Get Mystery Box with random crypto!

Termiz davlat universiteti talabalari onlayn tarzida o‘tkazilg | TerDU rasmiy kanali

Termiz davlat universiteti talabalari onlayn tarzida o‘tkazilgan qo‘shma majlisda ishtirok etishdi

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti huzuridagi Yuridik fanlarni rivojlantirish boʻyicha Muvofiqlashtiruvchi kengash va Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi huzuridagi Ilmiy-muvofiqlashtiruvchi kengashlarining qoʻshma majlisi boʻlib oʻtdi.

Mazkur qoʻshma majlisda Termiz davlat universitetining yuridik fakulteti dekani, professor-oʻqituvchilar, doktorantlar va talabalar onlayn tarzda ishtirok etishdi.

Qoʻshma Majlisni Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti huzuridagi Yuridik fanlarni rivojlantirish boʻyicha Muvofiqlashtiruvchi kengash raisi, akademik Akmal Saidov kirish soʻzi bilan ochib berdi. Unda Moskva davlat xalqaro munosabatlar universiteti professori Vladislav Tolstix “Markaziy Osiyoda xalqaro huquqiy siyosat” mavzusida maʼruza qildi.

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt