Get Mystery Box with random crypto!

Ta'lim Live

Telegram kanalining logotibi talim_live — Ta'lim Live T
Telegram kanalining logotibi talim_live — Ta'lim Live
Kanal manzili: @talim_live
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 14.25K
Kanalning ta’rifi

Ta'lim Live™ — Ta'lim tizimiga oid eng so'nggi yangiliklar, ishonchli xabarlar va huquqiy sharhlar sodda tilda
Murojaat uchun: @TalimLiveBot
Tijoriy hamkorlik uchun: @Talabaga_oid

Ratings & Reviews

4.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 4

2023-07-20 21:23:47
Talabalar o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha arizalar statistikasi

20-iyul soat 21:00 holatiga ko‘ra talabalar o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha jami 19 ming 235 nafar talaba onlayn ro‘yxatdan o‘tdi (batafsil infografikada ).

respublika davlat oliy ta’lim muassasalariaro o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha transfer.edu.uz platformasi orqali – 10 596 nafar;

nodavlat va xorijiy oliy ta’lim muassasalaridan o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha my.uzbmb.uz platformasi orqali – 8 639 nafar talaba ariza topshirgan.

Eslatma: arizalar 5-avgust (shu kuni ham) kuniga qadar onlayn qabul qilinadi.

Ta'lim tizimiga oid yangiliklar:
@Talim_Live
7.3K views18:23
Ochish/sharhlash
2023-07-20 09:42:02
#qabul_2023

Imtiyozi bor abituriyentlarning imtiyozi “Tekshirilmoqda” deb turgan bo‘lsa, nima qilish kerak?

Turli imtiyozga ega yoki tavsiyanoma olgan, shuningdek xorijiy til bilish sertifikatini kiritgan abituriyentlarning shaxsiy sahifasida haligacha imtiyozlar “Tekshirilmoqda” maqomida turgani ko‘pchilikni xavotirga solmoqda.

Bilimlarni baholash agentligi vakili Jamshidbek Odilovning xabar berishicha, bunda xavotirga o‘rin yo‘q. Masʼul tashkilotlar maxsus tizimga imtiyoz va tavsiyanomalar haqida maʼlumotlarni kiritishda davom etmoqda, shu sababli hozircha hammaniki “tekshirilmoqda” deb turibdi. Lekin imtiyozning bazada ko‘ringanining o‘zi hammasi joyidaligini bildiradi.

Qabul to‘liq yakunlab bo‘lingach, testga kirish uchun ruxsatnoma olgungacha bo‘lgan davrda ushbu “tekshirilmoqda” maqomi “tasdiqlandi” maqomiga o‘tadi.

Ta'lim tizimiga oid yangiliklar:
@Talim_Live
7.4K views06:42
Ochish/sharhlash
2023-07-20 09:11:35
Hurmatli talabalar, o'qiyotgan oliygohingiz sizga manzur kelmayaptimi?

— Sizga talaba sifatida e'tibor qilinmayaptimi?
— Kontrakt narxlari qimmatmi?
— Yashash joyingizdan ancha uzoqda joylashganmi?

Sizga taklifimiz bor!

210 ta Grantga o'rniga ega
— Kontrakt narxlari xususiy oliygohlar orasida eng arzon bo'lgan
Vodiy aholisi uchun qulay joylashuvga ega bo'lgan Namangan xalqaro universitetiga o'qishni ko'chirishni tavsiya etamiz!

NamXUkelajagingizni professionallarga ishoning!

Mavjud taʼlim yoʻnalishlar

Onlayn hujjat topshirish: qabul.namxu.uz

To'liq ma'lumot uchun:
+998781132122
+998692395333

Telegram | Instagram | web-sayt | Youtube
6.8K views06:11
Ochish/sharhlash
2023-07-20 06:52:51 Davlat OTMlari uchun bakalavriatga qabul tugayapti. Bugun abituriyentlar hujjat topshirishning so'ngi kuni.

Bugun, 20-iyul kuni soat 23:59 da OTMlarning bakalavriat bosqichi uchun qabul tugaydi. Hozirgacha 900 mingga yaqin abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tgan.

Abituriyentlarga ro‘yxatdan o‘tishni oxiriga qoldirmaslik, to‘lovni kechiktirmasdan amalga oshirish, ma’lumotlarni tahrirlashni ham tezroq tugatish so‘ralyapti. Sababi qabulning oxirgi kunida sayt yuklamasi yuqori bo‘ladi.

Ta'lim tizimiga oid yangiliklar:
@Talim_Live
7.1K views03:52
Ochish/sharhlash
2023-07-19 19:55:42 Qabul tugashiga 1 kun qoldi!

2023-2024-o‘quv
yili uchun Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni — 882 913 nafar tashkil etmoqda (2023-yil 19-iyul 20:00 holatiga).

Ta'lim tizimiga oid yangiliklar:
@Talim_live
7.8K views16:55
Ochish/sharhlash
2023-07-18 08:54:26 #perevod_2023

Xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlarining mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlariga ko‘chirish bo‘yicha onlayn ariza berganlar soni — 3 760 nafar. Shundan:

1 929 nafari — erkak;
1 831 nafari — ayol.

Talabgorlarning doimiy yashash hududi bo‘yicha taqsimoti:

Andijon viloyati — 496 nafar (13 %)
Farg‘ona viloyati — 379 nafar (10 %)
Toshkent viloyati — 354 nafar (9 %)
Namangan viloyati — 330 nafar (9 %)
Qashqadaryo viloyati — 326 nafar (9 %)
Xorazm viloyati — 299 nafar (8 %)
Toshkent shahri — 298 nafar (8 %)
Samarqand viloyati — 296 nafar (8 %)
Surxondaryo viloyati — 269 nafar (7 %)
Buxoro viloyati — 175 nafar (5 %)
Jizzax viloyati — 168 nafar (4 %)
Sirdaryo viloyati — 130 nafar (3 %)
Navoiy viloyati — 127 nafar (3 %)
Qoraqalpog‘iston Res. — 113 nafar (3 %)

Talabgorlarning qayerdan o‘qishni ko‘chirayotgani bo‘yicha taqsimot:

O‘zbekiston1 961 nafar (52,15 %)
Qirg‘iziston945 nafar (25,13 %)
Rossiya376 nafar (10 %)
Tojikiston246 nafar (6,54 %)
Qozog‘iston164 nafar (4,36 %)
Qoldan davlatlar — 68 nafar (1,81 %)

Ta'lim tizimiga oid yangiliklar:
@Talim_Live
8.5K viewsedited  05:54
Ochish/sharhlash
2023-07-17 18:53:48
transfer.edu.uz platformasi orqali o‘qishni ko‘chirish yuzasidan ariza berish bo‘yicha videoyo‘riqnoma

Ushbu platforma orqali davlat OTMning biridan boshqasiga ko‘chirish uchun ariza beriladi.

Bir OTM doirasida mos va turdosh yo‘nalishlari bo‘yicha o‘qishini ko‘chirish rektorning buyrug‘i asosida amalga oshiriladi.

Ma’lumot uchun, xorijdagi yoki respublikamizdagi nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirish my.uzbmb.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

Ta'lim tizimiga oid yangiliklar:
@Talim_Live
8.6K views15:53
Ochish/sharhlash
2023-07-17 13:49:59 Bir oliygoh doirasida o'qishni ko'chirishda quyidagilarga ruxsat etiladi

Ta'lim shaklini o'zgatirish;
Ta'lim yo'nalishini mos va turdosh yo'nalishga o'zgartirish;
Ta'lim yo'nalishini noturdosh yo'nalishga o'zgartirish (super-kontrakt to'lanadi);
Ta'lim tilini o'zgartirish; (Rus guruhdan o'zbek guruhga yoki aksincha kabi)
O'zi o'qiyotgan yo'nalishning boshqa guruhiga (agar mavjud bo'lsa) o'tishi;
O'qishni mos va turdosh yo'nalishlarga tiklash oliy taʼlim muassasasi rektorining buyrugʻi asosida amalga oshiriladi.

Turdosh ta'lim yo‘nalishlari ro‘yxati — yuklab olish.

O‘qishni ko‘chirish uchun (15-iyuldan 5-avgustga qadar) transfer.edu.uz platfirmasi orqali onlayn ariza to‘ldiriladi.

Kerakli hujjatlar:
— Ariza
— Pasport yoki ID karta (jpg yoki pdf shakli)
— Transkript yoki reyting daftarchasi (jpg yoki pdf shakli)
— Akademik ma'lumotnoma (o'qishni tiklovchilar uchun).

Ta'lim tizimiga oid yangiliklar:
@Talim_Live
8.9K views10:49
Ochish/sharhlash
2023-07-17 13:01:05
Osiyo Xalqaro Universitetida qabul jarayonlari davom etmoqda

Universitetimiz talaba bo'lish istagidagi yoshlarga keng tanlov imkoniyatini taqdim etadi. Oliygohda umumiy 14 ta bakalavr va 3 ta magistratura yo'nalishlari mavjud.

Ta'lim o'zbek va rus tillarida olib boriladi.
Shuningdek ta'limning kunduzgi, kechki va sirtqi shakllari mavjud.
Talabalar xorijiy va mahalliy universitetlardan o'qishni ko'chirishlari mumkin.

Arizalarni qabul.oxu.uz rasmiy sayti orqali qoldirishingiz mumkin.

Qo'shimcha ma'lumotlar uchun biz bilan bog'laning:
+998 55 305 0009

@oxu_admin

www.oxu.uz

Telegram | Instagram | Facebook
7.6K views10:01
Ochish/sharhlash
2023-07-16 10:10:03
Akademik litseylarga kirish test sinovlari oʻtkazilish sanasi va vaqti aniq boʻldi
#qabul2023

Kirish test sinovlari 2023-yil 24-iyul kuni Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan maxsus belgilangan hududlarda ikki smenada oʻtkaziladi.

Test sinovlarini oʻtkazilish vaqti
birinchi smena soat 9:00 da boshlanadi.
ikkinchi smena soat 15:00 da boshlanadi.

Test sinovlarini oʻtkazilish hududi va imtihonga kirish ruxsatnomasini olish yuzasidan qoʻshimcha maʼlumot beriladi.

Eslatma: Prezident qaroriga (PQ-200, 03.07.2023-y.) asosan bu yildan e’tiboran ALga oʻquvchilarni qabul qilishda yozma imtihon asosida dastlabki saralash bosqichi bekor qilingan.

Fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni va baholash mezoni (matn ustiga bosing)

IQ aniqlash bo‘yicha adabiyotlar ro‘yxati (matn ustiga bosing)

Ta'lim tizimiga oid yangiliklar:
@Talim_Live
8.1K views07:10
Ochish/sharhlash