Get Mystery Box with random crypto!

Grijani dori va operatsiyasiz davolash mumkinmi? Bel churra | Tibbiy sahifa 🩺

Grijani dori va operatsiyasiz davolash mumkinmi?

Bel churrasi shu kunlarda eng keng tarqalgan kasallik. Va ko‘pchilik operatsiyadan qo‘rqqani tufayli buni chorasini boshqa taraflardan qidiradi.

Shunday odamlarga javobim: ha, grijani operatsiyasiz davolash mumkin. Ammo bir necha qaydlar bor.

1. Grijadan tezda qutulmoqchi bo‘lsangiz, operatsiya ma’qul
2. Grija operatsiyalari hozirgi kunda bir muncha yengil va asoratsiz amaliyotga aylangan.
3. Grijani operatsiyasiz davolash uzoq muddatni talab qiladi. Shunga iroda va qunt topa olasizmi?
4. Sog‘lom turmush tarzi va jismoniy mashqlarni uzluksiz bajara olasizmi?

Unda keyingi ikki bo‘lim orqali bemalol davolash mumkin. O‘rtacha 4-10 oyda grijani operatsiyasiz davolasa bo‘ladi.

Bunga tortilish, mashqlar, manual terapiya va kerakli ozuqalarni iste'mol qilish kiradi.

acramov

Tibbiy sahifa