Get Mystery Box with random crypto!

Xo‘sh, so‘rg‘ichlar gigiyenik jihatdan xavfli bo‘lsa, unda bos | Tibbiy sahifa 🩺

Xo‘sh, so‘rg‘ichlar gigiyenik jihatdan xavfli bo‘lsa, unda boshqa muqobil variant bormi?

Men yuqorida so‘rg‘ichlarni xavfini aytdim, lekin bugungi kunda hech kim bundan voz kechmaydi.

"O‘zini o‘zi tozalab turadigan" gigiyenik toza so‘rg‘ichlar yo‘q, albatta. Shunday ekan, onalar farzandiga berayotgan so‘rg‘ichlarni toza ekanini muntazam nazorat qilib borishga harakat qilishlari lozim.

Ba'zi shifokorlar kun davomida 3-4 ta so‘rg‘ich ishlatib, ishlatilgan so‘rg‘ichlarni suvda qaynatib qo‘yishni tavsiya qiladi. Lekin rezinadan tayyorlangan so‘rg‘ichlarni baland haroratda qaynatish ma'lum miqdorda ularning tarkibi buzilishiga sabab bo‘lishi ham mumkin.

Xulosa - bolangizga berayotgan so‘rg‘ichlar sonini ko'paytiring, har doim ularga toza so‘rg‘ich berishga odatlaning!

Tibbiy sahifa