Get Mystery Box with random crypto!

Ta'lim Live

Telegram kanalining logotibi talim_live — Ta'lim Live T
Telegram kanalining logotibi talim_live — Ta'lim Live
Kanal manzili: @talim_live
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 14.25K
Kanalning ta’rifi

Ta'lim Live™ — Ta'lim tizimiga oid eng so'nggi yangiliklar, ishonchli xabarlar va huquqiy sharhlar sodda tilda
Murojaat uchun: @TalimLiveBot
Tijoriy hamkorlik uchun: @Talabaga_oid

Ratings & Reviews

4.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 6

2023-07-04 11:00:47 #Qabul_2023

Bakalavriatning masofaviy ta’lim shakli bo‘yicha qabul kvotasi taqsimoti (ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari kesimida to‘liq)

JAMI:
2 ming 825 ta;
O’zbek tili: 1 ming 995 ta;
Rus tili: 830 ta.

Ta'lim tizimiga oid yangiliklar:
@Talim_Live
5.6K viewsedited  08:00
Ochish/sharhlash
2023-07-04 10:57:58 #Qabul_2023

Bakalavriatning kechki ta’lim shakli bo‘yicha qabul kvotasi taqsimoti (ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari kesimida to‘liq)

JAMI:
11 ming 125 ta;
O’zbek tili: 9 ming 455 ta;
Rus tili: 1 ming 670 ta.

Ta'lim tizimiga oid yangiliklar:

@Talim_Live
5.9K viewsedited  07:57
Ochish/sharhlash
2023-07-04 10:54:56 #Qabul_2023

Bakalavriatning sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha qabul kvotasi taqsimoti
(ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari kesimida to‘liq)

JAMI: 49 ming 078 ta;
O’zbek tili: 42 ming 577 ta;
Rus tili: 6 ming 501 ta.

Ta'lim tizimiga oid yangiliklar:
@Talim_Live
6.1K viewsedited  07:54
Ochish/sharhlash
2023-07-04 10:53:17 #Qabul_2023

Bakalavriatning kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha qabul kvotasi (ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari kesimida to‘liq)

JAMI: 127 ming 259 ta;
Byudjet: 34 ming 930 ta;
Kontrakt: 92 ming 329 ta.

Ta'lim tizimiga oid yangiliklar:
@Talim_Live
6.0K viewsedited  07:53
Ochish/sharhlash
2023-07-04 10:12:48
#Tezkor

RASMAN: O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘tish ballari tasdiqlandi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan 2023/2024-o‘quv yilida xorijiy davlatlardagi oliy ta’lim muassasalari, respublikamizda faoliyat yuritayotgan nodavlat va xorijiy (filiallar) oliy ta’lim muassasalaridan davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishni ko‘chirish uchun o‘tish ballari tasdiqlandi.

Ushbu o‘tish ballari joriy yilda ham tizimida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralarning takliflari asosida shakllantirildi.

Sohalar kesimida o‘tish ballari ilovada (rasm)

Ta'lim tizimiga oid yangiliklar:
@Talim_Live
6.6K viewsedited  07:12
Ochish/sharhlash
2023-07-04 09:47:19
2023-yilda kim qancha stipendiya oladi?

Ko‘pchilik abituriyentlar va hattoki ko‘plab talabalar uchun xam foydali maʼlumot.

3-4 bahochilarga - 517.880 so‘m
5 bahochilarga - 621.456 so‘m
Nogironlarga - 776.820 so‘m
Doktorantura - 6.320.400 so‘m
Tayanch doktorantura - 4.946.840 so‘m
Stajyor tadqiqotchi - 4.379.200 so‘m.

Ta'lim tizimiga oid yangiliklar:
@Talim_Live
6.5K views06:47
Ochish/sharhlash
2023-07-04 08:39:11 Rasman: Nodavlat oliygohlar uchun kvota belgilanadi

PQ–200 ko'ra, 2025-yil 1-yanvardan:

nodavlat oliy taʼlim tashkilotlariga davlat buyurtmasi asosida kadrlar tayyorlash boʻyicha kvota ularning reytingdagi oʻrniga muvofiq ajratiladi;

oliy taʼlim tashkilotlarining taʼlim sohalari kesimidagi reytingini yuritish yoʻlga qoʻyiladi.

@nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
5.8K views05:39
Ochish/sharhlash
2023-07-04 08:24:19 “Avval test, so‘ng tanlov” — endi test topshirilib, keyin OTM tanlanadi

Prezident qaroriga ko‘ra, 2024/2025 o‘quv yilidan OTMga kirish imtihonlarini topshirish “avval test, so‘ng tanlov” tamoyili asosida tashkil etiladi hamda abituriyentlarga test sinovi natijasida to‘plagan balidan kelib chiqib, oliy ta’lim muassasasi, ta’lim yo‘nalishi va shaklini tanlash imkoniyati yaratiladi.

Ta'lim tizimiga oid yangiliklar:
@Talim_Live
6.7K viewsedited  05:24
Ochish/sharhlash
2023-07-04 07:44:39
#Qabul_2023

4-iyul soat 09:00 holatiga ko‘ra, 154 ming 697 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tdi.

Shundan, 80 ming 845 nafari avvalgi yil bitiruvchilari, 73 ming 852 nafari joriy yilgi bitiruvchilardir.

Ta'lim tizimiga oid yangiliklar:
@Talim_Live
7.6K viewsedited  04:44
Ochish/sharhlash
2023-07-03 13:34:02
#Qabul_2023

Qizim IELTS 5,5 oldi. Andijon davlat chet tillar institutiga kirmoqchi. Qizimga ingliz tilidan maksimal ball beriladimi?

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 395-son qaroriga muvofiq chet tilidan B2 va undan yuqori darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega abituriyentlar chet tili bo‘yicha imtihondan ozod qilinadi.

Ularga chet tili fanidan to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball beriladi. Chet tili fani:

-mutaxassislik fani bo‘lsa — 93 ball;
-mutaxassislik fani bo‘lsa — 63 ball.

Ushu tartib chet tilidan ijodiy imtihon bo‘ladigan yo‘nalishlar (OTMlar) uchun ham, chet tilidan test sinovi bo‘ladigan yo‘nalishlar (OTMlar) uchun ham o‘rinli.

Ta'lim tizimiga oid yangiliklar:
@Talim_Live
7.3K views10:34
Ochish/sharhlash