Get Mystery Box with random crypto!

OLIY TAʼLIM

Telegram kanalining logotibi talimz — OLIY TAʼLIM O
Telegram kanalining logotibi talimz — OLIY TAʼLIM
Kanal manzili: @talimz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 35.67K
Kanalning ta’rifi

✅ OLIY TAʼLIM
🔥Eng tezkor, Eng ishonchli, Eng yaxshi Taʼlim kanali! Trenddagi xabarlarni, sizga kerak barcha rasmiy yangiliklarni yoritamiz!
✨Reklama Xizmati: 👉 @Oliy_Talim_Reklamasi
📩 Xabar yuborish: @Bobby4948

Ratings & Reviews

4.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 7

2023-09-17 16:22:30 Ishyoqmas, tekintomoq, dangasa talabalar uchun 7 qoida:

1 — Yotadigan krovatingni oʻzingni sevganingdek sev.⠀
2 — Kimdir dam olayotganini koʻrsang, albatta, yordamga oshiq.⠀
3 — Kitob - muqaddas narsa, unga tega koʻrma!⠀
4 — Qaysidir ishni ertaga qoldirish mumkin boʻlsa, uni aslo bugun bajarma!
5 — Ishlaganlar sogʻlom boʻladi, deyishadi, demak, bemorlarga ish qoldirish kerak, ular sogʻayishsin.⠀
6 — Toʻsatdan o‘qiging kelib qolsa, shoshilma. Chuqur nafas ol, oʻtib ketadi.⠀
7 — Aslo unutma, o‘qish baribir tugamaydi!!!⠀
Albatta bularga amal qiling! Qo‘shimchalar bo'lsa to‘ldirishingiz mumkin..


Bizni kuzating
«OLIY TAʼLIM
20.6K views13:22
Ochish/sharhlash
2023-09-16 04:02:38
Nima uchun tongda ertaroq uyg‘onish kerak?

Har kuni bir vaqtda erta uyg‘onish tananing yorug‘likka reaksiyasini bir xillashtiradi: uyg‘onish ham, uxlash ham oson bo‘ladi.

Erta tongda turishga odatlangan odamning samaradorligi ham yuqori bo‘ladi. Sababi tongda uyg‘oqlikni ta’minlovchi kortizol gormoni pikka yetadi va odam o‘zini tetik his qiladi. Kun peshinga og‘gani sayin bu gormon darajasi ham tushib boradi.

Erta uyg‘onish insonning surunkali kasalliklarga chalinish xavfini kamaytiradi. Tadqiqotlar sahar uyg‘onadigan kishilar kunning shu qismida ko‘proq faol bo‘lishlarini, bu esa turli surunkali kasalliklarga chalinishga moyillikni pasaytirishini aniqlagan.

Inson erta uyg‘onsa va buni odatga aylantirsa, ruhiy salomatligi ham joyida bo‘ladi. Depressiya, tushkunlikka tushish xavfi kamayadi. Sababi depressiyani davolashning ko'plab usullaridan biri bu tabiiy yorug'lik va qorong'u davrlarga mos keladigan uyqu rejimini o'rnatishdir

Siz esa haliyam uxlayapsizmi? Axir bu foydali postni o‘qish uchun ham tezroq uyg‘onish kerak.


Bizni kuzating
«OLIY TAʼLIM
20.4K views01:02
Ochish/sharhlash
2023-09-15 15:18:01 Stipendiyali kontrakt qanaqa bo‘ladi?

Joriy yil 2023/24-o‘quv yili uchun kontrakt miqdorlari oshirilmasligi eʼlon qilindi. Kontraktlar jadvalida bazaviy yaʼni stipendiyasiz miqdorlar ko‘rsatilgan. Yaʼni ushbu miqdordagi kontrakt to‘lagan talabalarga stipendiya berilmaydi.

Kontraktdagilar ham stipendiya olish uchun nima qilish kerak?

Buning uchun 12 oylik stipendiya pulini ham kontraktga qo‘shib to‘lash kerak.

Masalan, hozirda bir oylik stipendiya 517 ming 880 so‘m. Buni 12 oyga ko‘paytirsak, 6 mln 214 ming 560 so‘m bo‘ladi.

Talabaning 1 yillik bazaviy kontrakti 6 mln 412 ming 610 so‘m deb tasavvur qilaylik. Shunda agar talaba har oy stipendiya olishni istasa, unda 12 mln 627 ming 170 so‘m kontrakt to‘lashi kerak bo‘ladi.

Shunda o‘zi to‘lagan pulni har oy bo‘lib-bo‘lib stipendiya shaklida qaytarib oladi.

Bu oddiy holatda unchalik ham manfaatli taklif emas, lekin ayrimlarda hozir imkon bo‘lsa, stipendiyali shaklda to‘lab qo‘ygani yaxshi. Bundan tashqari ishxonasidagi oylikdan to‘laydiganlar ham stipendiyali qilib o‘tkazsa, soliq imtiyozidan 1 yilda 745 ming so‘m qo'shimcha foyda qiladi.

Bundan tashqari taʼlim krediti olganda ham stipendiyali kontraktga shartnoma olish variantini ko‘rib chiqish mumkin. Ayniqsa qizlarda bu yana-da foydali bo‘ladi, chunki ularga foizsiz kredit beriladi.

ESLATMA: 2022-2023 o'quv yilidagi KIRISH BALLARI qancha ekanligini @Imtihon_Ballari_bot orqali bilib olishingiz mumkin.



Bizni kuzating
«OLIY TAʼLIM
20.0K views12:18
Ochish/sharhlash
2023-09-15 14:18:26 ​​Birinchi kurs talabalariga tegishli

Koʻpchilik talaba boʻlish baxtiga muyassar boʻlgandan keyin oradan vaqt oʻtib, talabalikka erishish uchun qilgan harakatlarini, uyqusiz tunlarini sekin-asta unuta boshlaydi.

Talaba boʻlishni qanchalik orzu qilganini, bunga erishish uchun nimalarga tayyor boʻlganini unuta boshlaydi.

Oliygohga birinchi qadam bosgan kundagi hayajonlar unutiladi. Goʻyoki, talabalikka shunday erishib qolganday, koʻnikish boshlanadi.

Darslarga tayyorgarlik sustlashadi. „Krutoy“ oʻrtoqlar paydo boʻladi. Ularga qoʻshilib, ora-sira darsdan qochishlar boshlanadi. Oʻqituvchilar yoqmay boshlaydi. Bir amallab baholarni olib, sessiyalarni yopib, diplomni olishni oʻylab qoladi.

Natijada, diplomdan boshqa hech narsasi yoʻq kadrga aylanib, institutni bitiradi.

Bugun birinchi oʻqish kuni tugadi.

Hurmatli birinchi kurs talabalari!

Siz nima uchun oʻqishga kirdingiz? Maqsadingiz nima? Kim boʻlmoqchisiz? Shularni hozir aniq bilasiz-a? Javob chiqqanda naqadar hursand boʻlganingizni hali unutmagandirsiz? Atrofingizda qancha tengdoshingiz bu baxtga erisha olmay qolganini koʻryapsizmi?

Siz bu baxtga erishdingiz! Oliygohni bitirib olguncha shu narsani unutmang! 4 yil umringizni qadrlang! Vaqtingizni ilmga sarflang!

Bu gaplarni oliygohni bitirib olganlar doim takrorlaydi. „Endi tushundim, qani endi hozir vaqtim boʻlsa, rosa kitob oʻqirdim!“, deydi. Lekin, vaqti yoʻq!

Sizda vaqt bor! Qilishingiz kerak boʻlgan ish ham shu! Kitob oʻqing, bilim oʻzlashtiring, oliygoh bilim berish darajasi qoniqtirmasa, qoʻshimcha kitoblar olib oʻqiyvering.

Mehnat bozoriga yetuk, qimmat kadr boʻlib chiqing! Shunda sizni orqangizdan ish beruvchilar yuradi, takliflar koʻp boʻladi. Tanlab-tanlab ishlaysiz! Vaqtida ilmni egallaganingiz uchun tez oʻsasiz, koʻp natijaga erisha olasiz!

Talabalik bilan tabriklaymiz! Institutni bitirguncha umringizni samarali oʻtkazishingizni tilab qolamiz.


Bizni kuzating
«OLIY TAʼLIM
20.0K views11:18
Ochish/sharhlash
2023-09-14 22:04:47
АССАЛОМУ АЛАЙКУМ ЖУМА МУБОРАК БЎЛСИН! ЯҚИНЛАРИМ

Яхши амал жаннатга йўлак,
Савобларнинг совғаси бўлак.
Чин юракдан билдирай тилак,
ЖУМА АЙЁМИНГИЗ БЎЛСИН МУБОРАК!

Бу кунда Аллоҳ дуоларимизни ижобат, фарзандларимизга салоҳият, ибодатларимизга гўзаллик, ризқимизга барака берсин! Аллоҳнинг паноҳида бўлинг!

ЖУМА МУБОРАК!

Яқинларга улашиб қўями
з


Bizni kuzating
«OLIY TAʼLIM
20.0K views19:04
Ochish/sharhlash
2023-09-14 15:08:12
Talabalardan ham ingliz tili o‘qituvchisi bo‘lib ishga kirishda B2 sertifikati so‘raladimi?

Hukumat qaroriga ko‘ra, endi B2 sertifikati bo‘lmasa, chet tili o‘qituvchilari maktablarga ishga olinmaydi.

Bu talab — barcha ingliz tili o‘qituvchisi bo‘lishni xohlagan talabgorlar uchun. Unda talaba-o‘qituvchilar haqida alohida qayd etilmagan.

Ya’ni talabalardan ham, oliy ta’limni tugatgan mutaxassislardan ham B2 sertifikat talab qilinadi.

Siz yoki biror tanishingizdan ishga kirishda sertifikat so‘raldimi?

Bizni kuzating
«OLIY TAʼLIM
20.1K viewsedited  12:08
Ochish/sharhlash
2023-09-14 09:06:24
"Yoshlar daftari"ga kirganlarning "prava"ga o‘qish puli to‘lab beriladi

Qonunchilikka ko‘ra, daftardagi yoshlarning avtomaktabda o‘qish xarajatlari qoplanadi. Bu miqdor — BHMning 4 baravarigacha, 1 mln 320 ming so‘mgachani tashkil qiladi.

Buning uchun avtomaktabda o‘qishni istagan yoshlar tuman (shahar) yoshlar ishlari bo‘limiga ariza hamda o‘quv kursi shartnomasi nusxasini beradi.

Shartnomada ta’lim tashkiloti nomi, STIR, o‘quv kursi yoki kasb-hunar nomi, bir oylik to‘lov miqdori va umumiy muddat ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim.

O‘qish pulini qoplab berish-bermaslik haqida o‘rtacha 8 kun ichida javob beriladi.

Bizni kuzating
«OLIY TAʼLIM
20.1K views06:06
Ochish/sharhlash
2023-09-14 07:12:01
O‘tgan narsaga qayg‘urishni to‘xtating

O‘tib ketgan ishlarga, qilgan xatolaringizga xadeb qayg‘uravermang. Siz "baxtiyor bo‘lmoqchi" edingiz xolos, bu ayb emas.

Endi kelajakka jiddiy boqing, o‘tib ketgan ishlardan qayg‘urmasdan saboq oling, oqil bo‘ling. "Bugungi kun omadsiz keldi, yomon o‘tdi" degani, "Hayot yomon", degani emas.

Hali xammasi yaxshi bo‘ladi ishoning. Yashashni yosh boladan o‘rganing. Hech sababsiz tabassum qiladilar. Yiqilsalar darhol o‘rnidan turib ketadilar. Bir narsani hoxlasa yetishmaguncha qo‘ymaydilar. Urishib, koyisangiz ham, xafa bo‘lib, gina qilishni bilmaydilar.

Boshqacha bo‘lishi mumkin ham emas.
TABASSUM QILING
!

Bizni kuzating
«OLIY TAʼLIM
20.1K views04:12
Ochish/sharhlash
2023-09-12 12:33:18 Rasman: endi ehtiyoj yuqori bo‘lgan yo‘nalishlarga to‘liq grant kvota ajratiladi

Prezident farmoni bilan"O‘zbekiston — 2030" strategiyasi tasdiqlandi.

Unda:
ehtiyoj yuqori bo‘lgan yo‘nalishlar va olis hududlardagi abituriyentlar uchun pedagogik ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha to‘liq davlat granti asosida kvota ajratish;

120 ming o‘rinli o‘quv binosi, 150 ming o‘rinli yotoqxona qurish;

har yili 500 nafar yoshni chet elga o‘qishga yuborish qayd etilgan.

Bizni kuzating
«OLIY TAʼLIM
19.1K views09:33
Ochish/sharhlash
2023-09-11 21:19:59 Rasman: Super-kontraktning bir qancha turlariga ruxsat berildi

talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlarga ro‘yxatdan o‘tishda tanlangan barcha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlaridan birida tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish imkoniyati;

ro‘yxatdan o‘tishda tanlangan 2-, 3-, 4- yoki 5-bakalavriat ta’lim yo‘nalishlaridan biriga talabalikka tavsiya etilgan, biroq to‘plagan bali tanlangan birinchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishida to‘lov-kontrakt asosidagi o‘tish balidan past bo‘lgan abituriyentlarga tanlangan birinchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish imkoniyati berildi.

Bunda, abituriyentlarning kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra to‘plagan ballari asos sifatida qabul qilinadi.

Eslatma: belgilangan tartibga ko‘ra, kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra, belgilangan minimal o‘tish balidan (56,7 balldan) kam ball to‘plagan abituriyentlarga ham1-o‘quv yiliga muayyan ta’lim yo‘nalishi uchun belgilangan tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdorining 2 barobariga teng to‘lovni amalga oshirish sharti bilan o‘qishga kirish huquqi beriladi.

Bizni kuzating
«OLIY TAʼLIM
20.6K views18:19
Ochish/sharhlash