Get Mystery Box with random crypto!

OLIY TAʼLIM

Telegram kanalining logotibi talimz — OLIY TAʼLIM O
Telegram kanalining logotibi talimz — OLIY TAʼLIM
Kanal manzili: @talimz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 35.67K
Kanalning ta’rifi

✅ OLIY TAʼLIM
🔥Eng tezkor, Eng ishonchli, Eng yaxshi Taʼlim kanali! Trenddagi xabarlarni, sizga kerak barcha rasmiy yangiliklarni yoritamiz!
✨Reklama Xizmati: 👉 @Oliy_Talim_Reklamasi
📩 Xabar yuborish: @Bobby4948

Ratings & Reviews

4.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 10

2023-09-04 09:32:34 1-kurs talabalari o‘qish uchun nimalar sotib olishi kerak?

O‘qishga kiyish uchun forma yoki klassik uslubdagi kiyim.

Kanselyariya buyumlaridan:

Qalam (rangli ixtiyoriy)
Daftar (5-6 dona)
Matnni belgilash uchun markerlar
Mavzularni yozib olish uchun kundalik
Fayllar
Qog'oz qisqichlari
Stapler
Oddiy qalam
Lineyka (foydali)

Yana har bir talabaga turli taqdimotlar qilish va uyga vazifalarni bajarish uchun kompyuter kerak bo‘ladi. Boshlanishiga bu ishlarni planshet yoki qotmaydigan telefonda qilib tursa ham bo‘ladi.

Yana nimalar kerak bo‘lishi hamma talabaning qayerda o‘qishiga qarab farqlanadi.

Sizga o'quv yilining birinchi kunida nimalar kerak bo'lyapti?


Bizni kuzating
«OLIY TAʼLIM »
20.2K views06:32
Ochish/sharhlash
2023-09-03 22:09:42 Bu yilgi narxlar e'lon qilindi

2023-yil terim mavsumida qo‘lda terilgan 1 kg. paxta uchun birinchi terimda 2100 so‘mdan, ikkinchi terimda 2600 so‘mdan kam bo‘lmagan miqdorda haq to‘lash belgilandi.

Ammo oddiy va super kontrakt narxlari e'lon qilinmadi haliyam


Bizni kuzating
«OLIY TAʼLIM »
20.2K views19:09
Ochish/sharhlash
2023-09-03 17:12:55 Kontraktni qachon to‘lash kerak

Kontraktning kamida 25 foizini 1-kurslar 15-sentyabrgacha (yoki Davlat qabul komissiyasi belgilagan muddatgacha);

2- va undan keyingi kurslar 1-oktyabrgacha (yoki OTM rahbariyati uzaytirgan muddatgacha);

Kontraktning kamida 50 foizi 1-yanvargacha, 75 foizi 1-aprelgacha va 100 foizi 1-iyulgacha (yoki OTM rahbariyati uzaytirgan muddatlargacha) to‘lanishi kerak.

Xorijiy fuqarolar OTM rahbariyati belgilagan muddatlargacha to‘lab bo‘lishi kerak.

Eslatma: yangi o‘quv yili uchun kontrakt miqdori hali tasdiqlanmadi.


Bizni kuzating
«OLIY TAʼLIM »
20.1K views14:12
Ochish/sharhlash
2023-09-03 15:03:46
#eslatma
Ertaga, 4-sentyabrdan barcha talabalar uchun dars jarayonlari boshlanadi

Yuqoridagi rasmda metro bekatlariga yaqin joylashgan 31 ta OTMda dars jarayonining boshlanish vaqti aks etgan.

Ushbu jadval Toshkent shahar metropolitenida yoʻlovchi oqimini toʻgʻri taqsimlash, talabalarning oʻz vaqtida dars mashgʻulotlariga yetib borishlariga qulaylik yaratish maqsadida ishlab chiqilgan.


Bizni kuzating
«OLIY TAʼLIM »
21.0K views12:03
Ochish/sharhlash
2023-09-03 09:50:16Farzandlarining ta'limi uchun yo'naltirilgan to‘lovlar soliqqa solinmaydi. Yoshning ahamiyati yo'qolmoqda!

Prezident farmoniga ko‘ra, 2023-yil 1-avgustdan boshlab soliq to‘lovchilar tomonidan yoshidan qatʼi nazar farzandlarining O‘zbekiston Respublikasi taʼlim tashkilotlarida taʼlim olishlari uchun yo‘naltiriladigan to‘lovlar soliq solinmaydigan daromadlar toifasiga kiritiladi.

Bu nima degani?

Amaldagi tartibga ko‘ra, ota-onalar o‘zlarining 26 yoshga to‘lmagan farzandlarining kontraktlari uchun pul to‘laganda, to‘langan qismidan 12 foizlik daromad solig‘i hisoblanmasdi va qaytarib berilar edi.

Ana endi 1-avgustdan boshlab mana shu qoidadagi yosh cheklovi olib tashlanmoqda. Endi 30 yosh bo‘ladimi, 35 yosh bo‘ladimi, farqi yo‘q, farzandining kontrakti uchun to‘langan summaga daromad solig‘i hisoblanmaydi.


Bizni kuzating
«OLIY TAʼLIM »
20.6K views06:50
Ochish/sharhlash
2023-09-02 18:55:45 Hamma 1-kurslarga 2 oylik kvartira ijara puli davlat tomonidan to'lab beriladi

1-bosqich kunduzgi taʼlim shakliga
qabul qilingan talabalar ijara xonadonida turganda ularga ham ijara summasining bir qismi to‘lab beriladi.

Bunda 1-bosqich talabalaridan sentyabr va oktyabr oylari uchun ijara shartnomasi talab etilmaydi.

Toshkent shahrida –BHMning 1 baravari — 330 ming so‘m;
Qolgan hududlarda
– BHMning yarim baravari — 165 ming so‘m.

330 ming ham yomon emas-a?



Bizni kuzating
«OLIY TAʼLIM »
21.6K views15:55
Ochish/sharhlash
2023-09-02 15:53:56 Ayrim talabalarga konraktining 50 foizi toʻlab beriladi: imtiyozdan foydalanish haqida 5 ta muhim maʼlumot

“Temir daftar”ga kiritilgan oilalar farzandlari hamda “Yoshlar daftariga” kiritilgan yoshlarga kontrakt pulining bir qismi qoplab beriladi. Kontraktning qancha qismi toʻlab beriladi? Imtiyoz qaysi OTMlarda amal qiladi? “Super kontrakt” ham toʻlab beriladimi? Qayerga murojaat qilish kerak? hudud24.uz quyidagi maqolada ushbu imtiyozdan foydalanish tartibini tushuntiradi.

Xususiy universitetda oʻqiyotganlarga ham imtiyoz beriladimi?

Ha, “Temir daftar”ga kiritilgan oilalar farzandlari hamda “Yoshlar daftariga” kiritilgan yoshlar Oʻzbekistondagi har qanday, shu jumladan davlat, xususiy, xorijiy OTMlarda, texikum, kollejlarda oʻqiyotgan boʻlsa, kontrakt boʻyicha imtiyozdan foydalanishi mumkin.

Bundan tashqari, mazkur imtiyoz faqat bakalavr emas, magistratura bosqichida oʻqiyotganlarga ham beriladi. Bunda bakalavriatning kunduzgi, sirtqi va kechki shakli, magistraturaning faqat kunduzgi yoʻnalishi boʻlishi kerak.

Kontraktning qancha qismi qoplab beriladi?

Kontraktning 50 foizigacha qismi, biroq BHMning 50 baravaridan oshmagan miqdorda qoplab beriladi.

Masalan, talaba A ning kontarkt summasi 40 mln soʻm, uning kontrakti yarmi 20 mln soʻm boʻladi, lekin unga 20 mln soʻm emas BHMning 50 baravarigacha qismi qoplab beriladi, yaʼni 16 mln 500 ming soʻmgacha.

Talaba B ning kontrakti 20 mln soʻm, uning kontrakti yarmi 10 mln soʻm va uning kontrakti BHMning 50 baravaridan oshmaganligi uchun mana shu 10 mln soʻm toʻliq qoplab beriladi.

“Super kontrakt” ham toʻlab beriladimi?

Yoʻq, “super” kontraktda yoki ikkinchi mutaxassislikda oʻqiyotganlarga ushbu imtiyoz qoʻllanilmaydi.

Kimga murojaat qilish kerak?

Kontrakt “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi hisobidan toʻlab beriladi. Jamgʻarma tuman (shahar)larda hokim boshchiligidagi Vasiylik kengashi tomonidan boshqariladi. Kengashning ishchi organi esa tuman (shahar) yoshlar ishlari boʻlimi hisoblanadi.

Shu sababli ariza yoshlar ishlari boʻlimiga beriladi.

Arizaga OTM bergan kontrakt nusxasi ilova qilinishi kerak.

Ariza berishning aniq muddati yoʻq, istalgan vaqtda berish mumkin.

Ariza qancha vaqtda koʻrib chiqiladi?

Ariza berishdan avval, mahalladagi yoshlar yetakchisi bilan maslahatlashing va uni xabardor qilganingiz maʼqul.

Sababi Siz ariza berganingizdan soʻng 3 ish kunida arizangiz siz yashayotgan mahalladagi yoshlar yetakchisiga koʻrib chiqish uchun yuboradi.

Yoshlar yetakchisi 5 ish kunida kontraktni qoplash haqidagi tavsiyanoma yoki rad etish toʻgʻrisidagi xabarnoma yuboradi. Tavsiyanoma berish rad etilsa, u asoslantirilgan boʻlishi shart.

Yoshlar yetakchisi arizani 5 ish kunida koʻrib chiqmasa yoki tavsiyanoma berishni asossiz rad etsa, Vasiylik kengashi oʻz tashabbusi bilan kontrakt pulini oʻtkazib berishi mumkin.

Vasiylik kengashi kontraktni qoplash haqida qaror qabul qilingandan soʻng 3 ish kunida uni OTM hisob raqamiga oʻtkazib beradi.

Shunda jami 11 ish kunida ariza koʻrib chiqilishi kerak.

Arizani koʻrib chiqish natijasidan yoki qaysidur mansabdor, yoshlar yetakchisining harakatidan norozi boʻlsangiz hech ikkilanmay sudga, prokuratura, adliya organlariga murojaat qiling.



Bizni kuzating
«OLIY TAʼLIM »
20.8K views12:53
Ochish/sharhlash
2023-09-02 10:04:45 Nodavlat oliygoh talabalariga ham ijara puli qoplab beriladimi?

Vazirlar Mahkamasining 24.09.2021-yildagi 605-sonli qarorida — davlat oliy ta’lim muassasalarining faqat kunduzgi ta’lim shaklida, davlat granti yoki to‘lov-kontrakt asosida tahsil oladigan va ijara huquqi asosida yashaydigan barcha talabalarga oylik ijara to‘lovining bir qismini belgilangan mezonlar asosida Davlat budjeti hisobidan qoplab berish ko‘zda tutilgan.


Bizni kuzating
«OLIY TAʼLIM »
20.7K views07:04
Ochish/sharhlash
2023-09-02 00:57:43
Бугун, 2-сентябрь Ўзбекистоннинг биринчи Президенти Ислом Каримовни хотирлаш куни.

Бугун биринчи Президентимиз вафот этганларига 7 йил бўлди.


Bizni kuzating
«OLIY TAʼLIM »
21.7K views21:57
Ochish/sharhlash
2023-09-01 14:18:58 Hokimliklar talaba qizlarning kontraktini to‘lab berishi kerak. Kimlarniki to‘lanadi?

Har yili har bir viloyatdan jami 150 nafar xotin-qizlar kontrakti to‘lab beriladi. Ularning 40 tasi 1-kurs uchun, 100 tasi 2- va undan yuqori kurs bo‘lishi kerak.

Qaysi toifadagi qizlar?

“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”da kam ta’minlangan deb e’tirof etilgan oilalardagi xotin-qizlar;
yetim yoki ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan talaba xotin-qizlar;
boquvchisini yo‘qotgan (turmush o‘rtog‘i vafot etgan), voyaga yetmagan farzandlarni yolg‘iz tarbiyalayotgan ehtiyojmand ayollar.

Shu toifaga kirsa ham, lekin:

ikkinchi mutaxassislikda;
O‘zbekistondagi xorijiy, xususiy OTMlarda o‘qiyotgan xotin-qizlarning kontrakti to‘lab berilmaydi.

ESLATMA: 2022-2023 o'quv yilidagi KIRISH BALLARI qancha ekanligini @Kirish_Ballari_uzbot orqali bilib olishingiz mumkin.


Bizni kuzating
«OLIY TAʼLIM »
20.8K views11:18
Ochish/sharhlash