Get Mystery Box with random crypto!

OLIY TAʼLIM

Telegram kanalining logotibi talimz — OLIY TAʼLIM O
Telegram kanalining logotibi talimz — OLIY TAʼLIM
Kanal manzili: @talimz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 35.67K
Kanalning ta’rifi

✅ OLIY TAʼLIM
🔥Eng tezkor, Eng ishonchli, Eng yaxshi Taʼlim kanali! Trenddagi xabarlarni, sizga kerak barcha rasmiy yangiliklarni yoritamiz!
✨Reklama Xizmati: 👉 @Oliy_Talim_Reklamasi
📩 Xabar yuborish: @Bobby4948

Ratings & Reviews

4.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 6

2023-09-23 12:28:15 15-oktyabr kimlar uchun kontrakt to‘lashning oxirgi muddati?

Bakalavriat 1-kurslar;
Magistratura 1-kurslar;
Super-kontrakt bilan kirganlar uchun kontrakt to‘lashning oxirgi muddati 15-oktyabrgacha uzaydi.

Bunda kontraktning 50 foiz miqdorini to‘lash kerak. Shundan keyin 1-kurslar talabalar safiga rasman qabul qilinadi.

Eslatma: katta kurslar kontraktni qachon to‘lashini OTMning o‘zi belgilaydi.



Bizni kuzating
«OLIY TAʼLIM
20.5K viewsedited  09:28
Ochish/sharhlash
2023-09-22 09:22:47
Ko'rib ko'zingizga yosh keladi.
189 ball bilan kontrakt o'qiyotganlar......

ESLATMA: 2022-2023 o'quv yilidagi KIRISH BALLARI qancha ekanligini @Imtihon_Ballari_bot orqali bilib olishingiz mumkin.


Bizni kuzating
«OLIY TAʼLIM
20.1K views06:22
Ochish/sharhlash
2023-09-21 23:55:18
#ЖУМА_МУБОРАК

Энг яқин инсоним, кириб келган Жума муборак бўлсин!

Шу кунларга етказганига Аллоҳга шукрлар бўлсин

Яқинларни бугунги кун билан табриклашни унутманг!

Bizni kuzating
«OLIY TAʼLIM
20.1K views20:55
Ochish/sharhlash
2023-09-21 15:51:17
Синфдошлар 60 ёшликни нишонлашибди

Биз қачон кўришамиз, синфдошлар?

Bizni kuzating
«OLIY TAʼLIM
20.0K views12:51
Ochish/sharhlash
2023-09-21 13:25:56
2023-yilning 2-yarmida bo‘lib o‘tadigan chet tili imtihonlari

Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari oktabr, noyabr va dekabr oylarida tashkil etiladi.

Test sinovi uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda amalga oshiriladi.

Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.

Test sinovlari qaysi tillardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar yuqoridagi rasmda keltirilgan.

Oktabr oyidan boshlab chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlarida har bir bo‘lim uchun alohida vaqt belgilanadi va test materiallari alohida tarqatiladi.

Bizni kuzating
«OLIY TAʼLIM
20.0K views10:25
Ochish/sharhlash
2023-09-20 07:51:49 UYDAGI TASHKILOTLAR

OTA

• Umrining oxirigacha mutlaq prezident;
• Tashqi ishlar vaziri;
• Bojxona qo'mitasi raisi (Uyga kirib keladigan mahsulotlarning halolligini tekshiradi)
• Pul fabrikasi

ONA
• Advokat (ota urushganda doim tarafingizni oladi)
• Portal (hamma dardlaringizni tinglab, otangizga yetkazib, muammolaringizni hal qilib beradi)
• Buxgalter (kirim-chiqimni, oilada pul aylanishini nazorat qiladi)

OPA
• Sotti (onaning o'ng qo'li)
• O'rinbosar (ona uyda bo'lmaganda o'zidan xo'jayin yasab oladigan, hali tajribasi yo'q boshliq)

SINGIL
• O'rtadagi odam (ham sandondan, ham bolg'adan tayoq yeydi).
• Razvedkachi (opaning sirlarini onaga yetkazib turadi).

AKA
• Kvartirant (uyga ishdan charchab, faqat uxlashga keladi).
• Qo'riqchi (uydagi opa-singillarini himoya qilib yuradi)

UKA
• Oligarx (aytgani aytgan, degani degan)
• Uyda otaga ham so'zi o'tadigan, tashqi va ichki kuchlarga ega.

Barchangizni oilangizga baxt, mustahkam sog'liq, qut-baraka tilaymiz!

Bizni kuzating
«OLIY TAʼLIM
20.2K viewsedited  04:51
Ochish/sharhlash
2023-09-19 15:35:13 Talabalar plastik kartadan guvohnoma o‘rnida foydalanishi mumkin bo'ladi

Bu hozircha qachondan amalga oshishi aniq emas. Avvalroq Oliy ta’lim vaziri shu masalada bank xodimlari bilan uchrashgandi.

Agar amalga oshsa, birgina bank kartasining o‘zidan talabalar guvohnoma sifatida foydalanishi, kutubxona, yotoqxona, sport zallariga kirish, mikroqarzlar olish, elektron hamyon ochish va boshqalarda ishlata olishi mumkin bo‘ladi.


Bizni kuzating
«OLIY TAʼLIM
20.1K views12:35
Ochish/sharhlash
2023-09-19 13:17:25 Bitiruvchi talabalarni ishga qabul qilishda sinov muddati qo'llash mumkinmi?

Sinov muddati uzog'i bilan uch oy muddatga xodimning ishga layoqatliligini tekshirib ko‘rish, mehnat shartnomasida kelishilgan ishni davom ettirishning maqsadga muvofiqligi haqida bir qarorga kelishi uchun tuziladi.

Biroq quyidagi shaxslar ishga qabul qilinganda dastlabki sinov belgilanmaydi (MK 84-modda):
homilador ayollar;
uch yoshga to‘lmagan bolasi bor ayollar;
korxona uchun belgilangan minimal ish joylari hisobidan ishga yuborilgan shaxslar;
o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining hamda oliy o‘quv yurtlarining tegishli ta’lim muassasasini tamomlagan kundan e’tiboran uch yil ichida birinchi bor ishga kirayotgan bitiruvchilari.

Bundan ko'rinadiki, talabalar OTMni bitirgach ishga 1-marotaba ishga kirayotganida sinov muddati belgilashga qonunan yo'l qo'yilmaydi.


Bizni kuzating
«OLIY TAʼLIM
13.2K views10:17
Ochish/sharhlash
2023-09-18 10:29:12
"Farzandingizdan pul yuborishni talab qilmang" — xorijda bolalari o‘qiyotgan ota-onalarga

Yaponiyadagi o‘zbek olimi Alisher Umirdinovning o‘zbek ota-onalariga murojaati.

Hurmatli ota-onalar, agar farzandingizni chet elga o‘qish uchun yuborgan bo‘lsangiz, ular kattaroq bir stipendiyani qo‘lga kiritguniga yoki bo‘lmasam, o‘qishini bitirib, ishga joylashib olmaguniga qadar, farzandingizdan pul yuborishini talab qilmang. Nafaqat talab qilish, umid ham qilmang. Chetda o‘qiydigan farzandlaringiz oltin tuxum tug‘adigan tovuq emas.

Ularning mutlaq ko‘pchiligi kontrakt summalarini ishlab topadi, shu bilan birga yashashlari uchun ham ishlashlari kerak bo‘ladi. Talaba sifatida dam ham olishlari lozim axir!

Ko‘pchilik ota-onalar va oila a’zolar buni tushunishmaydi – ulardan pul jo‘natmalarini kutishadi, uylar, mashinalar olishni, to‘ylar qilishni istashadi. Hatto, bu oyda yuborilgan pul o‘tgan oydan sal kamroq bo‘lsa, “o‘g‘iltoy, bu safar sal cho‘g‘i kammi-a?” deya hazil aralash dakki berib qo‘yishni ham kanda qilishmaydi.

Nodon ota-onalar, aka-ukalarning ilm yo‘lida safarga chiqqan talabaga munosabatini ko‘rib, dod deb yuborging keladi. Axir ular o‘qishga ketishgan! Mardikorlik qilish uchun emas!

Olimning fikriga ko‘ra, o‘qishga diqqat qaratmay pul topish harakatida yurganlar 7-8 yildan keyin ham taksichi, sotuvchi darajasida qolib ketadi.

Shuning uchun:

ota-onalar bolasi o‘qishni tugatguncha kutishi;

talabalar hovliqib pul ishlashga shoshmasligi lozim. O‘qish tugab yaxshi joydan ish topilsa undan ko‘proq foyda ko‘riladi.


Bizni kuzating
«OLIY TAʼLIM
20.1K views07:29
Ochish/sharhlash
2023-09-17 19:40:21
#oqshom_manzarasi

Qarshi davlat universitetining betakror tungi qiyofasi.
Turfa ranglarda jilolanuvchi favvora atrofi talaba-yoshlar bilan doimo gavjum.

Неповторимый ночной образ Каршинского государственного университета.
Вокруг сияющего разными цветами фонтана всегда много студентов.

The magnificent night scene of Karshi State University.
A fascinating fountain shining in different colours is always surrounded by students.

Bizni kuzating
«OLIY TAʼLIM
20.4K views16:40
Ochish/sharhlash