Get Mystery Box with random crypto!

OLIY TAʼLIM

Telegram kanalining logotibi talimz — OLIY TAʼLIM O
Telegram kanalining logotibi talimz — OLIY TAʼLIM
Kanal manzili: @talimz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 24.67K
Kanalning ta’rifi

✅ OLIY TAʼLIM
🔥Eng tezkor, Eng ishonchli, Eng yaxshi Taʼlim kanali! Trenddagi xabarlarni, sizga kerak barcha rasmiy yangiliklarni yoritamiz!
✨Reklama Xizmati: 👉 @Oliy_Talim_Reklamasi
📩 Xabar yuborish: @Bobby4948

Ratings & Reviews

4.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 4

2023-09-30 04:42:08
Vaqt judayam tez o‘tmoqda!

Bugun vaqt bo‘lmaydi, ertaga kuch bo‘lmaydi, indinga balki o‘zimiz bo‘lmasmiz...

Hech narsani ertaga qoldirmang. Hozirdan harakat qiling! Boshlang, vaqti allaqachon kelgan. Hozir kech emas. Hammasini uddalash mumkin!

Bizni kuzating
«OLIY TAʼLIM
20.1K views01:42
Ochish/sharhlash
2023-09-29 14:17:21 "Yoshlar daftari"ga kirganlarning o‘quv markazida o‘qish pullari to‘lab beriladi

Bunda daftarga kirgan yoshning ilm-fan, sport, madaniyat yo'nalishlarida o‘qishi uchun uzog‘i 6 oygacha, har oy 1 BHM — 330 ming so‘m to‘lab beriladi. Bunda mahalla yoshlar yetakchisining tavsiyasi kerak bo‘ladi.

Bundan tashqari, yoshlarga zamonaviy kasblarni egallashi, axborot texnologiyalarni o‘rganishi va ularni xorijiy tillarga o‘qitish bo‘yicha 6 oygacha, har oy 4 BHM — 1,3 mln so‘mgacha pul ajratiladi.

Kursda o‘qimoqchi bo‘lgan yosh o‘zi va o‘quv markazi o‘rtasidagi shartnomani taqdim etishi kerak.

Respublika bo‘yicha "Yoshlar daftari"ga kirganlar o‘qishi mumkin bo‘lgan o‘quv markazlari ro‘yxatlari mavjud. Undan hamma o‘z hududiga yaqinini topib tanishishi mumkin.

Ro‘yxat

Eslatma: 6 oygacha pul ajratilgach, bu muddatda subsidiya olayotgan shaxs o‘quv kursida o‘qishi kerak. Buni yoshlar yetakchisi tekshirib turadi.

Xabarni repetitorga borishga qiynalayotgan tanishlaringizga yuboring.


Bizni kuzating
«OLIY TAʼLIM
20.8K views11:17
Ochish/sharhlash
2023-09-29 05:02:34
Inson o‘ziga quvvat manbaini topishi kerak

Yaxshi ovqatlanish, salqin xonalarda uxlash - bular dam olishning bir turi xolos, lekin hammasi emas.

Meditatsiya va tafakkur: Bu stresni kamaytiradi, qalb va o‘z-o‘zini boshqarish qobiliyatini yaxshilaydi va umuman olganda ruhni qattiq qiladi.

Sevimli faoliyatlar: masalan, sevimli hobbi, musiqa tinglash, kitob o‘qish, rasm chizish va boshqalar. Bu faoliyatlar sizda xursandlik hissiyotini oshiradi.

Bog‘lanish: Do‘stlar, oila a’zolari yoki ruhiy mentorlar bilan bog‘lanish ruhni qo‘llab-quvvatlaydi. Ularning bilim va tajribalaridan foydalanish, qiziqishlaringizni baholash, maslahat olish va o‘z fikrlaringizni ularga taqdim etish sizning ruhingiz uchun muhimdir.


Bizni kuzating
«OLIY TAʼLIM
18.2K views02:02
Ochish/sharhlash
2023-09-28 22:07:30
#Жума_муборак

Жума муборак бўлсин ЯҚИНЛАРИМ


Азиз диндошим Жуманинг файзи ва барокати сизга бўлсин

Энг яқин инсоним кириб келган “Жума” куни муборак бўлсин.

ЯҚИНЛАРИНГИЗНИ БИРИНЧИЛАРДАН БЎЛИБ ТАБРИКЛАНГ


Bizni kuzating
«OLIY TAʼLIM
20.2K views19:07
Ochish/sharhlash
2023-09-28 11:43:03
Leksiyalardan foydali ma'lumotlarni olishning eng yaxshi 5 usuli

Ma'ruzada qatnashing va diqqatni o'qituvchiga qarating. Diqqat bilan tinglang, telefoningiz yoki boshqa narsalarga chalg'itmang.

O'qituvchi foydalanadigan asosiy tushuncha va kalit so'zlarga diqqat qiling, ularni yozib oling. Bu mavzuni yaxshiroq tushunishga va muhim ma'lumotlarni eslab qolishga yordam beradi.

Ma'ruzada qatnashing, biror narsa aniq bo'lmasa, savollar bering. Bu ma'lumotni aniqlashtirishga va mavzuni ko'proq tushunishga yordam beradi.

O'z bilim va tushunchangizni chuqurlashtirish uchun o'qituvchi taqdim etishi mumkin bo'lgan qo'shimcha materiallardan, masalan, taqdimotlar yoki maqolalardan foydalaning.

Ma'ruzadan keyin olingan bilimlarni mustahkamlash va muhim fikrlarni eslab qolish uchun materialni takrorlashni unutmang.


Bizni kuzating
«OLIY TAʼLIM
20.0K views08:43
Ochish/sharhlash
2023-09-27 18:50:59 #Qabul2023   #Kollej   #Texnikum
Birinchi kun natijalari e’lon qilindi

Ma’lumki, 2023-yil 26-sentabr kuni barcha hududlarda professional ta’lim muassasalari (kollej va texnikumlar) ga kirish test sinovlari boshlandi.

26-sentabr kuni 61 ta binoda ikki smenada o‘tkazilgan test sinovlarida jami 23 ming nafarga yaqin abituriyent ishtirok etdi.

26-sentabr kuni o‘tkazilgan test sinovi natijalari talabgorlarning shaxsiy kabinetida e’lon qilindi.

Test sinovida ishtirok etgan talabgorlar o‘z natijalarini my.uzbmb.uz sayti orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari mumkin.


Bizni kuzating
«OLIY TAʼLIM
20.2K viewsedited  15:50
Ochish/sharhlash
2023-09-27 14:33:02 Super-kontraktning qanday turlari bor?

talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlarga ro‘yxatdan o‘tishda tanlangan 5 ta yo'nalishdan istalgan birida o'qish;

ro‘yxatdan o‘tishda tanlangan 2-, 3-, 4- yoki 5-bakalavriat ta’lim yo‘nalishlaridan biriga talabalikka tavsiya etilgan, biroq to‘plagan bali tanlangan birinchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishida to‘lov-kontrakt asosidagi o‘tish balidan past bo‘lgan abituriyentlarga tanlangan birinchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishida o'qish imkoni bor.

Bunda, abituriyentlarning kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra to‘plagan ballari asos sifatida qabul qilinadi.

56,7 balldan kam to'plaganlarga belgilangan super-kontraktning 2 baravarini to'lab o'qish imkoni ham berilgan.

Eslatma: 15-oktyabrgacha super-kontraktni to‘laganlarga 10 foizlik chegirma beriladi.


Bizni kuzating
«OLIY TAʼLIM
20.4K views11:33
Ochish/sharhlash
2023-09-27 12:34:02
Xorazmning Tuproqqal'a tumanida yangi davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti foydalanishga topshirildi

Tuproqqal'a tumanining chekka hududida joylashgan "Hazorasp" mahallasida 13-son davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti mukammal ta'mirlanib, foydalanishga topshirildi.

Natijada tashkilot quvvati 90 o'rindan 120 o'ringa oshib, mahallaning 3-7 yoshdagi barcha bolajonlarini maktabgacha ta'limga qamrab olinishiga erishildi.

Ma'lumot uchun: Bugungi kunda Xorazm viloyatida 1 802 ta (363 ta davlat, 92 ta DXSH, 7 ta xususiy, 1 340 ta oilaviy) maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyat olib bormoqda. Viloyat bo'yicha 3-7 yoshgacha bo‘lgan bolalar soni 153 976 nafarni tashkil etib, ulardan 121 413 nafari (78.9 foiz) davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qamrab olingan. Shundan, 75 413 nafar tarbiyalanuvchilar davlat va 46 000 nafari nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qamrab olingan.

Bizni kuzating
«OLIY TAʼLIM
20.2K views09:34
Ochish/sharhlash
2023-09-27 12:14:32
Namangan xalqaro universitetida qabul jarayonlari davom etmoqda

Universitetda 8 ta yo'nalish bo'yicha kunduzgi, kechki va sirtqi ta'lim shakllari mavjud.

Kontrakt narxlari 9mlndan boshlanadi va to'rtga bo'lib to'lash imkoni mavjud.

420 ta Grant o'rniga ega.

DTMdan olgan balingiz bilan imtihonsiz talaba bo'lishingiz mumkin.

Shunday ekan imkoniyatni qo'ldan boy bermang!

Litsenziya bekor bo‘lmagan va ayni damda faol holatda.

O’qishga kirish va ko‘chirish uchun: qabul.namxu.uz

78-113-21-22   

Telegram | Instagram | web-sayt | Youtube
20.2K views09:14
Ochish/sharhlash
2023-09-26 13:46:21
Davlat xizmatlari markazlariga borib yotoqxonaga ariza berish mumkin

1-kurslar
yotoqxonaga arizani my.gov.uz orqali bepul elektron tarzda jo‘natishi mumkin.

Lekin agar buni qilishda qiynalayotgan bo‘lsangiz, o‘zingizga yaqin Davlat xizmatlari markaziga borib o‘sha yerda ariza topshirishingiz mumkin.

Eslatma: bu xizmat faqat 1-kurslar uchun. Katta kurs talabalari OTMga ariza yuboradi.

1-kurs talabalari, yotoqxonaga ariza topshirib bo‘ldingizmi?


Bizni kuzating
«OLIY TAʼLIM
20.1K views10:46
Ochish/sharhlash