Get Mystery Box with random crypto!

'Yoshlar daftari'ga kirganlarning o‘quv markazida o‘qish pulla | OLIY TAʼLIM

"Yoshlar daftari"ga kirganlarning o‘quv markazida o‘qish pullari to‘lab beriladi

Bunda daftarga kirgan yoshning ilm-fan, sport, madaniyat yo'nalishlarida o‘qishi uchun uzog‘i 6 oygacha, har oy 1 BHM — 330 ming so‘m to‘lab beriladi. Bunda mahalla yoshlar yetakchisining tavsiyasi kerak bo‘ladi.

Bundan tashqari, yoshlarga zamonaviy kasblarni egallashi, axborot texnologiyalarni o‘rganishi va ularni xorijiy tillarga o‘qitish bo‘yicha 6 oygacha, har oy 4 BHM — 1,3 mln so‘mgacha pul ajratiladi.

Kursda o‘qimoqchi bo‘lgan yosh o‘zi va o‘quv markazi o‘rtasidagi shartnomani taqdim etishi kerak.

Respublika bo‘yicha "Yoshlar daftari"ga kirganlar o‘qishi mumkin bo‘lgan o‘quv markazlari ro‘yxatlari mavjud. Undan hamma o‘z hududiga yaqinini topib tanishishi mumkin.

Ro‘yxat

Eslatma: 6 oygacha pul ajratilgach, bu muddatda subsidiya olayotgan shaxs o‘quv kursida o‘qishi kerak. Buni yoshlar yetakchisi tekshirib turadi.

Xabarni repetitorga borishga qiynalayotgan tanishlaringizga yuboring.


Bizni kuzating
«OLIY TAʼLIM