Get Mystery Box with random crypto!

Xorazmning Tuproqqal'a tumanida yangi davlat maktabgacha ta'li | OLIY TAʼLIM

Xorazmning Tuproqqal'a tumanida yangi davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti foydalanishga topshirildi

Tuproqqal'a tumanining chekka hududida joylashgan "Hazorasp" mahallasida 13-son davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti mukammal ta'mirlanib, foydalanishga topshirildi.

Natijada tashkilot quvvati 90 o'rindan 120 o'ringa oshib, mahallaning 3-7 yoshdagi barcha bolajonlarini maktabgacha ta'limga qamrab olinishiga erishildi.

Ma'lumot uchun: Bugungi kunda Xorazm viloyatida 1 802 ta (363 ta davlat, 92 ta DXSH, 7 ta xususiy, 1 340 ta oilaviy) maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyat olib bormoqda. Viloyat bo'yicha 3-7 yoshgacha bo‘lgan bolalar soni 153 976 nafarni tashkil etib, ulardan 121 413 nafari (78.9 foiz) davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qamrab olingan. Shundan, 75 413 nafar tarbiyalanuvchilar davlat va 46 000 nafari nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qamrab olingan.

Bizni kuzating
«OLIY TAʼLIM