Get Mystery Box with random crypto!

OLIY TAʼLIM

Telegram kanalining logotibi talimz — OLIY TAʼLIM O
Telegram kanalining logotibi talimz — OLIY TAʼLIM
Kanal manzili: @talimz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 35.67K
Kanalning ta’rifi

✅ OLIY TAʼLIM
🔥Eng tezkor, Eng ishonchli, Eng yaxshi Taʼlim kanali! Trenddagi xabarlarni, sizga kerak barcha rasmiy yangiliklarni yoritamiz!
✨Reklama Xizmati: 👉 @Oliy_Talim_Reklamasi
📩 Xabar yuborish: @Bobby4948

Ratings & Reviews

4.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 22

2023-05-11 22:08:02
Яратган етказган Жума айёми муборак азизлар!

Ер юзи сокиндир, тонглар бошқача,
Бу кунда покланар қари-ёшгача.
Ижобат бўлгайдир ҳар эзгу тилак,
Азизлар барчага Жума муборак.

Улуғ кунда сўранг не бўлса керак!
Нолаларингиз йиғади фалак.
Аллоҳ рози бўлсин сиздан диндошим,
Жума айёмингиз бўлсин муборак!


https://t.me/Talimz
15.5K views19:08
Ochish/sharhlash
2023-05-11 09:27:02
Talabalar uchun 5 ta qoida:

1-qoida: domla doimo haq
2-qoida: agar domla nohaq bo'lsa birinchi qoidaga qaralsin
3-qoida: siz 4 ta fanni domlalar istagan narxda yoping shunda 5-fanni o'zingiz xohlagan narxda yopib berishadi
4-qoida: domlalar bilan hech qachon ovqatlanmang , aks holda och qolishingiz mumkin
5-qoida: sessiyagacha o'qishdan ko'ra, ko'proq pul ishlab topish haqida o'ylang shunda yaxshi baholarga yopish ehtimolingiz yuqoriroq bo'ladi.

https://t.me/Talimz
12.0K views06:27
Ochish/sharhlash
2023-05-10 12:03:02 Talabalar uchun xushxabar!

Prezident farmoniga ko‘ra, 2023-yil 1-avgustdan boshlab soliq to‘lovchilar tomonidan yoshidan qatʼi nazar farzandlarining O‘zbekiston Respublikasi taʼlim tashkilotlarida taʼlim olishlari uchun yo‘naltiriladigan to‘lovlar soliq solinmaydigan daromadlar toifasiga kiritiladi.

Bu nima degani?

Amaldagi tartibga ko‘ra, ota-onalar o‘zlarining 26 yoshga to‘lmagan farzandlarining kontraktlari uchun pul to‘laganda, to‘langan qismidan 12 foizlik daromad solig‘i hisoblanmasdi va qaytarib berilar edi.

Ana endi 1-avgustdan boshlab mana shu qoidadagi yosh cheklovi olib tashlanmoqda. Endi 30 yosh bo‘ladimi, 35 yosh bo‘ladimi, farqi yo‘q, farzandining kontrakti uchun to‘langan summaga daromad solig‘i hisoblanmaydi.

Kontrakt to‘langanda 12% daromad solig‘i qaytarilishi bo‘yicha batafsil bu yerda tushuntirganman.


https://t.me/Talimz
16.3K views09:03
Ochish/sharhlash
2023-05-09 17:40:02
O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ayrim javoblar:

“Perevod”da hech qanaqa imtiyoz, tavsiyanoma, maqsadli qabul degan narsalar yo‘q va o‘tmaydi;

“Perevod”da 5 ta yo‘nalish tanlash degan narsa yo‘q, faqat bittasi tanlanadi;

Xorijdan va O‘zbekistondagi nodavlat OTMlardan davlat OTMga “perevod” qilishning o‘tish ballari yuqorida ko‘rsatilgan;

Xorijdan va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirishda kvota yo‘q, ya’ni kim mana shu o‘tish ballaridan o‘tkaza olsa, nechta bo‘lishidan qat’i nazar o‘shalarga “perevod” qilish huquqi beriladi. Boshqacha aytganda “perevod”chilar bir-biriga raqobatchi emas, ular faqat o‘z bilimi bilan kurashadi xolos.

https://t.me/Talimz
26.5K views14:40
Ochish/sharhlash
2023-05-08 22:27:02
9-Май – Хотира ва қадрлаш куни...

Яқинларимизни эслаб қўямиз!

https://t.me/Talimz
22.6K views19:27
Ochish/sharhlash
2023-05-08 12:57:02
#ДИҚҚАТ

САЙЛОВ КУНИ 9-ИЮЛЬ

Ўзбекистон Республикаси Президентининг фармонига мувофиқ, муддатидан илгари Ўзбекистон Республикаси Президенти сайлови 2023 йил 9 июль кунига тайинланди.

https://t.me/Talimz
16.3K views09:57
Ochish/sharhlash