Get Mystery Box with random crypto!

#Qabul_2023 Qizim IELTS 5,5 oldi. Andijon davlat chet tilla | Ta'lim Live

#Qabul_2023

Qizim IELTS 5,5 oldi. Andijon davlat chet tillar institutiga kirmoqchi. Qizimga ingliz tilidan maksimal ball beriladimi?

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 395-son qaroriga muvofiq chet tilidan B2 va undan yuqori darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega abituriyentlar chet tili bo‘yicha imtihondan ozod qilinadi.

Ularga chet tili fanidan to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball beriladi. Chet tili fani:

-mutaxassislik fani bo‘lsa — 93 ball;
-mutaxassislik fani bo‘lsa — 63 ball.

Ushu tartib chet tilidan ijodiy imtihon bo‘ladigan yo‘nalishlar (OTMlar) uchun ham, chet tilidan test sinovi bo‘ladigan yo‘nalishlar (OTMlar) uchun ham o‘rinli.

Ta'lim tizimiga oid yangiliklar:
@Talim_Live