Get Mystery Box with random crypto!

Magnit bo‘ronlari haqidagi xabarlar jonga tegdi! Magnit bo‘r | Tibbiy sahifa 🩺

Magnit bo‘ronlari haqidagi xabarlar jonga tegdi!

Magnit bo‘ronlari – bu Quyosh faolligi ta’sirida yer magnit maydonining keskin o‘zgarishi. Odatda yurak-qon tomir, asab sohasining surunkali kasalliklariga ega insonlarda bu hodisa seziladi va bir qancha o‘zgarishlarga sabab bo‘ladi.

Ammo hozirgi kunda bir qancha telegram kanallari #diqqat, #tarqating degan sarlavhalar ostida magnit bo‘ronlari haqida vahimali xabarlar tarqatmoqda. Ularning asosiy maqsadi - o‘z kanallarini ko‘pchilikka tanitish.

Aslida esa vahimaning o‘zi - yarim kasallik degani. Vahima tarqalishi ortidan sog‘lom kishilar ham o‘zlarida holsizlik, bosh aylanishi kabilar kuzatilayotganini aytishmoqda.

Magnit bo‘ronlari 100 yil avval ham bo‘lgan. Yurak qon-tomir, asab tizimi kasalliklari bor insonlar ham vahima qilmasliklari, ko‘proq suv ichib, yog‘li ovqatlar iste'mol qilmasdan va muhimi, bunga bir tabiat hodisasi sifatida qaragan holda kunni o‘tkazishlari lozim.

Tibbiy sahifa