Get Mystery Box with random crypto!

#Xushxabar #database Ilmiy ish natijalarining xalqaro e'tirof | TerDU rasmiy kanali

#Xushxabar #database

Ilmiy ish natijalarining xalqaro e'tirofi

Termiz davlat universiteti Kimyo fakulteti dekani, kimyo fanlari doktori, professor Xayit Xudaynazarovich To‘rayev va shogirdlari (G.Umirova, B.Alimnazarov, Sh.Kasimov, J.Ashurov, P.Tojiyev, J.Suyunov, Y.Nazarov) tomonidan aniqlangan birikmalarning struktura tuzilishlari Kembrij Strukturaviy ma’lumotlar bazasiga kiritildi.

Kembrij Strukturaviy ma’lumotlar banki 1965-yilda tashkil etilgan va past molekulyar og‘irlikdagi organik va organometall birikmalarning kristall strukturalarining butun dunyo bo‘ylab omboridir. Ma’lumotlar bazasida rentgen va neytron difraksion tahlillari natijasida aniqlangan milliondan ortiq birikmalar uchun atomlar koordinatalari, burchak va chiziqli atomlararo parametrlar haqidagi ma’lumotlar mavjud bo‘lib, bu uni butun dunyo olimlari uchun muhim manbaga aylantiradi. Ma’lumotlar bazasining har bir yozuvi bibliografik, kimyoviy va fizik xususiyatga ega bo‘lgan ma’lumotlar bilan to‘ldiriladi va bu orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri strukturaviy ma’lumotlar kengaytiriladi. Ma’lumotlar banki muntazam ravishda yangi birkmalarning rengent strukturaviy tuzilish bilan yangilanadi (hozir u yiliga 55 000 dan ortiq strukturani tashkil etadi) va mavjud yozuvlarni yaxshilaydi.

Kembrij Strukturaviy ma’lumotlar bazasi (CCD) har yili yangilanadigan Kembrij Strukturaviy ma’lumotlar bazasi bo‘lib, unda organik, organoelement va organometall birikmalarning kristal tuzilishi, shuningdek xizmatlar haqida ma’lumot mavjud. Har bir yangi sintez qilingan kimyoviy moddalarni rentgen va neytron difraksion tahlillari natijasida aniqlangan parametrlarni butun dunyo bo‘yicha solishtirish va uning yangiligini hamda depozit mualliflarini turli ilmiy jurnallarda maqolalarni chiqarishda ushbu moddalarni birinchilardan bo‘lib sintez va rengent strukturaviy analiz qilganligini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi

Bizni kuzatishda davom eting!

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt