Get Mystery Box with random crypto!

Ta'lim Live

Telegram kanalining logotibi talim_live — Ta'lim Live T
Telegram kanalining logotibi talim_live — Ta'lim Live
Kanal manzili: @talim_live
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 14.25K
Kanalning ta’rifi

Ta'lim Live™ — Ta'lim tizimiga oid eng so'nggi yangiliklar, ishonchli xabarlar va huquqiy sharhlar sodda tilda
Murojaat uchun: @TalimLiveBot
Tijoriy hamkorlik uchun: @Talabaga_oid

Ratings & Reviews

4.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 10

2023-06-02 10:10:59 #Qabul_2023

Testda savollarning qiyinlik darajasi qanday bo‘ladi?

Joriy yilgi test sinovlarida ham avvalgi yillardagi kabi savollarning qiyinlik darajasi quyidagicha taqsimlanadi:

15-25% birinchi darajali savol (oson);
50-70%
ikkinchi darajali savol (o‘rtacha):
15-25%
uchinchi darajali savol (qiyin).

Misol uchun, mutaxassislik fanidan 30 ta savol berilsa, shundan:

5-8 ta oson;
15-21 ta o‘rtacha;
5-8 ta qiyin savollar bo‘ladi.

Ta'lim tizimiga oid yangiliklar:
@Talim_Live
8.5K views07:10
Ochish/sharhlash
2023-06-02 09:13:05
​​ Test sinovlari katta sig‘imli binolarda o‘tkazilishi 100% aniq bo'ldi

Davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha davlat komissiyasining bayoni bilan test sinovi o‘tkaziladigan binolar ro‘yxati tasdiqlandi.

Unga ko‘ra 2023-2024-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga qabul qilish bo‘yicha test sinovlari katta sig‘imli binolarda o‘tkaziladi.

Bunda test sinovlarini o‘tkazish uchun 92 ta bino tanlab olingan bo‘lib, bir smenada 44 ming nafar abituriyent test sinovida ishtirok etishi mumkin bo‘ladi.

Ta'lim tizimiga oid yangiliklar:
@Talim_Live
8.7K viewsedited  06:13
Ochish/sharhlash
2023-06-01 17:39:31 #Qabul_2023

Test sinovlari yopiq binolarda o‘tkazilishi munosabati bilan test vaqti ham o‘zgaradi

Avvalgi yillarda imtihonlar stadion va xiyobonlarda o‘tkazilgani sababli 1-smena ertalabki soat 7:00 dan 10:00 gacha, 2-smena esa kechki 19:00 dan 22:00 gacha o‘tkazilgan edi. Chunki boshqa paytda kun juda issiq bo‘lardi.

3 yillik tanaffusdan keyin test sinovlari yana yopiq binolarda o‘tkazilayotgani uchun endi bunaqa vaqtli va bunaqa kech imtihon o‘tkazish shart emas. Shu sababli xuddi 2018-2019 yillarda bo‘lgani kabi test sinovlarida 1-smena ertalabki soat 8:00 dan, 2-smena soat 15:00 dan boshlanishi rejalashtirilgan. — xushnudbek.uz

Ta'lim tizimiga oid yangiliklar:
@Talim_Live
8.7K views14:39
Ochish/sharhlash
2023-05-31 20:39:49 #Diqqat

Toshkent milliy ta’lim universitetiga oliy ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish uchun litsenziya berilmagan

Litsenziyaga ega boʻlmagan soxta oliy taʼlim muassasalaridan ogoh boʻling! — vazirlik rasmiy bayonot e‘lon qildi.

Ta'lim tizimiga oid yangiliklar:
@Talim_Live
9.4K viewsedited  17:39
Ochish/sharhlash
2023-05-31 09:53:58 Aytishlaricha, ertaga Namangan davlat universitetiga vazir I.Abdurahmonov tashrif buyurishi kutilmoqda. Tashrif davomida talabalar turar joyi hamda o'quv jarayoniga doir masalalar ko‘zdan kechiriladi.

Ma‘lumot uchun, kuni kecha vazir Farg'ona davlat universitetiga tashrif buyurga edi.

@Talim_Live
9.9K viewsedited  06:53
Ochish/sharhlash
2023-05-31 09:05:02 Rasman: Oliy maʼlumotli tarbiyachilarning oyligi oshirilmoqda

Prezident farmoni (PF-79-son, 26.05.2023-y.)ga asosan 2024-yil 1-iyundan bogʻchalardagi oliy maʼlumotli tarbiyachilarning oyligi maktab oʻqituvchilari oyligiga tenglashtiriladi.

Ta‘lim tizimiga oid yangiliklar:
@Talim_Live
10.8K views06:05
Ochish/sharhlash
2023-05-31 08:57:16 Birinchi marta ishga qabul qilinayotgan oʻqituvchilar 1 yilda sertifikat olishi talab etiladi

Prezident farmoni (PF–79-son, 26.05.2023-y.)ga asosan 2024-yil 1-yanvardan maktabga birinchi marta ishga qabul qilinayotgan oʻqituvchilarni kasbiy sertifikatlash joriy etiladi.

Bunda 2023/2024 oʻquv yilidan oʻqituvchilar stajyor-oʻqituvchi sifatida ishlaydi va 1 yilda sertifikat olishi talab etiladi.

Ta'lim tizimiga oid yangiliklar:
@Talim_Live
10.3K viewsedited  05:57
Ochish/sharhlash
2023-05-30 18:26:51 #Qabul_2023

Ehtiyojmand xotin-qizlarga qo‘shimcha qabul ko‘rsatkichlari doirasida tavsiyanoma berish uchun arizalar qabuli boshlandi

Arizalarni ko‘rib chiqish tartibi hukumatning 402-son qarori (23.06.2020-y.) bilan tasdiqlangan Nizom asosida quyidagicha amalga oshiriladi:

Arizalar xotin-qizlar.uz platformasi orqali 8-iyunga qadar elektron shaklda qabul qilinadi;

10-iyunga qadar tuman (shahar) Ishchi guruhlari tomonidan oʻrnatilgan tartibda koʻrib chiqiladi va tavsiyanoma berish yoki tavsiyanoma berishni rad etish toʻgʻrisida xulosa qabul qilinadi;

Tavsiyanoma ishchi guruhi yigʻilishining yakuniy bayonnomalariga koʻra, rasmiylashtirilgan tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimlarining buyruqlari asosida elektron hujjat shaklida qabul qilinadi hamda Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi tomonidan 14-iyunga qadar beriladi.

Tavsiyanomalar 15-iyunga qadar oʻrnatilgan tartibda oʻz egalariga yetkaziladi.

Ariza qoldirish bilan bog‘liq savollar bo‘yicha talabgorlar doimiy yoki vaqtincha turgan joyi bo‘yicha yashash joyidagi tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo‘limlariga yoki Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining (71) 202-10-76 telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkin.

Ta‘lim tizimiga oid yangiliklar:
@Talim_Live
11.2K views15:26
Ochish/sharhlash
2023-05-30 11:05:30
Prezidentlikka nomzodi ko‘rsatilgan Shavkat Mirziyoyev o‘zining saylovoldi dasturi bilan tanishtirmoqda.

Bunda, davlat va nodavlat (xususiy) ta‘limga ham to‘xtalib o‘tildi. Jumladan:

Davlat-xususiy sherikchilik asosida maktablar qurish keng joriy etiladi;

Xususiy taʼlimga qo‘shimcha yengilliklar beriladi;

Dunyodagi “Top-500”ga kiradigan chet el oliygohlari bilan hamkorlikda kamida 50 ta qoʻshma oʻquv dasturi va “ikki diplomli tizim” joriy etiladi;

Bio-texnologiya, sunʼiy intellekt va boshqa yuqori texnologik yoʻnalishlarda yiliga 500 nafar isteʼdodli yoshlarimizni eng nufuzli xorijiy oliygohlarga davlat hisobidan oʻqishga yuboradi;

Kelgusi yetti yilda ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirish uchun 1 milliard dollar ajratiladi;

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari taʼlim planshetlari bilan to‘liq taʼminlanadi;

Chekka hududlarimizda maktab avtobuslari bepul yo‘lga qo‘yiladi.

@nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy va ishonchli xabarlar!
7.9K views08:05
Ochish/sharhlash
2023-05-30 10:06:14 Sirtqi taʼlimda o‘qiyotganlar uchun alohida o‘quv taʼtillari beriladi

Ish beruvchilar tomonidan sirtqi taʼlimda o‘qiyotgan xodimlarga o‘qish davrida mehnat taʼtilini olishni talab qilishayotganini yozishmoqda. Shu o‘rinda ish beruvchilarga sirtqi taʼlimda o‘qiyotgan xodimlarning o‘quv taʼtili olish huquqlari borligini eslatib o‘tmoqchimiz.

Mehnat kodeksining 385-moddasiga asosan oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar taʼlimi tashkilotlarida kechki yoki sirtqi taʼlim shakli bo‘yicha o‘qiyotgan xodimlarga laboratoriya-imtihon sessiyalarida ishtirok etgan davr uchun o‘quv taʼtillari:

oliy taʼlim tashkilotlarida kechki taʼlim shaklida o‘qiyotgan birinchi va ikkinchi kurs talabalariga — kamida yigirma kalendar kun, o‘rta maxsus, kasb-hunar taʼlimi tashkilotlarida — kamida o‘n kalendar kun, oliy va o‘rta maxsus taʼlim tashkilotlarida sirtqi taʼlim shaklida o‘qiyotganlarga esa — kamida o‘ttiz kun;

oliy taʼlim tashkilotlarida kechki taʼlim shaklida uchinchi va undan yuqori kurslarda o‘qiyotganlarga — kamida o‘ttiz kalendar kun, o‘rta maxsus, kasb-hunar taʼlimi tashkilotlarida — kamida yigirma kalendar kun, oliy va o‘rta maxsus taʼlim, kasb hunar taʼlimi tashkilotlarida sirtqi taʼlim shaklida o‘qiyotganlarga esa kamida qirq kalendar kun muddatga o‘rtacha ish haqi saqlangan holda har yili beriladi.

Ishni o‘qish bilan birga olib borayotgan xodimlarga navbatdagi mehnat taʼtillari ular o‘quv taʼtillaridan foydalanganligidan qatʼiy nazar beriladi.

Ta'lim tizimiga oid yangiliklar:
@Talim_Live
9.7K views07:06
Ochish/sharhlash