali marosimdagi tabrik nutqi

Батафсил: https://uza.uz/posts/581611

Kanalga ulanish:
@uzauz
13.7K views08:13
Ochish/sharhlash
2024-03-20 10:38:15
Oʻzbekiston va Qirgʻiziston davlat chegarasida ikkita yashirin yerosti yoʻli aniqlandi

Davlat xavfsizlik xizmatining Andijon viloyat boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, Xonobod shahrining “A.Navoiy” MFY hududini Qirgʻiz Respublikasining Jalolobod viloyati Suzoq tumani Bekobod qishlogʻi bilan bogʻlovchi 2 ta yashirin yerosti yoʻli aniqlanib, ular orqali tovar-moddiy boyliklarni yurtimizga olib oʻtish bilan shugʻullangan Oʻzbekiston va Qirgʻiziston fuqarolaridan iborat transchegaraviy jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi.

Dastlab Qirgʻiz Respublikasi fuqarosi yerosti yoʻli orqali Oʻzbekistonga 16 ta qopda jami 813 dona mobil telefon vositalarini olib oʻtib, yurtimizdan esa 1 kg. 745 gr. oltin yombilari va zargarlik buyumlarini olib chiqib ketmoqchi boʻlgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olindi.

Tezkor tadbir davom ettirilib, uning Andijon shahridagi boshqa sheriklari aniqlandi hamda ularga tegishli 10 ta manzil koʻzdan kechirilganida, mazkur yerosti yoʻlaklari orqali olib oʻtilgan mobil telefon apparatlari, planshet, noutbuk va ularning aksessuarlari borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

Taʼkidlash lozimki, har ikki yer osti yoʻli 20 metr chuqurlikda joylashgan, kengligi 70-80 sm. ni, balandligi 170-180 sm, birinchisining uzunligi 350 metrni,  ikkinchisiniki esa 135 metrni tashkil qiladi.

Tezkor tadbir davomida, guruh aʼzolaridan dastlabki kiymati 11 mlrd. soʻmni tashkil qiluvchi jami 3813 dona turli mobil telefon apparatlari, 50 dona planshet, 97 dona noutbuk va 1000 donadan ortiq aksessuarlar, shuningdek 1 kg. 745 gr. oltin yombi va zargarlik buyumlari olindi.

Kanalga ulanish:
@uzauz
13.5K viewsedited  07:38
Ochish/sharhlash
2024-03-20 06:37:00
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Oʻzbekiston Qahramoni, Markaziy saylov komissiyasi raisi Zayniddin Nizomxoʻjayevga tavalludining 70 yilligi munosabati bilan “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvoni berildi.

Kanalga ulanish:
@uzauz
12.8K views03:37
Ochish/sharhlash
2024-03-19 12:13:45
Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Sergeli tumanidagi qariyb 76 gektar maydonda barpo etilayotgan “Yoshlar bog’i”ga tashrif buyurib, jamoatchilik vakillari bilan birga bahorgi daraxt ekish tadbirida ishtirok etdi.

Kanalga ulanish:
@uzauz
12.9K views09:13
Ochish/sharhlash
2024-03-15 09:03:06
Navro‘z bayramida o‘zbekistonliklar necha kun dam olishadi?

Joriy yilgi Navro‘z bayramida ish haftasining davomiyligidan qat’i nazar barcha xodimlar ketma-ket 4 kun dam olishadi.

21-mart — payshanba (Navro‘z bayrami);

22-mart — juma (barcha xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni);

23-mart — shanba (6 kunliklar uchun qo‘shimcha dam olish kuni);

24-mart — yakshanba (odatiy dam olish kuni).

Kanalga ulanish:
@uzauz
21.9K views06:03
Ochish/sharhlash
2024-03-09 12:47:47
DXX: 1 mlrd. so‘mlik tilla buyumni bojxona nazoratisiz olib o‘tmoqchi bo‘lgan jinoyatchilarga hukm o‘qildi

2023 yilning 24 iyul kuni “Namangan–Toshkent” yo‘nalishida harakatlanayotgan “Kobalt” rusumli avtomashina “Namangan” YPX maskanida to‘xtatilib, ko‘zdan kechirilgan. Natijada, unda yo‘lovchi sifatida ketayotgan, Namangan shahrida yashovchi, K.N.ning yonida 1 dona yarim tayyor zanjir holatidagi tilla taqinchoq borligi ma’lum bo‘ldi.
Shuningdek, mazkur yo‘nalishda harakatlanayotgan “Lasetti” rusumli avtomashina ham Pop tumani hududida to‘xtatilib, ko‘zdan kechirilganda, unda yo‘lovchi sifatida ketayotgan, Namangan shahrida yashovchi, G‘.O. ga tegishli 29 dona yarim tayyor zanjir ko‘rinishidagi tilla taqinchoqlar borligi aniqlandi.
Ma’lum bo‘lishicha, G‘.O. juda ko‘p miqdordagi quyma tilla mahsulotlarini notanish shaxslardan sotib olib, ularni zargarlarga zanjir ko‘rinishida yasattirgan.
O‘z navbatida K.N. ushbu tilla buyumlarni qonunga xilof ravishda bojxona nazoratini chetlab o‘tib, Toshkent xalqaro aeroporti orqali Hindiston davlatiga olib borib sotishni rejalashtirgan.
Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, mazkur 30 dona yarim tayyor holatdagi tilla taqinchoqlarning sof og‘irligi 1 kg. 516 gr. bo‘lib, qiymati 1 mlrd. 46 mln. so‘mga teng.
Chegara-bojxona postidagilarning e’tiborini tortmaslik maqsadida, 958 dan yuqori asllik darajasida bo‘lgan zanjir ko‘rinishidagi tilla taqinchoqlarga “916”, “22KR” asillik darajasi o‘rnatilgan.
Holat yuzasidan DXX Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasining Tergov bo‘limi tomonidan G‘.O. va K.N. ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Namangan shahar sudi tomonidan esa G‘.O. ga nisbatan 3 yil, K.N. ga nisbatan 2 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.

Kanalga ulanish:
@uzauz
14.3K views09:47
Ochish/sharhlash
2024-03-09 06:20:41 #ob_havo

Bugun respublika bo‘yicha yomgʻir yogʻadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida va Farg‘ona vodiysi hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-18 m/s gacha, ba’zida esa 22-24 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 11-16° iliq bo‘ladi.

Poytaxtimizda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 13-15° iliq bo‘ladi.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) boʻlishi mumkin. Qor ko‘chish xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 2-7° iliq bo‘ladi.

Kanalga ulanish:
@uzauz
12.8K viewsedited  03:20
Ochish/sharhlash
2024-03-08 11:06:36
#Tayinlov

Oybek Shaxavdinov O‘zbekistonning Vengriyadagi elchisi etib tayinlandi.

Bundan oldin u TIVning Yevropa mamlakatlari va Yevropa Ittifoqi institutlari bilan hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.

O.Shaxavdinov O‘zbekistonning qarorgohi Budapesht shahrida joylashgan Vengriyadagi birinchi elchisi sanaladi.

Kanalga ulanish:
@uzauz
13.0K views08:06
Ochish/sharhlash