Get Mystery Box with random crypto!

Korrupsiyasiz ta'lim tarafdorimiz Korrupsiya har qanday davla | TerDU rasmiy kanali

Korrupsiyasiz ta'lim tarafdorimiz

Korrupsiya har qanday davlat va jamiyatning siyosiy-iqtisodiy rivojlanishiga jiddiy putur yetkazadi, inson huquq va erkinliklarining poymol bo‘lishiga olib kеladi.

Shunday ekan, yosh avlodni ushbu illatga qarshi qilib tarbiyalash hamda korrupsion holatlarni oldini olish maqsadida Termiz davlat universiteti Sport faoliyati va boshqaruv fakultetida "Korrupsiyasiz ta'lim tarafdorimiz" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Unda TerDU Korrupsiyaga qarshi kurashish komplaens nazorat bo'limi boshlig'i F.Qodirov, bosh mutaxassis J.Normo'minov, universitet yoshlar ittifoqi yetakchisi I.Tolipov va fakultet dekani hamda sirtqi ta'lim talaba yoshlari ishtirok etishdi.

Davra suhbati davomida korrupsiya oʻta ogʻir jinoyat ekanligi, korrupsiya tizginlanmasa, taraqqiyot yoʻlida qilinayotgan islohotlar, oʻzgarishlar oʻz samarasini bermasligi va faqat halol mehnat orqali daromad topish lozimligi aytib o’tildi.

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt