Get Mystery Box with random crypto!

Ta'lim Live

Telegram kanalining logotibi talim_live — Ta'lim Live T
Telegram kanalining logotibi talim_live — Ta'lim Live
Kanal manzili: @talim_live
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 14.25K
Kanalning ta’rifi

Ta'lim Live™ — Ta'lim tizimiga oid eng so'nggi yangiliklar, ishonchli xabarlar va huquqiy sharhlar sodda tilda
Murojaat uchun: @TalimLiveBot
Tijoriy hamkorlik uchun: @Talabaga_oid

Ratings & Reviews

4.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 8

2023-06-09 21:49:20 #Perevod_2023

"Perevod" qabuli boshlanishiga 35 kun qoldi

Xorijiy davlatlarning akkreditatsiyaga ega bo‘lgan OTMlari, Respublikadagi xususiy va xorijiy OTM filiallaridan davlat OTMlariga o‘qishni ko‘chirish davlat komissiyasi qarori bilan amalga oshiriladi.

Oʻqishni koʻchirish uchun arizalar 15-iyuldan 5-avgustga qadar qabul qilinadi.

Kerakli hujjatlar:

ariza;
reyting daftarchasi yoki akademik ma’lumotnoma nusxasi;
Akademik ma’lumotnoma (o‘qishni tiklovchilar uchun).

Imtihonlar test (alohida iqtidor talab etiladigan ta'lim yoʻnalishlari uchun mutaxassislik fanlaridan kasbiy-ijodiy) shaklida bo'lib o‘tadi.

Maxsus sinov natijasi davlat komissiyasiga taqdim etiladi va fuqaro davlat komissiyasi qarori bilan ko‘rsatilgan o‘quv shakliga to‘lov-kontrakt asosida ko‘chiriladi.

OTMlarning magistratura bosqichida tahsil olayotgan talabalar o‘qishini davlat OTMlariga ko‘chirilishiga ruxsat etilmaydi.

Ta‘lim tizimiga oid yangiliklar:
@Talim_Live
7.4K viewsedited  18:49
Ochish/sharhlash
2023-06-09 21:08:33 ​​#Mulohaza Vazirlik o'tkazayotgan olimpiada qanchalik qonuniy – u ijtimoiy adolatni buzib qo'ymayaptimi? Oliy ta'lim vazirligi tomonidan 10-20-iyun kunlari oralig'ida OTMlarning bitiruvchi bosqich talabalari o'rtasida "Kimyo", "Biologiya", "Fizika" hamda…
6.9K viewsedited  18:08
Ochish/sharhlash
2023-06-09 18:48:55 ​​#Mulohaza

Vazirlik o'tkazayotgan olimpiada qanchalik qonuniy – u ijtimoiy adolatni buzib qo'ymayaptimi?

Oliy ta'lim vazirligi tomonidan 10-20-iyun kunlari oralig'ida OTMlarning bitiruvchi bosqich talabalari o'rtasida "Kimyo", "Biologiya", "Fizika" hamda "Informatika va axborot texnologiyalari" fanlaridan respublika fan olimpiadasi tashkil etilmoqda.

Olimpiadaning 1-2-3 o'rin g'oliblariga diplom va esdalik sovg'adan tashqari magistratura bosqichiga o'qishga qabul qilish imtiyozi ham berilmoqda.

Prezidentning 279-son qarori bilan 2022/23-oʻquv yili qabulidan boshlab magistraturaga oʻqishga qabul qilishda qo‘shimcha imtihonlar bekor qilinib, PQ-5117-son qarorga asosan til bilish sertifikati hujjat topshirish uchun mezon sifatida belgilangan edi.

Ya'ni, magistratura mutaxassisligi uchun hujjat topshirmoqchi bo'lgan talabgordan kamida B2 darajadagi, filologik yo'nalishlari uchun esa C1 darajadagi til sertifikati talab etiladi.

Biroq, vazirlik tomonidan o'tkazilayotgan fan olimpiadasi g'oliblariga yuqoridagi qarorlar chetlab o'tilib, magistratura bosqichiga o'qishga qabul qilish imtiyozi ham berilmoqda.

Shunda savol tug'iladi?

1) Vazirlik huquqiy jihatdan o'zidan yuqori turuvchi Prezident qarorini qaysi normaga asosan chetlab o'tmoqda yoki magistraturaga kirish imtiyozi faqatgina til sertifikatiga ega bo'lgan g'oliblargagina beriladimi?

2) Aslida bunday imtiyoz berish qolgan talabgorlarni oyoq osti qilishga kirmaydimi? Shundoq ham abituriyentlar o'rtasida ildiz otib ketgan 40 dan ortiq imtiyoz turlari kammidi?

3) Bunday imtiyoz yangi tahrirdagi konstitutsiyaning 19-moddasida ko'rsatilgan "fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, e’tiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy mavqeyidan qat’i nazar, qonun oldida tengdirlar.

Imtiyozlar faqat qonunga muvofiq belgilanadi va ijtimoiy adolat prinsiplariga mos bo‘lishi shart" bandni qo'pol ravishda buzishga kirmaydimi?

4) Imtiyoz masalasi endi magistratura bosqichiga ham kirib kelmoqdami?

Ta'lim sohasiga oid yangiliklar:
@Talimgaoid
7.1K views15:48
Ochish/sharhlash
2023-06-09 15:45:48 #Qabul_2023

Fanlar majmuasi - 2023

2023/2024 o‘quv yili bakalavriat qabuli uchun test topshiriladigan fanlar majmuasi.

Tanlagan yo'nalishingizga 2023-yilda qaysi fanlardan test boʻlishini bilishingiz mumkin.

Barchasi faylda ko‘rsatilgan!

Abituriyentlarga tarqating!

Ta‘lim tizimiga oid yangiliklar:
@Talim_Live
9.3K viewsedited  12:45
Ochish/sharhlash
2023-06-09 11:57:37
Bu yil magistraturaga qabul faqat bir marta bo‘ladi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonovning qabulga oid jonli efirda ma’lum qilishicha, 2023/2024 o'quv yilida magistraturaga faqat bir marotaba yozda ya'ni 1-iyuldan 31-iyulgacha arizalar qabul qilinadi.

"O‘tgan yili ilk marta til sertifikati talab qilingani uchun faqat bir yil uchun 2 marta qabulga ruxsat olgan edik. Lekin bu yil qabul an’anaviy faqat bir marta bo‘ladi", - dedi vazir.

Ma'lumot uchun 2022/2023 o'quv yilida magistraturaga qishki va yozgi qabul o'tkazilgan edi.

Ta‘lim tizimiga oid yangiliklar:
@Talim_Live
7.8K viewsedited  08:57
Ochish/sharhlash
2023-06-08 16:39:24 Talabalar uchun ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri stipendiyasi taʼsis etiladi

Prezident qarori (PQ–174-son, 31.05.2023-y.) ga ko‘ra:

2023-yil 1-sentyabrdan oliy taʼlim muassasalarining ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, oʻrmonchilik, “yashil” iqtisodiyot va gidrometeorologiya va boshqa talab yuqori boʻlgan yoʻnalishlaridagi eng iqtidorli talabalari uchun Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri stipendiyasi taʼsis etiladi.

Bunda, toʻlov-kontrakt asosida taʼlim olayotgan talabalarning bir yillik toʻlov-kontrakt summasi qoplangan holda, har oyda BHMning 3 baravarida (990 ming soʻm), davlat granti asosida taʼlim olayotgan talabalarga har oyda BHMning 6 baravarida (1 mln 980 ming soʻm) stipendiyalar tayinlanadi.

Ta‘lim tizimiga oid yangiliklar:
@Talim_Live
8.5K views13:39
Ochish/sharhlash
2023-06-08 10:39:42 Abituriyent kirish imtihonida qatnashish uchun 165 ming so‘m to‘lov qiladi

︎O‘rta ta’limni avvalgi yillarda tugatgan abituriyentlar kirish imtihonlarida qatnashish uchun bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari miqdorida to‘lov qilishlari kerak.

Ayni paytda bir BHM – 330 ming so‘m, yarim baravari esa 165 ming so‘m.

Lekin hamma abituriyentlar ham to‘lov qilmaydi. To‘lovdan ozod abituriyent toifalari:
o‘qishni test o‘tkazilayotgan yili tugatgan bitiruvchilar;
nogironligi bo‘lgan shaxslar;
mehribonlik uylari bolalari;
bolalar shaharchasining bitiruvchilari;
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslar va ularning farzandlari;
“Yoshlar daftari”da ro‘yxatda turuvchi yoshlar kirish imtihonlarida qatnashish uchun to‘lov qilmaydi.

Ta‘lim tizimiga oid yangiliklar:
@Talim_Live
8.8K views07:39
Ochish/sharhlash
2023-06-07 20:14:18
Qaysi davlat oliy taʼlim muassasalarida axborot xizmati qoniqarsiz faoliyat olib bormoqda?

1. Milliy rassomchilik va dizayn instituti
2. TATU Urganch filiali
3. O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Farg'ona filiali
4. Qo‘qon davlat pedagogika instituti
5. Toshkent tibbiyot akademiyasi
6. Buxoro davlat tibbiyot instituti
7. Andijon davlat iqtisodiyot va qurilish instituti
8. SamDU Urgut filiali
9. Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti
10. Andijon mashinasozlik instituti
11. Andijon davlat chet tillari instituti
12. Buxoro muhandislik-texnologiya instituti
13. Namangan davlat pedagogika instituti
14. Samarqand davlat iqtisodiyot va servis instituti
15. Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti
16. Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti
17. Nukus konchilik instituti
18 Qoraqalpog'iston qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar instituti
19. Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filiali
20. Farg'ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti
21. Qoraqalpog'iston tibbiyot instituti
22. Andijon qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar instituti
23. Milliy estrada san'ati instituti
24. O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti

Yuqoridagi oliy ta’lim muassasalarining axborot xizmati faoliyati qoniqarsiz yo‘lga qo‘yilganligi sababli vazir I.Abdurahmonov tomonidan ushbu yo'nalishga mas'ul bo‘lgan rahbarlar ogohlantirildi.

Ta‘lim tizimiga oid yangiliklar:
@Talim_Live
10.4K views17:14
Ochish/sharhlash
2023-06-07 15:47:09
Qaysi davlat oliy taʼlim muassasalarida axborot xizmati namunali faoliyat olib bormoqda?

1. Toshkent moliya instituti
2. Toshkent davlat yuridik universiteti
3. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
4. O'zbekiston milliy universiteti
5. Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti
6. Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
7. Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti
8. Andijon davlat pedagogika instituti
9. Buxoro davlat universiteti
10. Qarshi davlat universiteti
11. Namangan davlat universiteti
12. Namangan muhandislik-qurilish instituti
13. Samarqand davlat universiteti
14. Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti
15. Urganch davlat universiteti

Yuqoridagi oliy ta’lim muassasalarining axborot xizmati faoliyati namunali yo‘lga qo‘yilganligi vazir I.Abdurahmonov tomonidan alohida e'tirof etildi.

Ta‘lim tizimiga oid yangiliklar:
@Talim_Live
14.4K viewsedited  12:47
Ochish/sharhlash
2023-06-06 19:11:06Taʼlim krediti kimlarga beriladi?

O‘zbekistondagi barcha oliy taʼlim muassasalari talabalariga (davlat, xususiy va xorijiy OTMlar filiallari) va o‘rta maxsus va professional taʼlim muassasalari o‘quvchilariga (texnikum, kasb-hunar kolleji va h.k.).

Qaysi taʼlim shakliga beriladi?

Kunduzgi;
Sirtqi;
Kechki.

Quyidagilarga berilmaydi:

super-kontrakt;
qo‘shma taʼlim;
masofaviy taʼlim;
ikkinchi mutaxassislik.

Qaysi banklar beradi?

1. Milliy bank
2. Asaka bank
3. O‘zsanoatqurilishbank
4. Xalq banki
5. Ipoteka bank
6. Aloqabank
7. Turonbank
8. Oriyent finans bank
9. Hamkorbank
10. Agrobank
11. Mikrokreditbank
12. Qishloq qurilish bank

Xushnudbekning yozishicha, banklarga resurs ajratilmayotganligi sababli taʼlim krediti olish vaqtincha to‘xtatilibdi.

Ta‘lim tizimiga oid yangiliklar:
@Talim_Live
8.5K views16:11
Ochish/sharhlash