Get Mystery Box with random crypto!

OLIY TAʼLIM

Telegram kanalining logotibi talimz — OLIY TAʼLIM O
Telegram kanalining logotibi talimz — OLIY TAʼLIM
Kanal manzili: @talimz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 35.67K
Kanalning ta’rifi

✅ OLIY TAʼLIM
🔥Eng tezkor, Eng ishonchli, Eng yaxshi Taʼlim kanali! Trenddagi xabarlarni, sizga kerak barcha rasmiy yangiliklarni yoritamiz!
✨Reklama Xizmati: 👉 @Oliy_Talim_Reklamasi
📩 Xabar yuborish: @Bobby4948

Ratings & Reviews

4.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 8

2023-09-11 18:53:40 Super-kontraktda o‘qiganlardan odam chiqmaydimi?

Ijtimoiy tarmoqlarda doim super-kontrakt mavzusi muhokama markazida bo‘ladi. O‘qishga kira olmaganlar, ko‘proq pul evaziga talaba bo‘lishadi, bu esa kelajakda taʼlim sifatini tushiradi, malakasiz kadrlarni ko‘paytiradi, degan fikrlar aytiladi.

Bu fikrlarning ayrimlari to‘g‘ri, ammo ko‘pchiligiga qo‘shilmayman. Asoslashga harakat qilaman:

Birinchidan, aslida biz orzu qilayotgan oliy taʼlim tizimida o‘qishga kirish oson bo‘lishi kerak. Yaʼni kim hujjat topshirsa o‘qishga kira olishi kerak, maktabni tugatgan bo'lsa bo'ldi, bilimi bor yoki yo‘qligi kirish jarayonida muhimmas. Uyog‘ini eplasa — diplom oladi, eplay olmasa — o‘qishni tugatolmaydi. O‘zimiz doim shunaqa bo'lishini, kvotalar oshishini talab qilamizu, lekin yana o‘zimizga qarshi borib, bugun o‘qishga kirayotganlarni "nega bu talaba bo‘ldi, bilimi yo‘qku" deymiz. Aytmoqchimanki, bilimsizlarning o‘qishga kirishi xavfli yoki qo‘rqinchli emas, ularning bilimsiz bo‘lib 4 yildan keyin diplom olishi qo‘rqinchli;

Ikkinchidan, o‘qishga kirganlarning hammasi ham bilimli degani emas. Masalan, O‘zbekistonda har yili kirish ballari past bo‘ladi. 56,7 ball bilan kontraktga, 68 ball bilan grantga kirganlar juda ko‘p. Bu yil ham shunaqa bo'ldi, masalan. Ammo 150 ball bilan super-kontrakt qilmoqchi bo‘lsa, darrov ularni tupoyga, bilimsizga chiqaramiz. Yoki ana boring 70 ball bilan super-kontrakt qilishyapti deylik. Ha, to‘g‘ri, bu ball juda past. Ammo bundan ham past olganlar grantda o‘qiyapti, nega ularni emas, doim super-kontraktchilarga ta'na qilamiz? Ikki xil standart bu.

Uchinchidan, yaqin yillargacha o‘qishga kirishda juda katta korrupsiya bor edi. Yaʼni 20 yillar davomida O‘zbekistonda pora bilan bilimsizlar o‘qishga kirishgan. Buni hamma bilardi, barcha shu tizimning bir bo‘lagiga aylanib ketgandi. Lekin o‘sha pora bilan kirganlarning hammasi bir tiyinga qimmat kadr bo‘lib qolgani yo‘q. Ularning ko‘pchiligi 4 yil davomida yaxshi o'qidi, keyinchalik amaliyotda yetarli malaka va tajriba to‘play oldi. Hozir mehnat bozorida ishlayotgan juda ko‘p yaxshi kadrlarning tagini surishtirsangiz pora yoki tanish-bilishchilik bilan o‘qishga kirgan. Yaʼni bu odamning o‘ziga ko‘proq bog‘liq.

Bugun endi o‘qishga kirishda pora juda kam. Davlat buni har tomonlama oldini ololdi. Super-kontrakt ham porani kamaytirishga katta yordam berdi. O‘sha ko‘chadagi firibgaru, poraxo‘rlarning cho‘ntagini qappaytirib, dang'illama hovliyu dacha qurishga pul bergandan ko'ra, rasman davlatga to'lab, professor-o‘qituvchilar oyligi uchun pul bergan ming marta yaxshi. Birinchidan, bu jinoyatmas. Ikkinchidan, bu gunohmas.

Xulosa.

Super-kontrakt tizimini men ham yoqtirmayman. Bu vaqtinchalik chora. Ishonaman, bu tizim yaqin yillarda butunlay yo‘qolib ketadi. Menga qolsa, yuqorida aytganimdek, o‘qishga kirmoqchi bo‘lgan hamma bemalol talaba bo‘la olishi kerak. Ya'ni puli bor yoki yo'qligidan qat'i nazar barchada teng imkoniyat bo'lsin.

Ammo o‘qishni tugatish juda qiyin bo‘lishi shart va lozim. Afsuski mana shu joyi bizda hozircha ishlamayotgani uchun, yaʼni bilgan ham, bilmagan ham diplom olayotgani sababli, haqiqatdan super-kontrakt ta'lim sifatiga taʼsir qildi.

Lekin bir narsa — super-kontrakt bilan o‘qishga kirganlar odam bo‘lmaydi, ular unaqa, ular bunaqa, degan gaplar mutlaqo noto‘g‘ri. Test va boshqa imtihonlar insonning barcha qobiliyatini aniqlab berolmaydi. U nimalarga qodirligi kelgusida maʼlum bo‘ladi.

Taqdir shunday narsaki, 189 ball olib, o‘qishga birinchi o‘rinda grantga kirganlar malakasiz kadr bo‘lishi, 60 ball bilan super-kontraktga kirganlar yakunda jamiyatga ko‘proq foydasi tegadigan mutaxassis bo‘lishi mumkin. Hammasi Allohdan.

Shuning uchun fikr bildirishda ehtiroslarga berilmagan ma'qul. Tanganing barcha tomoniga qarash kerak. Bularning barchasi shunchaki shaxsiy fikrlar.


Bizni kuzating
«OLIY TAʼLIM
20.5K views15:53
Ochish/sharhlash
2023-09-11 12:20:55
Ўқишга умуман кира олмаганларга хушхабар: Супер-контракт бўйича янгилик бўлиши кутилмоқда

Бунда бешта йўналишга ҳам кира олмаганларга исталган йўналишни танлаш ҳуқуқи (ҳозирда фақат биринчи йўналишга мумкин), шунингдек иккинчи ёки ундан кейинги йўналишларга кирганлар учун биринчи йўналишда супер-контрактда ўқиш ҳуқуқи берилиши мумкин.

Тасдиқлангач, қўшимча хабар берамиз, кузатинг


Bizni kuzating
«OLIY TAʼLIM
20.4K views09:20
Ochish/sharhlash
2023-09-10 13:02:02 TAʼLIM KREDITI HAQIDA BATAFSIL MAʼLUMOT

Huquqiy asos: Vazirlar Mahkamasining «Oliy taʼlim tashkilotlarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun taʼlim kreditlari ajratishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori (№527, 18.08.2021-y.)

Kredit miqdori: talaba va taʼlim muassasasi o‘rtasida tuzilgan to‘lov-kontrakt shartnomasi miqdorida (cheklov yo‘q)

Qaytarish muddati: o‘qish muddati (3, 4 yoki 5 yillik muddat) tugagandan so‘ng yettinchi oydan boshlab 7 yil muddatga

Foizi: yigitlar uchun — Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida (hozir 14% — 2023-yil 8-sentyabr holatiga), qizlar uchun - foizsiz (0%);

Asosiy stavka o‘zgarsa: agar Markaziy bankning asosiy stavkasi pasaysa, unda kredit foizi ham pasayadi. Agar asosiy stavka ko‘tarilsa, unda kredit foizi o‘zgarmaydi (yaʼni ko‘tarilmaydi).

Kimlarga beriladi:

kunduzgi, sirtqi va kechki taʼlim shakliga
bakalavr yoki magistrga
to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga kirgan
yoki o‘qishini ko‘chirgan talabalarga beriladi.

super-kontrakt uchun yoki ikkinchi mutaxassislik, masofaviy, maxsus sirtqi shakllar uchun taʼlim krediti berilmaydi.

Qaysi OTMlar uchun: taʼlim krediti O‘zbekistondagi davlat, nodavlat yoki xorijiy

oliy;
o‘rta maxsus;
professional taʼlim tashkilotlari va ularning filiallari
yoki qo‘shma dasturda o‘qiydigan talabalarga beriladi.

Xorijda joylashgan OTMlarda o‘qish uchun taʼlim krediti berilmaydi.

Kafillik: kredit oluvchining doimiy daromad manbaiga ega bo‘lgan oila aʼzolari (ota-onasi, aka-ukasi, opa-singlisi, eri yoki xotini) yoki boshqa uchinchi shaxslar taʼlim krediti shartnomasida birgalikda kredit oluvchi sifatida qatnashishlari mumkin (yaʼni aynan qarindosh bo‘lishi shartmas).

Fuqarolik: taʼlim krediti faqat O‘zbekiston fuqarolari uchun beriladi. Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga banklarning o‘zlari tijoriy shartlarda kredit berishi mumkin.

Kerakli hujjatlar: bankka quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

a) ariza;
b) talaba va taʼlim muassasasi o‘rtasidagi shartnoma (kontrakt);
v) kredit qaytarilishining taʼminoti bo‘yicha hujjat. Bunda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirgan oilalarning farzandlariga ajratiladigan taʼlim krediti bo‘yicha garov va kafillik talab etilmaydi;
g) “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilganligini tasdiqlovchi maʼlumotnoma (agar bo‘lsa);
d) bankning ichki hujjatlarida (siyosatida) belgilangan boshqa hujjatlar, shu jumladan, birgalikda kredit oluvchiga tegishli maʼlumot va hujjatlar.

Ariza ko‘rib chiqilish vaqti: ariza 5 ish kunida ko‘rib chiqilishi va kredit shartnomasi imzolanishi kerak. Agar rad etilsa bu haqda talabaga sababi ko‘rsatilgan javob xati beriladi.

Muddatdan oldin qaytarish: kredit oluvchi taʼlim kreditini shartnomada belgilangan muddatlardan oldin qaytarishga haqli.

Arizani qachon va qanday berish kerak: ta'lim krediti olish uchun arizani bugunning o'zida bersangiz ham bo'laveradi. Buning uchun albatta bankka borishingiz ham shart emas, https://talim-krediti.uz sayti orqali ariza yuborsangiz ham bo'ladi. Bankka borish ma'qul bo'lsa, unda bu variantni ham ko'rishingiz mumkin.

ESLATMA: 2022-2023 o'quv yilidagi KIRISH BALLARI qancha ekanligini @Imtihon_Ballari_bot orqali bilib olishingiz mumkin.


Bizni kuzating
«OLIY TAʼLIM
20.6K views10:02
Ochish/sharhlash
2023-09-10 11:57:33
Uyga ketmoqchi bo'lgan talabalarga jo'natamiz

ESLATMA: 2022-2023 o'quv yilidagi KIRISH BALLARI qancha ekanligini @Kirish_Ballari_uzbot orqali bilib olishingiz mumkin.


Bizni kuzating
«OLIY TAʼLIM
20.4K views08:57
Ochish/sharhlash
2023-09-09 18:41:19 4 ballgacha yetmaganlarga ham super-kontraktda chegirma bormi?
#abituriyent

JAVOB: Yo‘q, 4 ballgacha bo‘lganlarga chegirma berilmaydi.

Joriy yilda tabaqalashtirilgan (super) to‘lov-kontrakt qiymatini 2023-yil 15-oktabriga qadar to‘liq to‘lagan abituriyentlar uchun 10 foiz miqdorida chegirma berilmoqda ( bu chegirmani oddiy kontraktlarga aloqasi yo'q).

Ammo bu chegirma, 56,7 balldan ko‘p to‘plagan, lekin kirish baliga 4,05 ball yetmay qolib, o‘qishdan yiqilgan abituriyentlarga taalluqli. 4 ballgacha bo‘lgan shkaladagilar uchun esa chegirma qo‘llanmaydi.

Eslatib o‘taman, super-kontraktning 4 ballgacha shkalasi quyidagicha bo‘ladi:

o‘tish baliga 1,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun – bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 1,5 barobari;

1,06 balldan 2,05 ballgacha — 2 barobari;

2,06 balldan 3,05 ballgacha — 2,5 barobari;

3,06 balldan 4,05 ballgacha — 3 barobari.

Mana shu toifadagilar garchi 100% to‘lov qilsa ham, ularga chegirma yo‘q. Shu sababli avval 50 %ini to‘lab, qolganini o‘quv yili davomida bo‘lib to‘lasa bo‘ladi.

ESLATMA: 4,05 ballgacha deb yozilganiga ko‘pchilik chalg‘imoqda va buni 4,5 ball deb o‘ylayapti. Ammo unaqa emas. 4,05 (to‘rt-u yuzdan nol besh) ball bilan 4,5 (to‘rt yarim) ballning farqi katta. Kirish chizig‘iga 4,1 (to‘rt-u bir) balldan ko‘p yetmagan abituriyentlar yuqoridagi 4 ballik shkalaga tushmaydi.

4,1 ball va undan ko‘proq
yetmaganlarning barchasiga (56,7 balldan baland bo‘lsa) 8, 10, 12, 15, 17 va 25 baravar qo‘llanadi. Qaysi yo‘nalishda super-kontrakt qanchaligini mana bu yerdan ko‘rib olish mumkin.


Bizni kuzating
«OLIY TAʼLIM
20.2K views15:41
Ochish/sharhlash
2023-09-09 17:34:17Talaba kim, bilasizmi?

Bilmasangiz bilib oling:

— O‘zi makaron, gorox sho‘rva ichsa ham, sevgan qizini qimmat kafelarga olib boradigan jentelmen!

— Hech bir fandan daftar tutmasdan, 150 ming so‘mlik portfel ko‘tarib yuradigan, ichida yo‘l kira uchun 1400 so‘m solib qo‘yadigan 120 ming so‘mlik klach sotib oladigan olifta!

6 oy umuman dars qilmasdan, bir kecha-kunduzda 6 oylik ma’ruzani ko‘chirib chiqa oladigan - professor!

Hisobidan bir sent bo‘lmasa ham, eng so‘nggi rusumdagi Iphone ishlatadigan - boyvachcha!

Dars qilib o‘tirib ham quloqchinlarda ashula eshitadigan, ham ma’ruzani ko‘chiradigan, ham internetda o‘tirib yozisha oladigan - Yuliy Sezar

Atigi 500 ming so‘m stipendiya olib, 10 million so‘m kontrakt to‘laydigan - sahiy odam!

Barcha abituriyentlarga tez orada talaba bo'lib, bu rolton, yo'g'e oltin davrning zavqini surib yurishlarini tilab qolamiz!

Talaba bo'lishga tayyorlar bormi-i-i?!


Bizni kuzating
«OLIY TAʼLIM
20.3K views14:34
Ochish/sharhlash
2023-09-09 11:51:34 Malaka tavsiflari yangilandi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2023-yil 16-avgustdagi 247-sonli buyrug'i bilan:

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi markaziy apparati, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Toshkent shahar va viloyatlar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalari (2-ilova);

tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlari xodimlari (3-ilova);

hamda vazirlik tizimidagi respublika tashkilotlari va muassasalar hamda umumiy o‘rta ta’lim maktabi (maktab-internat) xodimlarining (4-ilova) malaka tavsiflari tasdiqlandi.



Bizni kuzating
«OLIY TAʼLIM »
15.4K views08:51
Ochish/sharhlash
2023-09-08 11:16:09
Talabalar haqida ertak...

Oxirigacha o'qing va talaba do'stlarimizga yuborib qo'yamiz...


Bizni kuzating
«OLIY TAʼLIM »
20.1K views08:16
Ochish/sharhlash
2023-09-08 10:59:27
Osiyo Xalqaro Universitetida qabul va imtihon jarayonlari davom etadi!

Buxoro shahrida joylashgan zamonaviy ta’lim dasturi va professor-o‘qituvchilarni o‘zida birlashtirgan Osiyo Xalqaro Universitetiga UZBMB (DTM) testi natijalari bilan ichki imtihonlarsiz qabul qilinishingiz mumkin!

17 ta ta’lim yo‘nalishlari

Sirtqi ta'lim shaklida tahsil olmoqchi bo'lgan abituriyentlar uchun ham sirtqi ta'lim yo'nalishlariga qabul davom etmoqda!

Bundan tashqari oliygohimizga chet el va mahalliy universitetlardan o'qishni ko‘chirishingiz mumkin.

Ro'yxatdan o'tish uchun:
qabul.oxu.uz

Osiyo Xalqaro Universiteti – muvaffaqiyatli kelajak shu yerdan boshlanadi!

Qo'shimcha ma'lumotlar uchun biz bilan bog'laning:
+998553050009

Telegram | Instagram | Facebook
20.1K views07:59
Ochish/sharhlash
2023-09-07 23:15:14
ЖУМА АЙЁМИНГИЗ МУБОРАК БЎЛСИН!

Энг яқин инсоним кириб келган “Жума” куни муборак бўлсин.
Бу кунда барча дуо қилувчиларнинг дуолари ижобат бўлсин. Қалбларимизни ўзининг муҳаббати билан шод айласин!

Яқинларингизни биринчи бўлиб табриклаш эсдан чиқмасин



Bizni kuzating
«OLIY TAʼLIM »
20.1K views20:15
Ochish/sharhlash