Get Mystery Box with random crypto!

OLIY TAʼLIM

Telegram kanalining logotibi talimz — OLIY TAʼLIM O
Telegram kanalining logotibi talimz — OLIY TAʼLIM
Kanal manzili: @talimz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 35.67K
Kanalning ta’rifi

✅ OLIY TAʼLIM
🔥Eng tezkor, Eng ishonchli, Eng yaxshi Taʼlim kanali! Trenddagi xabarlarni, sizga kerak barcha rasmiy yangiliklarni yoritamiz!
✨Reklama Xizmati: 👉 @Oliy_Talim_Reklamasi
📩 Xabar yuborish: @Bobby4948

Ratings & Reviews

4.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 9

2023-09-07 18:09:02 Kontrakt narxi oshmagani aslida yaxshi emas. Iqtisodchi negalini tushuntirdi

Iqtisodchi Otabek Bakirov 3 yildan beri kontrakt narxlari oshirilmagani yaxshi emasligini tushuntirildi.

Kontrakt oshmagan, lekin pul qadrsizlangani hisobga OTMlar zarariga ishlayapti. Bu esa ularda ta’lim sifati tushishiga sabab bo‘ladi.

OTMlar talabalar sonini oshirishga, super-kontrakt talabalarni ko‘proq qabul qilishga majbur bo‘ladi. Bo‘lmasa, xarajatlarni qoplash imkonsiz.

Kontrakt oshmasa, stipendiyalar ham oshmaydi. Stipendiya 2021-yildan beri oshmagan. "Har bir stipendiya oladigan talabani endi rasman kambag‘al deb hisoblash ham mumkin", deb yozadi iqtisodchi.

Narxlarni uzoq vaqt sun’iy raviishda o‘zgartirmay ushlab turish, bu elektr yo gaz bo‘ladimi, oliy ta’limda kontrakt bo‘ladimi yo aytaylik, bu kartoshka bo‘lsa ham masala yechimini va o‘sha tovar-xizmatni siyosiylashtiradi.



Bizni kuzating
«OLIY TAʼLIM »
20.1K views15:09
Ochish/sharhlash
2023-09-07 15:25:30
Talabalar to'lov-kontrakt olish maqsadida kontrakt.edu.uz sayti orqali onlayn ariza berayotganda "Shartnoma turini tanlash" degan band bor. Bunda yoki 2 tomonlama, yoki 3 tomonlama shartnomani tanlash so‘ralmoqda. Shu bo‘yicha izoh so‘rab, abituriyentlardan ko‘plab savollar kelib tushdi.

Bu juda oddiy.

Ikki tomonlama shartnoma — bu OTM va abituriyent o‘rtasida tuziladi. Boshqacha aytganda agar kontrakt yoki super-kontrakt pulini abituriyentning o‘zi yonidan to‘lamoqchi bo‘lsa, shu bandni tanlash kerak.

Bundan tashqari bankdan taʼlim krediti olmoqchi bo‘lsa yoki ota-onasining ishxonasidan oylik maoshidan to‘lamoqchi bo‘lsa ham ikki tomonlama shartnoma olish kifoya qiladi.

Uch tomonlama shartnoma — bu OTM, abituriyent va yana biror homiy tashkilot o‘rtasida tuziladi. Agar mabodo kontrakt yoki super-kontrakt pulini abituriyentning o‘zi emas, balki biror homiy tashkilot to‘lamoqchi bo‘lsa (balki keyinchalik o‘sha tashkilotga ishlab berish sharti bo‘lishi ham mumkin), unda uch tomonlama shartnoma degan bandni tanlash kerak. Uch tomonlama tanlanganda o‘sha homiy korxonaning (o'qiyotgan universitetning emas) STIR raqamlarini ham kiritish kerak bo‘ladi.

Bankdan ta'lim krediti olmoqchi bo'lganlar yoki ota-onasining ishxonasidan oylik maoshidan to‘lamoqchi bo‘lganlar uch tomonlama shartnoma olmasin. Ular ikki tomonlama shartnoma olishi kerak.



Bizni kuzating
«OLIY TAʼLIM »
20.1K views12:25
Ochish/sharhlash
2023-09-07 12:30:09 Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari Direktorlar kengashi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida

Direktorlar kengashi toʻgʻrisida NIZOM

Direktor lavozimiga ochiq tanlov oʻtkazish toʻgʻrisida TARTIB

Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tasarrufidagi umumiy oʻrta taʼlim muassasalari direktorlarining malaka tavsiflari

Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari direktorlari lavozimiga nomzodlarni ochiq tanlov asosida saralash va lavozimga tayinlash SXEMASI

Direktorlar kengashi ROʻYXATI


Bizni kuzating
«OLIY TAʼLIM »
20.1K views09:30
Ochish/sharhlash
2023-09-06 13:19:25 Супер-контракт нархлари эълон қилинди

Мазкур файлда 2023/24- ўқув йили учун йўналишлар кесимида табақалаштирилган (супер) тўлов-контракт миқдорлари билан танишишингиз мумкин.

Файлда кундузги, сиртқи, масофавий ва кечки таълим учун супер-контракт миқдорлари берилган. Шунингдек, 15-октябргача 100% тўлов қилганда бериладиган 10 фоизлик чегирма ҳам кўрсатилган.


Bizni kuzating
«OLIY TAʼLIM »
20.4K views10:19
Ochish/sharhlash
2023-09-05 15:04:59 Rasman: o‘tish ballini to‘plagan, super-kontraktning 50 foizini to‘laganlar talabalikka qabul qilinadi

2023/2024-o‘quv yili qabulida to‘plagan ballari tasdiqlangan qabul parametrlari chegarasiga yetmagan (ya’ni yiqilgan), lekin tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida tahsil olish istagini bildirgan abituriyentlarga:

istisno taraqasida yangi o‘quv yili boshlanishidan shartnomalar rasmiylashtirishga;
bir yillik o‘qitish qiymatining 50 foizini to‘laganlarni talabalar safiga qabul qilishga ruxsat berildi.

Super-kontrakt narxi ham o‘zgarishsiz qoldi. 15-oktyabrgacha super-kontraktni to‘laganlarga 10 foizlik chegirma berildi.

Faylda bu yilgi super-kontrakt narxlari

Edu - ta'lim yangiliklari

Maksimal tarqatamiz



Bizni kuzating
«OLIY TAʼLIM »
20.0K views12:04
Ochish/sharhlash
2023-09-05 12:31:34
2023/2024-o‘quv yili qabulida bakalavriat talim yo‘nalishlariga kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra to‘plagan ballari tasdiqlangan to‘lov-kontrakt doirasida qabul parametrlari chegarasiga 4,05 balldan ortiq yetmagan, 56,7 balldan kam bo‘lmagan holda, qo‘shimcha ravishda o‘qish istagini bildirgan abituriyentlarnig birinchi o‘quv yili uchun amalda belgilangan bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorlariga nisbatan tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt qiymatining minimal miqdori


Bizni kuzating
«OLIY TAʼLIM »
20.0K views09:31
Ochish/sharhlash
2023-09-05 11:20:23
2023/2024-oʻquv yili uchun respublika oliy taʼlim muassasalari bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari (magistratura mutaxassisliklari) boʻyicha bitta talabani toʻlov-kontrakt shaklida bir yillik oʻqitish qiymati miqdori


Bizni kuzating
«OLIY TAʼLIM »
20.1K views08:20
Ochish/sharhlash
2023-09-04 19:04:08
Salom, talabalik, xayr erkalik!

Kun fotosi ekan

Talabalik sizga o‘z aravangizni o‘zingiz tortishni, odamlar bilan muomala qilishni, mustaqil qaror qabul qilishdan tortib mustaqil bozor qilishgacha o‘rgatadi. Xullas, mustaqillik muborak, talabalar.


Bizni kuzating
«OLIY TAʼLIM »
20.1K views16:04
Ochish/sharhlash
2023-09-04 15:30:02
,,PERFECT UNIVERSITY''
2023-2024yili uchun qabul boshladi.
⠀⠀⠀⠀⠀⠀⠀⠀⠀
FIRMA TO'LOVLARSIZ

Kunduzgi shaklda o'qisangiz
1 000 000 lik voucher.
2 000 000 lik sug'urta mavjud.

Joylashuv: Toshkent
Fakultet: 
    Boshlang'ich ta'lim
    Pedagogika va Psixologiya
    Tarix
    Iqtisodiyot
    Dasturiy injenering
Turizm
                        
Davlat LITSENZIYASIGA ega
   
Chet el davlatlardan 2-3 kurslardan pervod ham mavjud.
               
Shoshiling! Joylar soni cheklangan!

100% kantrak to'lasangiz 15% kantraktdan skitka.
Bunaqasi anniq bo'lmagan.

Online murojaat:
Shartnoma bo'yicha:
@Perfect_qabul
@Perfect_qabuli

Hoziroq biz bilan bog'laning ⠀

⠀⠀⠀⠀⠀
+998330639804 Bekzod

+998938166464 Jaloliddin

PERFECT UNIVERSITY yorqin kelajak poydevoridir.

⠀⠀⠀⠀⠀@xususiyunversetlar
20.3K views12:30
Ochish/sharhlash
2023-09-04 14:09:24 Ta'lim krediti olish uchun onlayn ariza topshirish mumkin

Taʼlim kreditini olish jarayoni endi yanada osonlashdi o‘rtoqlar! Endilikda kreditga ariza berish uchun Talim-krediti.uz maxsus platformasiga kirib ariza yuborsangiz bo‘ldi. Bankka bormasdan kreditga ariza yuborishingiz mumkin.

Buning uchun:
Kreditga ariza yuborishda arizachi:
• pasporti yoki ID raqami;
• Tug‘ilgan sanasi(kun, oy va yil);
• FISH kiritiladi.

Manzil:
— Manzilingiz(viloyat tuman mahalla ko‘cha/xonadon raqami va telefon raqami kiritiladi;

Kredit maʼlumotlari:
— Yaʼni taʼlim shakli, oliy taʼlim muassasasi maʼlumotlari, moliyalashtiruvchi bank manzili, kontrakt summasi va garov turi kiritiladi.

Kredit olish jarayoni quyidagicha:
● Onlayn ariza qoldirish;
● Arizani ko‘rib chiqish;
● Hujjatlarni rasmiylashtirish;
● Kredit ajratish.



Bizni kuzating
«OLIY TAʼLIM »
20.1K views11:09
Ochish/sharhlash