Get Mystery Box with random crypto!

Gijja va bolalar! Bola 10-12 oylikdan yura boshlaydi va unin | Tibbiy sahifa 🩺

Gijja va bolalar!

Bola 10-12 oylikdan yura boshlaydi va uning "mustaqil sayohat qilish chegarasi" ortib boradi. Endi u tabiat bilan bevosita aloqada bo‘ladi.

Suv, tuproq, quyosh - umuman tabiat bilan uyg'un holda yashash, albatta, bolani chidamli qiladi. Lekin har narsani og‘ziga solib ko‘rishi unda kasalliklar rivojlanib borishiga sabab bo‘ladi.

O‘zbekiston sharoitida yuvilmagan qo‘llar, sabzavot, mevalar orqali bolalarga gijja kasalliklari yuqishi ko‘p uchraydi. So‘ngra ota-onalar uzoq muddat gijja bilan kurashishga harakat qilishadi. Shuning uchun kasallikni oldini olishga alohida e'tibor qaratish lozim.

Gijja kasalliklarini davolash haqida alohida post qilamiz.

Tibbiy sahifa